Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Download 1.04 Mb.
bet31/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

Tayanch tushunchalar: differentsatsiya, diagnostika, proekt, dastur S, V, A.


Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Differentsatsiyaga izoh bering.

  2. Diagnostikaning turlari, vazifalari qanday?

  3. Diagnostika o’tkazish jarayonida qanday qoidalarga amal qilish lozim?

  4. Differentsatsiyaning qanday turlarini bilasiz?

  5. Differentsatsiyaning ijobiy jihatlarini ayting.

  6. Differentsatsiya qanday noqulayliklarga olib kelishi mumkin?

  7. Darajali differentsatsiyaga izox bering ( S,V,A).

  8. Biror mavzuga differentsial dastur tuzing.



Adabiyotlar:
1. Groet R. Differentsatsiya v obrazovanii. M. 1999
2. Selevko G. K. Differentsatsiya obucheniya. Yaroslavl. 2000
3. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. Nasaf. 2000
4. Sayipnazarova D. (BMI) Iktisodiyot fanlarini o’rganishda differentsial ta’limning xususiyatlari. Toshkent TDIU.
www.pedagogik.mgoo.ru.


6- mavzu: Oliygohlarda produktiv o’zlashtirish texnologiyalariga o’tish.

Reja:
6.1. Ta’limning tuzilishi.


6.2. Bilim o’zlashtirish darajalari va o’zlashtirish
koeffitsienti.
6.3. O’quv jarayonining qismlari va uni boshqarish.


6.1. Ta’lim strukturasi.

Pedagogik tizim – bir butun, harakatlanuvchi, yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo’lib, quyidagi qismlardan iborat:



  • Ta’lim-tarbiyaning maqsadi;

  • ta’lim-tarbiyaning mazmuni;

  • ta’lim-tarbiyani tashkil etish;

  • texnik vositalar, usullar;

  • o’qituvchi;

  • talaba.





Ta’lim-tarbiya maqsadi.
Ta’lim –tarbiya mazmuni.

Didaktik vazifa.





Ta’limni tashkil etish va boshqarish texnologiyalar, vosita va usullar

Didaktik jarayon



Talaba

Bajaruvchilar

Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ob’ektiv xarakterga ega. Chunki u har bir jamiyatning rivojlanish bosqichidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bu talablar buyurtma sifatida davlat hujjatlarida o’z ifodasini topadi. Pedagogik tizimning barcha boshqa qismlari maqsadga bo’ysunadi va uni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ta’lim-tarbiyaning mazmuni maqsaddan kelib chiqqan holda tashkil topadi.


Demak, maqsad va mazmun didaktik vazifalarni belgilar ekan. O’quv jarayoni, ta’lim-tarbiyani tashkil etish, ta’lim vositalari, usullar, texnologiyalar-didaktik jarayon bo’lib belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan. Talaba va o’qituvchilar esa ushbu jarayonni harakatlantiruvchilar bo’lib maydonga chiqadi. Pedagogik tizimning bir elementi o’zgarsa, masalan maqsadi o’zgarsa uning boshqa qismlari (shakli, mazmuni, jarayonlari) ham o’zgaradi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling