Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Natijani baholash va o’zlashtirish darajasini aniqlash


Download 1.04 Mb.
bet18/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

3.4. Natijani baholash va o’zlashtirish darajasini aniqlash
B.Blum taksonomiyasi mavhum tushunchalarni baholashda nimalarga e’tibor qaratish lozim degan savolni yoritishga yordam beradi. Agar o’qituvchi mavhum tushunchalarni qo’llagan bo’lsa B.Blum taksonomiyasidan foydalanishi mumkin. Taksonomiya tushunchasi o’zaro izchil algoritmik bog’langan tizimni bildiradi. Ushbu taksonomiyadan ham baholash jarayonida foydalanish mumkin.

B.BLUM taksonomiyasi.





3.5. Dasturli ta’lim

Dasturlashtirilgan ta’lim o’z mazmuni va tuzilishiga hamda maqsadiga ko’ra juda aniqlashtirilgan maqsadli ta’lim tizimiga o’xshashdir.


Bu tizimda ham barcha ish faoliyati oxirgi natijaga qaratilgan bo’lib, kichik-kichik qadamlar bilan o’zlashtirish asos bo’lib xizmat qiladi. Dasturlashtirilgan ta’lim ko’proq talabalarning imkoniyatlarini hisobga olish va individual yondashish yo’nalishiga asos hozirlaydi.
Dasturli ta’limning asosiy mazmuni shundan iboratki pedagog butun o’quv materialini bir necha qismlarga bo’lib chiqadi. Bu bilimlar soddadan murakkabga qarab joylashtiriladi. Har bir qism haqida to’la axborot berilgach, ana shu qismni o’zlashtirilganlik darajasi tekshirib boriladi. Barcha talabalar o’zlashtirib olganliklariga ishonch hosil qilishlari bilan, ikkinchi qismga o’tiladi va bu bilimlar ham mukammal o’zlashtirilganligi aniqlangach, o’quv materialini keyingi qismi o’rganiladi. Dasturlashtirilgan ta’limning asosiy vazifasi kichik-kichik qadamlar bilan o’quv materialini talabalarga etkazishdir va bunda o’zlashtirishni doimiy monitoring ostida kuzatishdan iborat. Har bir qadamni qay darajada o’zlashtirishini kuzatish o’zining afzalliklariga ega. Bunda talabalar o’quv materialini qaysi qismini chuqur va qaysi qismini zaif o’zlashtirganligi haqidagi ma’lumot ham darhol yuzaga chiqadi. Noaniqliklar va tushunmovchiliklar o’z vaqtida to’g’rilab boriladi.
Agar an’anaviy darsda faqat o’quv materialini o’rganib bo’lgandan keyingina mustahkamlashga va tekshirishga e’tibor berilsa, dasturli ta’limda o’quv materialini o’zlashtirish jarayonini hamma bosqichlari nazorat qilib boriladi. Dasturli ta’lim tushunchasi metodikada 60- yillardan boshlab rivojlana boshladi. Ammo hanuzgacha keng tarqalmagan. Chunki bu metod pedagogdan ko’p mehnat va ijod talab etadi. Ushbu metodni ijobiy tomonlari shundan iboratki, o’quv materialini mantiqiy bo’laklarga ajratilishi bilimlarni sistemali o’zlashtirishga yordam beradi. Har bir bosqichda o’zlashtirishni monitoring qilib borilishi esa har bir talabani o’zlashtirish darajasini tekshirib borish va vaqtida tuzatishlar kiritishga imkon beradi. Birinchi qismni egallamay turib, ikkinchi qismga o’tilmaydi. Natijada yangi mavzuni barcha talabalar yaxshi o’zlashtiradilar.
Talabaga bo’lgan individual yondashuv yaxshilanadi, chunki bunda har bir talabaning nafaqat bilimi balki o’ziga xos xususiyatlari ham namoyon bo’lib boradi. Talaba shaxsini yaxshiroq o’rganishga imkon tug’iladi. O’qituvchi va talaba o’rtasida uzviy aloqa hosil bo’ladi. Ammo bu metodni o’ziga xos kamchiliklari ham bor. Bu usulni chegaralangan miqdordagi talaba guruhi bilan ishlaganda qo’llash mumkin. O’qituvchidan nazorat va tekshirish ishlarini tuzish talab etiladi. Agar o’rganiladigan mavzu yaxlit marakkab bog’lamli mantiqqa ega bo’lsa, uni bosqichlarga bo’lib o’rganish noo’rin. Bu metod ketma-ket zanjirli bog’lamga ega bo’lgan mavzularda qo’llanilishi yaxshi samara beradi. Bu metod talabada ko’proq esda saqlash, axborotni yodlab olish kabi malakalarini rivojlantiradi. Shuning uchun uni muammoli ta’lim bilan muvofiqlashtirgan holda qo’llash kerak. Muammoli ta’limni ko’proq seminar darslarda o’tkazish dasturli ta’limdan esa ma’ruzalarda foydalanish qulay.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling