Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Differentsatsiyaning ijobiy va salbiy jihatalari
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
Differentsatsiyaning ijobiy va salbiy jihatalari
Bilim darajasini rivojlanishiga qarab differentsatsiyalashning tahlili.
Aholi o’rtasida diagnostika va differnetsatsiyaga nisbatan noto’g’ri munosabat hosil bo’lib qolgan. Differentsatsiya yaxshi yoki yomonga ajratish degani emas, balki har bir talabaga o’ziga mos tezlik va yondoshuvni topish deganidir. Differentsatsiyani to’g’ri qabul qilishga o’rganish psixologik jaraohatni oldini oladi. Diagnostika va differentsatsiya talaba shaxsining yashirin imkoniyatlarini va qobiliyatini ochib berishga qaratilgan. Talabalarni o’z kuchlarini sinab ko’rishiga imkon vujudga keladi. Differentsatsiya o’quv jarayonini samaradorligini oshiradi. Muammoli ta’limni tashkil etishda keng imkoniyatlar yaratadi. IShLANMADAN NAMUNA S-dastur Mavzu: Qimmatli kog’ozlar bozori: Obligatsiyalar. Qimmatli qog’ozlar bozori savdo kapitalining rivojlanish bo’sag’asida paydo bo’lgan va ko’pchilik G’arb mamlakatlarida u xo’jalik mexanizmining eng barqaror va yo’lga qo’yilgan qismlaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorining paydo bo’lishi davlat korxonalarini xususiylashtirish va aktsiyadorlik korxonalariga aylantirish jarayonlari bilan bog’liq. Bu bozor boshqa barcha bozorlardan eng avvalo unda aylanadigan tovar - qimmatli qog’ozlar bilan ajralib turadi. O’z navbatida, ularning aylanishi bu bozor ishtirokchilarining alohida tarkibi, uning qoidalari va hokazoni belgilaydi. Qimmatli kog’ozlarning aktsiya, veksel, obligatsiya, xazina majburiyalari kabi turlari mavjud bo’lib, eng keng tarqalgan turi obligatsiyalar hisoblanadi. Obligatsiya - uning egasi pul mablag’lari to’langanligini bildiradigan va unga qat’iy foiz to’lagan holda belgilangan muddatda o’z nominal qiymatini qoplash majburiyatini tasdiqlaydigan qimmatli qog’oz hisoblanadi. Obligatsiyani chiqargan tashkilot (emitent) pul qarz oluvchi va obligatsiya xarid qilgan tomon (investor) kreditor sifatida namoyon bo’ladi. Obligatsiyaning aktsiyadan asosiy farqlari quyidagicha: unda ko’rsatilgan muddat mobaynidagina daromad keltiradi; odatda egasiga oldindan ko’rsatilgan foiz bo’yicha daromad keltiradi; aktsiyadorlik jamiyatining obligatsiyasi uning egasiga ushbu jamiyat aktsiyalari sifatida harakat qilish huquqini bermaydi. Obligatsiyalarni sotib olish aktsiyalarni sotib olishga qaraganda xavfsizroq hisoblanadi. Korxona singan holda obligatsiya egasi faqat oddiy aktsiya egasigagina emas, balki imtiyozli aktsiya egasiga nisbatan ham oldinroq qarzini undirish huquqiga ega. Obligatsiyalar quyidagi turlarda chiqariladi: davlat va mahalliy ichki zayom obligatsiyalari; korxonalarning obligatsiyalari. Ular oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin muomalada bo’ladigan va muomala doirasi cheklangan ko’rinishlarda chiqarilishi mumkin. Obligatsiyalarning nominal (o’ziga yozilgan) narxi, qaytarib olish narxi va bozor narxi bo’ladi. Nominal narx obligatsiyaning o’ziga yozib qo’yiladi hamda keyingi qayta hisoblashlar va foizlarni chiqarish uchun asos bo’ladi. Qaytarib olish narxi - zayom muddati tugagandan so’ng emitent obligatsiyani qaytarib oladigan narx nominal narxdan farq qilishi mumkin. Obligatsiyaning nominaliga nisbatan foizlarda ifodalangan bozor narxi obligatsiya kursi deb ataladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling