Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Tizimli faoliyat yondoshuvi asosidagi modul


Download 1.04 Mb.
bet44/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

8.3. Tizimli faoliyat yondoshuvi asosidagi modul.

Modulli texnologiyaga tizimli faoliyat yondoshuvi, eng avvalo kasb-xunar ta’limida qo’llaniladi. Buning yorqin misoli bo’lib, YuNESKOning xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan «mehnat ko’nikmalari, modullari (MKM — kontseptsiya-dastur )» hisoblanadi.
Kontseptsiya, o’quv fanlariga bo’linmasdan , yaxlit o’qitishga yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Kontseptsiyaning afzalliklari bo’lib, MKM texnologiyalarining loyihalash jarayonining aniq tarkiblashtirish va modulli variantdagi o’quv-dasturiy hujjatlar shaklini to’la shakllanganligi hisoblanadi.
MKM – o’qitishning modulli dasturi, mutaxassis faoliyatining tahlili, uning mazmuni va tarkibini o’rganish asosida tuziladi va modulli bloklar xamda o’quv elementlari yig’indisidan iborat bo’ladi.
Mutaxassisning ishlab chiqarish faoliyati, qator ishlab chiqarish topshiriqlar bajarilishini o’z ichiga oladi. Ular o’z navbatida belgilangan ketma-ketlikda bajariladigan ishlab chiqarish amallaridan (ishlar qadami) iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarish topshirig’i tarkibida bajariladigan ishlab chiqarish amallari (ishlar qadami) modulli blokni tashkil etadi. Ishlab chiqarish amallarini bajarish uchun, ishchi ma’lum darajadagi nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. Bunga ishlab chiqilgan o’quv elementlarini (o’rganuvchi modullarni) talabalar tomonidan o’zlashtirilishi orqali erishiladi. MKM dasturlar kasb - hunar ta’limi tizimining muayyan kasb turi bo’yicha ishlab chiqiladi. Modulli o’qitishning mazkur kontseptsiyasi kasb-hunar kollejlarida kasbga o’rgatish uchun juda ham mos keladi.
Mazkur dasturlarni oliy o’quv yurtlarining «kasbiy pedagogik tayyorgarlik» yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarni kasbga o’rgatishda ham qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ifoda etilganlarni hisobga olib, tizimli faoliyat asosidagi modulli o’qitish texnologiyasining quyidagi asosiy xususiyatlarini qayd etish mumkin:
- o’qitish mazmunini mutaxassis faoliyatining tizimli tahlili asosida shakllantiriladi;
- modulli dastur tarkibi mutaxassis faoliyati tarkibiga tuziladi.
O’qitish dasturi alohida o’quv elementlardan modullardan, modulli bloklardan iborat bo’ladi. Modulli blok o’qitish dasturining tarkibiy qismi bo’la turib, «boshlanishi va oxiri» mutaxassis ishi va harakatining anik ko’rsatilgan tugallangan bo’lagidir.
Har qaysi modulni o’rganish, «o’quv elementi» yoki «o’rganuvchi modul» deb ataluvchi maxsus ishlangan turli uslubiy qo’llanmalar bo’yicha amalga oshiriladi.
Zaruriyat tug’ilganda, har qaysi talaba uchun individual o’qitish dasturlari tuziladi. Ular tayanch modullar asosida ta’lim buyurtmasi va boshlang’ich tayyorgarlik darajasi inobatga olinib tayyorlanadi. «o’quv elementi» (o’rgauvchi modul) talabaga, mustaqil ravishda o’quv materialini o’zlashtirishga imkon beradi. Mazkur tahlil ishining tafsiloti, modulli bloklar ro’yxati va tafsilotini tuzish maqsadida o’tkaziladi. Ish(ning) tafsiloti quyidagilarni o’z ichiga oladi: kasbning va kasbiy sohaning nomlanishi; ish sohasi (faoliyatning anivlangan turi); mazkur kasbli ishchining nazifalari tafsiloti; ishchining ma’suliyati va uning bevosita rahbari; ish sharoiti (o’rni); kasbni egallash uchun nomzodga qo’yiladigan talablar:
Modulli bloklar ro’yxati va tafsiloti mazkur kasb-hunar doirasida bajariladigan ishlab-chiqarish topshiriqlari majmuasi asosida tuziladi. MKM - kontseptsiyasida ishlatiladigan "modulli blok" atamasi, shuning mantiqan tugallangan qismini o’zida mujassamlashgan ishlab-chiqarish topshiriqning mazmunini ifodalaydi.
Tahlil natijalari bo’lib: mutaxassisning ish o’rnidagi vazifasi, bu vazifalarni bajarishdagi tashkiliy tuzilmalar, mazkur kasb-xunarni egallashni istaganlarga qo’yiladigan talablar, hamda mazkur kasb-hunar doirasida mutaxassis tomonidan bajariladigan barcha ishlab chiqarish topshiriqlari ro’yxati hisoblanadi. Ikkinchi bosqich; Modulli bloklarning. mazmuni va tarkibining tahlili.
Mazkur tahlilning maqsadi, modulli blok doirasidagi muayyan ishlab-chiqarish topshirig’ini bajarish uchun zarur bo’lgan amallar (qadamlar) ketma-ketligini aniqlash hisoblanadi.
Ishlab-chiqarish faoliyati, modulli bloklar, qadamlarning tahlili, tegishli ishni bajarish. uchun-mutaxassis ega bo’lishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar va nazariy bilimlar ro’yxatini aniqlash imkoniyatini beradi.
Loyihalashning bu bosqichi natijalari modulli blok tahlili jadval ko’rinishida tizimlanadi. Bu jadvalda ish qadamlari va ularni bajarish uchun zaruriy amaliy ko’nikmalar standartlar tafsilotlari lo’nda holda keltirilgan.
Uchinchi bosqich: Har qaysi qadam bo’yicha tahlil va zaruriy o’quv elementlarini aniqlash.
Har qaysi qadamini bajarish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar tahlili, bu ko’nikmalarni shakllantirish uchun talab qilinadigan o’quv elementlarini tuzish maqsadida bajariladi. MKM kontseptsiyasidagi o’quv elementi - bu uslubiy qo’llanma, maxsus risola ko’rinishida bo’lib, quyidagn tuzilmaga ega bo’ladi:
* Muvofiqlashtiruvchi blok – o’quv maqsadlari ko’rsatiladi; zaruriy jihozlar va .materiallar; qo’llanmalar va o’qish zarur bo’lgan boshqa vositalar.
* Axborot-yo’riklar bloki - muayyan ishlab-chiqarish amali (ishning qadami)ni o’rganish uchun zarur bo’lgan nazariy qoidalar.
Amaliy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. U matn va ko’rgazmali materiallardai iborat bo’ladi. Matnlar lo’nda ifodalanishi tushunarli tuzilishi va o’qilganda faqat bitta ma’noni bildirishi lozim. Matn qator boshidan varaqning chap qismida abzats qoldirib, ma’lum interval bilan yoziladi. Varaqning o’ng qismida ko’rgazmali material joylashtiriladi. Axborot – yo’riqlar blokini tuzishda, tushunarlik, ko’rgazmalik va ilmiylik tamoyillarini ko’zda tutish lozim. Bu blok ham ko’nikmalarni amaliyotda mashq qilish topshiriqlarni o’z ichiga oladi.
* Nazorat bloki – o’quv elementining o’zlashtirish natijasini aniqlash uchun xizmat" qiladi va nazorat topshiriqlari, savollar, testlarni o’z ichiga oladi. Ular nazorat blokida ko’rsatilgan, o’quv maqsadlariga muvofiq tuziladi. O’quv maqsadlariga erishilganligiga "ha – yo’q" tamoyili asosida baholanadi. Ko’nikmalar tahlili natijalari bo’yicha "Modulli blok – o’quv elementi" ma’lumot jadvali tuziladi. Jadvalda ko’nikmalar va ularni egallash uchun zaruriy o’quv elementlari guruhlanali. Bunday jadvallar har bir modulli blok uchun tuziladi. O’quv elementlari jadvalda oltita asosiy toifaga guruhlanadi:
01 - Umumiy texnika xavfsizligi.
02 - Kasbiy faoliyat turlari.
03 - Nazariya
04 - Grafik axborot (sxemalar)
05 - Texnik axborot: materiallar (ma’ruzalar matni), usullar
06 -Texnik axborot: asboblar (jihozlar), mashinalar. To’rtinchi bosqich: MKM '— O’qitish dasturlarini tuzish.
MKM – o’qitish dasturlari jadval ko’rinishi tuziladi. Ularni tuzish uchun asos bo’lib, "Modulli blok o’quv elementi" ma’lumot jadvali xizmat qiladi. MKM dastur mazkur ishlab-chiqarish faoliyati doirasida bajarilgan barcha modulli bloklarni va ularga tegishli barcha edementlarni o’z ichiga oladi.
MKM - dasturni afzalliklari - o’zgaruvchanlik va moslanuvchanlik bo’lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga egadir. MKM - dasturlar, keng tarmoqli kasblar uchun ham va alohida ishlab-chiqarish topshiriqlarini bajarish uchun ham tuzilishi mumkin. Birinchi holda MKM - dasturlar muayyan kasbga tegishli barcha o’quv elemeitlarini o’z ichiga oladi. Ikkinchi holda esa faqat muayyan faoliyatga tegishli modulli blok va o’quv elementlaridan tashkil topadi. Ba’zi vaziyatlarda MKM dastur faqat bitta modulli blokdan tuzilishi mumkin. MKM - dastur kasbiy faoliyatning turli sohalariga tegishli modulli bloklaridan iborat bo’lishi mumkin, bu esa xizmat ko’rsatish sohasining uncha katta bo’lmagan korxonalari uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Xulosa
Modulli o’qitish asosan inson bosh miyasining to’qimalarini moduli tashkil etilganligiga tayanadi.U xakda birinchi marotaba 1972 yil YuNESKO ning Tokiodagi Butunjahon Konferentsiyasida so’z yuritilgan.
Modulli o’qitish quyidagi tamoyillarga tayanadi:
I . Faoliyatlilik;
2. Teng huquqlilik;
3. Tizimli kvantlash;
4. Motivatsiya;

    1. Modullik;

7. Muammolik; 8. Vizuallik;
9. Xatoliklarga tayanish;
10. O’quv vaqtini tejash.
Tayanch tushunchalari: modul, MKM - mehnat ko’nikmalari modulli,t izimlilik.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling