Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


b) (AVV) alternativlar, variantlar, imkoniyatlar


Download 1.04 Mb.
bet39/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

b) (AVV) alternativlar, variantlar, imkoniyatlar.
Bunday didaktik vazifa talabalarni yanada chuqurroq fikrlashga mavjud holatni yaxshiroq o’rganishga undaydi. Talabadan biror muammoni hal etish jarayonida alternativlarni topish, ana shu alternativlarning bir necha variantlarini izlash va ana shu variantlardan qaysi biri bugungi kun shart–sharoitlari va talablariga ko’proq mos tushishini aniqlash talab etiladi. Bunday vazifa talabalardan chuqur bilimni, mantiqiy fikrlashni, mavjud sharoit bilan yaxshi tanish bo’lishni talab etadi.
Misol:

alternativlar


variantlar

Imkoniyatlar

1.Mulkni davlat tassarufida qoldirish.

2.Davlat mulkini xususiylashtirish



1.Davlat mulkchiligi.
1.Chek vositasi orqali xususiylashtirish.
2.Davlat mol-mulkini sotish.

1. Mulkchilik shakllarini paydo bo’lishiga olib kelmaydi.
-mulkka egalik hissi bo’lmaydi
-raqobatchilik muhiti bo’lmaydi.
-bozor munosabatlarini rivojlantirib bo’lmaydi.
2. -har bir kishinig ishlab chiqarish salo-hiyatini aniq hisoblash qiyin.
-mol-mulkni teng taqsimlash sotsia-listik tenglash-tirishga olib kela-di.
-aholini ko’p qismi qimmatli qog’ozlar bilan muomala qilishga ko’nik-magan.
-sotib olingan mulkning qadri bo’ladi.
-davlat xarajatlari qoplanadi.

Barcha alternativ variantlar va imkoniyatlar taroziga qo’yilib yagona xulosa chiqariladi.
v) (ROS) ikki tomonning fikrini o’ylab ko’r.
Ko’p hollarda iqtisodiy sharoit ikki tomonning hamkorligini talab etadi. Masalan, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi yoki sotuvchi va xaridor. Iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash jarayonida ana shu ikki tomonning xohishlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari hisobga olinishi lozim. Ana shunday fikrlashga bizni ROS deb ataluvchi didaktik vazifa o’rgatadi. Bunda talabadan ikki tomonning tutgan o’rniga qarab istaklari, imkoniyatlari va ehtiyojlarini aniqlash talab etiladi. Bu vazifani bajarish vaqtida talaba ikki tomonni ham qoniqtiruvchi echimni topishga harakat qilishi lozim.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling