Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-Mavzu: Pedagogik mahorat va uning mohiyati ASOSIY MASALALAR.
- Identiv o’quv maqsadlari
Nazorat savollari.
1. O’qitishning modulli tizimiga izoh bering. 2. Modulli tizim texnologiyalari qanday tamoyillarga asoslanadi? 3. Motivatsiya, modullilik muammolik tamoyiliga izoh bering. 4. Vizuallik va xatoliklarga tayanish deganda nimani tushunasiz? 5. Modulli o’qitish tizimini an’anaviy ta’lim tizimi bilan taqqoslang. 6. Fan bo’yicha faoliyat yondoshuvi asosidagi modulga izoh. 7. Tizimli faoliyat yondoshuvi asosidagi modulli o’qitish texnologiyasiga izoh. 8. Modulli o’qitish tizimi qanday shart-sharoitlarni talab etadi? Adabiyotlar: 1. Borodina N.B, Samoylova E.S. Modulno’e texnologii v professionalnom obrazovo’anii. 1998. 2. Avliyoqulov N. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari. T. 2001. 3. Azizxo’jaeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T. 2003. 4. Yo’ldoshev J, Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. Qo’llanma T.: O’qituvchi. 2004 5.www.edg.com 6.www.tsure.com 9-Mavzu: Pedagogik mahorat va uning mohiyati ASOSIY MASALALAR. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. 2. Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari. 3. Pedagogik mahoratni tarkib toptirish va shakllantirish yo’llari. Asosiy ibora va tushunchalar: Kasb mahorati, pedagogik mahorat, optimizm, insonparvar-gumanist; shaxsiy xususiyatlar; Gumanistik yo’nalish, kasbiy bilimdonlik; pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika; metodologiya, nazariy, uslubiy texnologik bilimlar; faoliyat elementlari; o’z-o’zini kasbiy tarbiyalash. Pedagogik mahorat xakida tushuncha berish, uning tarkibiy qismlariga aniqlik kiritish, pedagoglik kasbiga qiziqishga oshirish. Identiv o’quv maqsadlari: Pedagogik mahorat tushunchasiga ta’rif beradilar. Pedagogik mahoratning mohiyatiga izoh, beradilar. 1.3.Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini tavsiflaydilar. Insoniyat tomonidan minglab xunar-kasb bajarib kelinadi. Har bir kasb yuqori saviyada bajarilishi, kasb mahoratining talablariga javob berishi kerak. Kasb mahorati har kimning bajargan mehnat faoliyatini eng yuqori talablarga mukammal amal qilinishiga tushiniladi. Pedagogik kasbining ham o’ziga xos mahorat talablari bor bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaning samaradorligini ta’minlash uchun xizmat qiladigan. Pedagogik mahorat pedagogik faoliyat oritishda murabbiyning qobiliyatlarini oliy darajada nomoyon etish, butun borlig’ini ta’lim-tarbiyaga yo’naltirish tushiniladi. Pedagogik mahorat o’zoq davomida o’qish-o’rganish, maph qilish, tajribalar asosida hosil qilinadi. Pedagogik mahorat boshqa kasb mahoratlardan farkliligi shundaki u bir qancha qirralarga bo’linadi. Birinchidan u bolalarni sevish, ularga chin ko’ngildan xayrihohish bildirish kerak. Yumshoq, ko’ngil odam bo’lish, ular qanday bo’lsa, shundayligicha yaxshi ko’rinishlari, o’yinqaroq; bolani ham, mumiq obil bolani ham, serfaximini ham, kalta faxmini ham, ishyoqmasini ham, tirishqog’ini ham birday yaxshi ko’rishlari kerak. Pedagogik mahoratga ega bo’lish, uni o’qituvchi kadrlarda shakllantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini bajarish, amalga tadbiq etish mahoratli pedagog saloxiyatiga bog’liq,. Bugun bizga har tomonlama etuq yuksak malakali, raqobatbardosh pedagog kadrlar kerak. Mahoratli pedagog dili - qo’rini tarbiyalanuvchilarga bab-baravar, lekin har qaysi aniq shaklda bo’lib berishi kerak bo’ladi. Bolalarga yaxshilik qilish va mehribonlik ichki kechinma bo’lgan holat emas, balki pedagogik faoliyatdagi bola bilan yoki sinf bilan munosabatimizdaga asosiy motiv rag’bat bo’lishi kerak. Bolani butun kabi bilan sevadigan mehri dars pedagog kupincha ko’proq tabassum qiladi, krvorini soladi, u chinakkam pedagogik hayot kechiradi-da, shu tarifa o’ziiing professional baxtiga erishadi. Mahoratli pedagog bolalarni tushuna biladigan bo’lishi kerak. Bola o’zi kichik bo’lsa ham, uni tashvishlari katta. Shuning uchun ham zinxor-bazinxor, bolalarga xilma-xil ilm berilayotganda butun vujudi bilan, berilib o’ynayotgan bolalardan ko’ra muhim ish qilyapman deb o’ylamasligi kerak. Agar soldatchasini yo’qotib qo’yib, izlayotgan bo’lsa, bunda pedagog o’zi yaxshi ko’rgan bironta kerakli bumji yuq otgandek kam ozor chekayotgan bo’lmaydi. Bolalarni tushunish - ular pozitsiyasida bo’lib, turish uning his-tuyg’usini qadrlash, ularning tashvishi va ishlarini jiddiy deb qabul qilish va bu bilan hisoblashi zarur. Bolalarni tushunish ular xukmiga itoat ettirish emas, balki ularning bugungi hayotiga tayanib ularning ertangi hayoti niholarini etishtirish demaq Bola ko’nglidagi o’zgarish va qalbi xayajonni, uning xis~tuyg’ularini va intilishlarini tushuna turib, bolalar hayotiga o’z kishisi yaqin kishisi sifatida kirishib pedagog tarbiyalash bilan chuqurroq mashg’ur bo’la oladida, shunda bola o’z tarbiyasida pedagogning safdoshi bo’lib qoladi. Bolalarni tushunish, uni tarbiyalashning eng yuksak mahoratini egallash demaq Mahoratli pedagog optimist bo’lishi zarur. U o’z kasbiga ishonish kerak. o’qituvchi bolalarni o’qitayotganda va tarbiyalayotganda ularni utmishdagi va hozirgi avlodning moddiy va ma’naviy qadriyatlari bilan tanishtiradi. Biroq, bu tanishtirish qanday bo’ladi? O’qituvchi bola bilan bu qadriyatlar o’rtasidagi bir vositachi, bolalar voqelikni, kishilarni faqat u orqali bilib oladilar. Mana shu «undan» so’zi turli qadriyatlar, bilimlar, axloq-odob noramalari bolalarga tozalangan - (strelizatsiya) qilingan holda etib bormaydi, balki ularda o’qituvchining shaxsiyatiga oid xususiyatlar, uning fikri munosabatlar, uning dunyokarashlari bo’ladi, demakdir. Insonparvar pedagog bolalarni bilim bilan tanishtirayotganda, ayni vaktda ularga o’z harakterini bera boradi, ularga odamiylik namunasi bo’lib qoladi. Bola uchun o’qituvchisiz bilim yo’q. Shuning uchun bolagina o’qituvchini yaxshi kurib qolsa, demak u bilimga 1qiziqib qoladi. Bordi-yu, bola o’qituvchini yaxshi kurmasa, undan qo’rqsa, uni dust deb bilmasa, bunday holda bola uchun o’qishining hech kanday qadri qolmaydi. Bolalarni mehrini qozonmoq o’qituvchining eng zarur ishi, chunki faqat o’z o’qituvchisini yaxshi ko’rish vositasidagina bola bilimlar olamiga kirib boradi. jamiyatdagi ma’naviy qadriyatlarni o’zlashtirib boradi. Ta’lim-tarbiya metodlari, usullari, shakllari pedagogning bolalarga mexr-muxabbatidan harorat oladi va insonparvarlik xissi tula kalbidan utib takomillashadi. Eng muhim narsa ta’lim-tarbiya metodlaridan foydalaniladigan o’qituvchining kanday insoniyligi, uning ko’ngli va qalbi kandayligi ma’lum bulmasa, bu metodlar samaradorligi xakida bir narsa deb bo’lmaydi. Xulosa kipib aytganda, pedagogik mahorat - yuksak darajada shedagogik faoliyat yuritishga o’zini yo’naltira bilish uchun zarur bo’lgan shaxsiy xususiyatlar yig’indisidir» Pedagogik mahoratni kuyidagi tarkibiy kismlar tashkil etadi: Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling