Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Mavzu: Aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalar, dasturlashtirilgan ta’lim
- 2.1. O’quv maqsadlarini belgilash
Tayanch tushunchalar: Bixeiviorizm, Geshtaltteoriya, suggestiv kontseptsiya.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Falsafiy jixatdan pedagogik texnologiyalarning qanday turlarga ajratiladi.? 2. Pedagogik texnologiyalarni klassifikatsiyalashdan qanday maqsad kuzlanadi? 3. Pedagogik texnologiyalarning qanday turlarini bilasiz? 4. Qanday munosabat turlarini bilasiz? 5. Tashkil etish va boshqarishning qanday turlarini bilasiz? 6. Shaxs xususiyatlarini rivojlantirish bo’yicha qanday pedagogik texnologiyalarning turlarini bilasiz? 7. Ilmiy tajribani o’rganish bo’yicha qanday pedagogik texnologiya turlarini bilasiz? 8. Suggestiv texnologiyaga izoh bering. Adabiyotlar: 1. G. K. Selevko. Sovremenno’e obrazovatelno’e texnologii. M. 1998 2. Mallaev O. Yangi pedagogik texnologiyalar. T. 2000 3. Farberman L.B, Musina R.G. Jumaboeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida uqitishning zamonaviy usullari. T. 2002. 4. O’.Tolipov,M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. 2005. 5. www.pgpu.penza.com. 6. www.sinor.ru.nsu. 3-Mavzu: Aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalar, dasturlashtirilgan ta’lim R E J A : 3.1. O’quv maqsadlarini belgilash. 3.2. O’quv maqsadlarini nazorat ishlariga o’tkazish. 3.3. Test shakllari va turlari. 3.4. B. Blum taksonomiyasi. 3.5. Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi. 2.1. O’quv maqsadlarini belgilash An’anaviy o’quv jarayonida biz ko’proq o’qituvchining mahoratiga suyanib samaraga erishishga harakat qilamiz. Buning uchun esa pedagog ma’lum tajriba orttirgan bo’lishi talab etiladi. Pedagogik texnologiyaning asosi esa proektlashtirishdir. Ana shu aniq proektlashtirilgan dastur pedagogga samarali natijaga erishish imkonini tug’diradi. Bunday proekt asosida ish olib borayotgan pedagog katta pedagogik tajribaga ega bo’lmasa-da, yuqori samaraga erisha oladi. Biz bilamizki, pedagogik texnologiya bu avvalom bor aniqlikka ega bo’lgan va qat’iy, ilmiy loyihalashtirilgan jarayondir. O’quv jarayonini tashkil etishdagi birinchi qadam bu o’quv maqsadlarini aniqlash hisoblanadi. Bugungi kunda biz darsning maqsadini qanday belgilaymiz? – degan savol albatta hammani qiziqtiradi. Biz bugungi kunda darsning maqsadini umumiy holda belgilaymiz va shuning uchun ham erishgan natijamizni baholashda qiynalamiz. Bunday umumiy maqsadni belgilash pedagogik texnologiyani qoniqtira olmaydi. Pedagogik texnologiyalar dars maqsadini belgilashda ham aniqlik bo’lishini talab etadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va baholash ishini engillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni qo’llashdagi birinchi qadam bu aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqishdir degan xulosani beradi. Pedagogik texnologiyalarning ishlanishida asosiy e’tibor oxirgi natijaga qaratilgan bo’ladi va qo’yidagi izchillikda ishlab chiqiladi: 1. Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini ishlab chiqish va ularni guruhlarga ajratish. 2. O’quv maqsadlarini nazorat ishi va test vazifalariga o’tkazish. 3. Maqsadga erishish yo’lini va usullarni tanlash. 4. Natijani baholash va o’zlashtirish darajasini aniqlash. 5. Dasturli ta’lim. Demak, pedagogik texnologiyalar an’anaviy ta’limdan tubdan farq qilgan holda tuziladi. U o’zaro yopiq tsiklni va o’zaro izchil bog’liqlikni taqozo etadi. Aniqlashtirilgan maqsadlar pedagogga nazorat ishini belgilashda, baholashda va usullarni aniqlashda katta imkoniyatlar yaratadi. Barcha etaplar bir maqsadga bo’ysunadi va yuqori natijani kafolatlaydi. An’anaviy ta’lim esa quyidagi izchillikda tashkil etiladi: Umumiy maqsadni aniqlash. Usullarni aniqlash Nazorat ishini belgilash. 4. Baholash. An’anaviy ta’lim tizimida va o’quv jarayonida umumlashtirilgan o’quv maqsadlari belgilanadi. Masalan: ekologik madaniyatni shakllantirish, suv havzalarini muhofaza qilish haqida tushuncha hosil qilish. Ko’rinib turibdiki bunday qo’yilgan maqsad mavhum xarakterga ega, chunki tushuncha turli darajada hosil qilinishi mumkin. Bunday maqsadni tekshirish va baholash ham muammoli. Bunday maqsadni belgilash ishda noaniqlikni vujudga keltiradi. Natijada o’zlashtirish samaradorligi ham pasayadi. Bunday tizim pedagogik texnologiyani qoniqtira olmaydi (M. V. Klarin tizimi). AQSh va Angliyada o’qituvchi va talabalar uchun alohida aniqlashtirilgan maqsad rejalari tuzish qabul qilingan. O’qituvchilar uchun tushuntirish, ko’rgazmali qurollardan foydalanish, o’rgatish kabilar nazarda tutilsa, talabalar uchun esa, talaba dars oxiriga borib nimani bilishi, ishlay olishi, qo’llay olish kerak degan yo’nalishda tuzilgan. Darsdan oldin bilmagan va dars davomida o’rganib, uni qo’llay oladigan vazifalar belgilangan. Talabalar ushbu mavzuni o’rganishda ulardan nimalarni bilish va bajara olish talab etilayotganini aniq biladilar va dars davomida ana shu momentlarga o’z diqqatlarini ko’proq qaratadilar. Har bir qo’yilgan maqsadni erishganlik darajasini me’yorlarni ishlab chiqish shart. Har bir qo’yilgan maqsad alohida o’z mazmuniga xos ravishda tekshiriladi va natijalar tahlil qilinib xulosalar chiqariladi. Buning uchun hozirda identifikatsiya (uchebno’x tseley) ya’ni aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqish zarur. Umumiy maqsadlarni esa tekshirish qiyin va bunda har bir o’qituvchi o’z tushunchasidan kelib chiqqan holda tekshirish ishlarini tashkil etadi. Umumiy maqsad o’qituvchi nimaga erishmoqchi ekanligini aniq ko’rsata olmaydi, talabada esa umumiy tushunchalar hosil qilishgagina xizmat qiladi. Aniqlashtirilgan maqsadli proektda o’qituvchi aniq tushunlardan foydalanishi lozim. Buning uchun aniq va mavhum tushunchalarni ajrata olishi kerak. Mavhum tushunchalar: Aniq tushunchalar: 1. O’rganmoq. 1. Belgilab chiqmoq. 2. Tanishib chiqmoq. 2. Guruhlarni tashkil qilmoq. 3. Ko’rib chiqmoq. 3. Ajratib olmoq. 4. Tushunmoq. 4. Tuzish. 5. Yoddan aytib bermoq. 6. Masala echmoq. Tekshirish uchun savol: Darsdan maqsad: Talabalarda qonuniyat haqida tushuncha hosil qilmoq. Talaba qonuniyatni yoddan aytib berishi va amalda masala ishlashi lozim. Ushbu maqsadlarning qaysi biri aniq va uni tekshirish oson? Aniq maqsadni belgilash talabadan va o’qituvchidan nima talab etilayotganligini aniq anglab etishga yordam beradi va natijani baholashda qulaylik vujudga keltiradi. Ba’zan talabalar og’zaki emas, balki yozma ishlar bajaradilar, bunday holda ham aniq maqsadlarni belgilash mumkin. Agar yozma tekst bilan ishlash lozim bo’lsa quyidagi aniq maqsadlarni belgilash tizim tavsiya etiladi. o’oto’ Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling