Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Didaktik o’yinlarni tashkil etish printsiplari


Download 1.04 Mb.
bet36/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

7. 2. Didaktik o’yinlarni tashkil etish printsiplari

Pedagogika fanida didaktik o’yinlarni kontseptsiyasi hali to’liq ishlab chiqilmagan, shuning uchun ham unga turli xil ta’riflar beriladi. Bu hol didaktik o’yinlarni ishlab chiqish va ommalashtirish ishini qiyinlashtiradi. Lekin shunga qaramasdan hozirda o’quv jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish ommalashib bormoqda. Chunki bu metod o’zining ko’pgina ijobiy tomonlariga ega. Bu metod orqali bir vaqtning o’zida bir necha ish bajariladi:



  • Egallangan bilimlarni tekshirish.

  • Yangi bilimlarni egallash va amaliyotda tekshirib ko’rish.

  • Kasbiy tayyorgarlik (malaka, ko’nikma hosil qilish).

Didaktik o’yinlar xayotiy vokeiylikka eng yaqin keluvchi metod bo’lib hisoblanadi va u ko’proq amaliy ahamiyatga egadir. Didaktik o’yinlarni oliygohlarda tashkil etish va qo’llashda quyidagi psixologik va pedagogik printsiplarga amal kqilgan holda yo’lga qo’yish lozim:

    1. Ishlab chiqarishdagi real vaziyatni modelini ko’chirish va ishlab chiqarish dinamikasini hisobga olish. Ishlab chiqarish jarayonini rivojlanish, doimiy o’zgarish xarakteriga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Ana shu o’zgaruvchanlik va dinamik rivojlanish ishbilarmon o’yinlarni tashkil etish jarayonida albatta hisobga olinishi talab etiladi.

    2. Kasbiy faoliyatni mazmunini va shaklini hisobga olish. Oliy ta’limning eng asosiy vazifalaridan biri yuqori malakali kadrlarni etkazishdir.

Biz ana shu vazifani bajarish uchun har bir ixtisoslik bo’yicha o’ziga xos bo’lgan ishbilarmon o’yinlarni ishlab chiqishimiz zarur.

    1. Jamoa bo’lib ish bajarishiga o’rgatish. Bugungi talaba ertaga ishchi jamoasiga qo’shilar ekan, u jamoaning bir qismi sifatida ma’lum bir funktsiyani bajaradi. Shu jamoaning boshqa a’zolari bilan birgalikda umumiy ishni olib boradi. Shuning uchun jamoa bo’lib ish bajarishni o’rganish ham juda muhim.

    2. Ikki planlilik xususiyatini hisobga olish. Ishbilarmon o’yinlar tashkil etilar ekan ular o’zida ham o’quv jarayonini, ham ishlab chiqarish jarayonini aks ettiradi. Bu holda ikki jarayon ustma-ust tushadi va bir-birini to’ldiradi. Shuning uchun ham ishbilarmon o’yinlar ikki planlilik xususiyatiga ega bo’lishi lozim. Bu o’quv jarayon va ishlab chiqarish jarayoni:

    1. o’quv jarayoni - ta’lim-tarbiya.

b) ishlab chiqarishdagi real vaziyat.

    1. Immitatsion modelning muammoli xarakterini ta’minlash. Biz ishlab chiqarish vaziyatlarini ma’lum epizodlarini o’quv jarayoniga ko’chirib olib tahlil etar ekanmiz, ana shu vaziyatning ma’lum muammoga bag’ishlangan bo’lishini ta’minlashimiz kerak bo’ladi. Chunki aynan muammoli immitatsion modellar talabalarni ishlab chiqarish faoliyatiga puxta tayyorlaydi. Axir bizning eng muhim vazifamiz talabalarni ishlab chiqarish faoliyatida uchraydigan muammo va masalalarni osonlik bilan echimini topishga o’rgatish. Demak tanlab olingan immitatsion model (ishbilarmon o’yin ) muammoli xarakterda bo’lishini ta’minlash o’ta zarur tamoyillardan biri bo’lib hisoblanar ekan.

Ushbu printsiplar asosida didaktik o’yinlarni tashkil etish nazariy bilimlar bilan amaliyotni bog’liqligini oshirishga yordam beradi. Talabalarda nafaqat nazariy bilimlar va malaka hosil qiladi, balki kasbiy mahoratni rivojlantirish va shakllantirishga imkon beradi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling