Pedagogika va psixologiya fakulteti


Konfliktli vaziyatlarni bartaraf etishda sub’ektiv munosabat pedagogik hamkorlik


Download 73.94 Kb.
bet13/17
Sana12.03.2023
Hajmi73.94 Kb.
#1263130
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
JUMANIYAZOVA MADINA DILSHODOVNA

2.2. Konfliktli vaziyatlarni bartaraf etishda sub’ektiv munosabat pedagogik hamkorlik
Hayotda shunday konfliktli vaziyatlar bo‘ladiki, oddiy narsa bahona bo‘lib, oilalar buzilib ketadi, odamlar bir-birini o‘ldirib qo‘yadi, birovning joniga qasd qilinadi. Keyinchalik umr bo‘yi nima uchun mana shunday amallarni qilganini ular tushuntirib bera olmaydi. Bunday voqealarni OAV (ommaviy axborot vositalari) orqali juda ko‘p kuzatsa bo‘ladi.
Masalan, televizorda qaysi ko‘rsatuvni ko‘rishga kelisha olmagan o‘gay ona va o‘g‘il bahsi oqibatida, mast bo‘lgan o‘g‘il o‘gay onasini o‘ldirgan. Politsiyadagi tergov jarayonida o‘g‘il qaysi ko‘rsatuvni ko‘rishni istaganini eslay olmaydi. Yoki, qurilishda ishlaydigan ikki do‘st orasida bahs kelib chiqadi. Biri ikkinchisini haqoratlab, buralab so‘kadi. Bunga chiday olmagan odam uni itarib yuboradi. Do‘sti boshi bilan betonga tushadi va o‘ladi. Yana bir hayotiy voqea, qo‘shnilar orasida janjal kelib chiqadi. Janjallashayotgan qo‘shnilar yonidan o‘tib ketayotgan umuman ularga notanish odam, otilgan o‘qdan nobud bo‘ladi.
Qo‘shnilardan biri qotillik uchun qamoqqa hukm qilinadi. Yosh oila, ya’ni yangi turmush qurgan eru-xotin ko‘chada ketayotgan bo‘ladi. Bir notanish yigit ularga kulib qaraydi. Er “Nimaga senga qarayapti?”- deb jahli chiqadi. Uyga kelganda aybi bo‘lmagan xotinini urib, do‘pposlaydi. Shu bilan, ko‘chada xotiniga qaragan odamni jazolaganday bo‘ladi, ammo xotini ko‘nglida urish-do‘pposlashdan so‘ng mehr qoldimi, bu masala bilan qiziqmaydi. Bu voqealar oddiy hayotdan olingan.
Demak, konfliktlar hayotimizning har bir bosqichida kelib chiqishi mumkin bo‘lib, inson ulardan o‘zini himoya qilishga doim tayyor turishi kerak. Chunki konfliktlar qo‘qqisdan, odam ularni batamom kutmagan vaqtda, konflikt kelib chiqishining umuman ilojisi bo‘lmagan hollarda ham vujudga kelishi va inson hayoti va tinchligini buzishi mumkin.
Konfliktlar kattalar hayotida ancha keng uchrab turadigan hodisa hisoblanadi. Chunki kattalar juda keng ravishda turli muloqotlarga kirishadi. Masalan, rahbar organlarda ishlagan odamlar hayotida ular faoliyatining 70-80 % turli ochiq-oydin yoki yashirin ziddiyatlar sharoitida o‘tadi, ularning inobatga olinmasligi, ularga bee’tiborlilik esa konfliktlarning chuqurlashib ketishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuning uchun, konfliktlarning kelib chiqish qonuniyatlari qanday vujudga kelgan konfliktning ildizlari va sabablarini tahlil qilish yo‘llari nimalardan iborat degan masalalar dolzarblik kasb etadi. Konfliktlarning kelib chiqish qonuniyatlarini o‘rganish ularni ilk vujudga kelish jarayonidayoq bilib olish va oldini olish choralarini ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Konfliktning kelib chiqish sabablarini tahlil qila olish esa, vujudga kelgan konfliktning to‘g‘ri yechimini topishga qo‘l keladi.
Tahlillarga ko‘ra, qariyib 80 % konflikt ishtirokchilarining mojaroga moyilligi aniqlangan. Bu odamlardagi o‘ziga xos psixik tushuncha bo‘lib, konfliktni kelib chiqishida konfliktogenlar muhim rol o‘ynaydi. Konfliktogen – konfliktga bo‘lgan layoqatni anglatadi, ya’ni ziddiyatga moyillikdir. Konfliktogenning mazmuni shuki, biz o‘zimiz gapirayotgan gapga u qadar e’tibor qaratmaymiz, ammo boshqa gaplarga shu qadar e’tibor beramizki, unga jiddiyroq tus berishga xarakat qilamiz.
Pedagogik konfliktologiya nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassisiar ta’lim jarayonini insonparvarlashtirilgan, shaxsga yo^altirilgan modeli sifatida baholaydilar. Chunki, pedagogik konfliktga asoslangan pedagogik jarayonmng maqsadi о‘quvchilaming individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ulaming erkinliklari va huquqlarini hurmat qilish asosida ta’lim-tarbiyaviy ta’sir kocrsatishni nazarda tutadi

Download 73.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling