Dasturli ta’limni qo’yidagi turlari bor:
Chiziqli.
Kengaytirilgan.
Adaptatsiyalashgan.
Kombinatsiyalashgan.
Blokli.
Modulli.
Qisqa xulosa
Aniqlashtirilgan maqsadli proektlar yangi pedagogik texnologiyani joriy etishning eng birinchi shartlaridan biridir. Aniqlashtirilgan maqsadli proekt texnologiyasi besh bosqichdan iborat va o’quv jarayonini maqsadi nazorat ishi va test vazifalari bilan uzviylik, ya’ni mustahkam bog’liqlikda belgilanadi. Nazorat ishi va test savollari o’quv jarayonini samarasini aniqlashda hamda o’quv jarayonini korrektsiya qilishda alohida ahamiyatga ega. Aniqlashtirilgan maqsadli texnologiya aniq terminlarni ishlatishni taqozo etadi. Aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyani amalga oshirishda B.Blum taksonomiyasidan ham foydalanish mumkin.
Belgilangan maqsadni nazorat ishi va test vazifalariga o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishni bajarish uchun talabalar test turlari va shakllari bilan tanishib borishlari lozim. Testlar asosan to’rt turga va to’rt shaklga bo’linadi. Albatta har bir test turi yoki shakli o’z o’rnida ishlatilganda eng ko’p samara beradi. Test vazifalarini qo’llashda mavzuning o’ziga xos xususiyatlarini hamda belgilangan maqsadni hisobga olish lozim. Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari o’quv jarayonida yuqori samara beradi. Ammo uni o’z o’rnida va boshqa texnologiyalar bilan uyg’unlikda ishlatish talab etiladi.
Tayanch tushunchalar: aniqlashtirilgan maqsad, taksonomiya, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi, mavhum tushuncha, aniq tushuncha.
Mustahkamlash uchun savollar :
1. O’quv jarayonini maqsadini belgilashning ikki usulini qiyoslang.
2. Qanday test shakllari va turlarini bilasiz.
3. B . Blum taksonomiyasiga izoh.
4. O’quv maqsadlari va nazorat ishlari orasidagi uzviylikka izoh.
5. Biror mavzuga aniqlashtirilgan maqsadli dastur tuzing.
6. Dasturlashtirilgan ta’limga izoh.
7. Dasturlashtirilgan ta’limning yutuq va kamchiliklarini tahlil qiling.
8.Biror mavzuga dastur tuzing.
Adabiyotlar:
1. Farberman B.L. Progressivno’e pedagogicheskie texnologii. M .1999 .
2.Avliyoqulov N. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari. - T . 2001.
3. Xurkova N.E. Pedagogicheskaya texnologiya. M. 2002.
4. Pedagogika va axborot texnologiyalari: yutuqlari va istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konf.mat. T.O’zPFITI.2003.
5. Muminov F. (BM). Iqtisodiyotda programmali ta’limni qo’llash usullari. T.,TDIU -2005.
6. www.pedagogik.mgou.ru.
7. www.tsure.com
Do'stlaringiz bilan baham: |