Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
4. Pedagogik texnika
Bu pedagogik mahoratning turtinchi tarkibiy qismi - o’qituvchi xatti-harakatini tashkil etish shakli. Faqat bilish, yo’nalish va qobiliyatlargina ko’nikmalarsiz yaxshi natijalar garovi emas. Pedagogik texnika o’z ichiga ikki guruxdagi ko’nikmalarni oladi: o’z-o’zini boshkdra olish ko’nikmalari va pedagogik vazifalarni, xal etish jarayonida o’zaro ta’sir etish ko’nikmalari. Birinchi gurux. ko’nikmalari - bu o’z tanasi, hissiy holati, nutq texnikasini boshqarishiga qaratilgan. Ikkinchisi – didaktik, tashkilotchilik ko’nikmalari, alokali o’zaro ta’sir texnikasiga ega bo’lish. (bu xakda aloxida tuxtaymiz, keyinchalik). Pedagogik maqoratning kursatkichlari kuyidagilardan iborat: - maqsadga muvofiqlik (yo’nalish bo’yicha); - samaradorlik (o’qituvchining bilim, tarbiyalanganlik darajasi natijasi buyicha); - ijodkorlik (faoliyat mazmuni buyicha); Pedagogik mahoratni boshlangich, o’rta, yuqori darajada egallash mumkin. Oliy dargoxda mahoratning asosini egallash mumkin; yo’nalishni shakllantirish, bilim olish, qobiliyatlarini rivojlantirish, texnikani o’zlashtirish mumkin. Yuqorida keltirilgan A.Kattabekov misolida: undagi gumaknistik yo’nalishni, metodologik bilim va tajribani, pedagogik qobiliyatlarni, pedagogik texnikani ko’rish mumkin. Nazorat topshiriqlari 1.1.1 Har kanday kasbni mahorat darajasida egallash mumkinmi? A) xa; B) yuk;. 1.1.2.Pedagogik mahorat nima bilan ulchanadi? A) ta’lim-tarbiya samaradorligi; B) o’qituvchining bilim va ko’nikmalari; C) yuqori saviya va malaka. 1.1.3. O’qituvchi bolalar urniga o’zini kuyib ko’ra oladimi? A) ha; V) yo’q 1.1.4.Pedagogik mahorat uchun eng muhim bo’lgan xususiyatlar a) mexr-muxabbat; v) o’z faoliyatini boshkara olish; s) tashkilotchilik d) kasbiy bilimlar; e)qobiliyatlar; 1.2.1 Optimizm mahoratli pedagog uchun kerakmi? A)xa- S) qisman. 1.2.2.Mexr-muhabbatga sazovor bo’lish uchun o’qituvchida nima bo’lishi zarur? A) mahorat; B) kalb, C) saloxiyat, E)saxiyliq 1.3.1. Pedagogik mahorat nechta tarkibiy qismdan iborat? A) bitta; B)ikkita- C) uchta«, D) turtta; E) beshta. 1.3.2. Gumanistik yo’nalish uchun eng muhimi... a) o’z obru-e’tibori; v) o’quvchilar jamoasi s) pedagogik vositalar. 1.3.3. Ijtimoiy faollik pedagogik mahoratning kaysi qismiga tegishli? A) kasbiy bilimlar; B) pedagogik qobiliyat C) pedagogik texnika ; D) gumanistik yo’nalish. 1.4.1. Umumiy krnuniyatlar xakidaga tushuncha qanday kasbiy bilim turi? A) Nazariy V). Metodologik C) metodik D) texnologik. 1.4.2. «Ob’ektni» xds etish pedagogik mahoratning kanday elementi? A) pedagogik qobiliyatq B) mulokotga tegishli u C) insonparvarlik; D) pedagogik texnika E) kasbiy bilim, 2 —Asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlarini tashkil etuvchi xususiyatlarini ochib berish. 2.1. Pedagogik faoliyat komponentlariga izoh beradilar. 2.2. Pedagogik mahoratni bir tizim sifatida asoslaydilar. 2 — asosiy savolning bayoni» Har kanday faoliyat kabi pedagogik faoliyat qam o’z ichiga xususiyatlar bilan farq kiluvchi kuyidagi komponentlar (tarkibiy kqismlar) ni oladi: maqsad, vosita, ob’ekt, sub’ekt. Eng avvalo pedagogik faoliyatning maqsadi o’ziga xos xususiyatga ega. 1.O’qituvchi ishining maqsadi jamiyat tomonidan belgalanadi, ya’ni uqituvchi erkin holda o’z mehnatining natijasini tanlamaydi, uning harakatlari uquvchi shaxsining har tomonlama rivojlantirishga qaratilmogi lozim. Ammo aniq, vazifalarni, maqsaddan kelib chizdan xolda o’qituvchining o’zi pedagogik muxitni hisobga olib olg’a suradi. Bu esa o’qituvchidan ijodiy hal etishni, maqsadni ko’ra bilishni talab etadi. 2.O’qituvchining faoliyati har doim boshqa faoliyatni boshqarish faoliyatidir, ya’ni o’quvchilarning. Masalan: yuqoridagi misolda ko’rish mumkin, ya’ni o’qituvchi bolalarga baqirmaydi, baqirmaydi, o’z qarashlari, turishi, keskin so’zi bilan tarbiyalanuvchilarni o’zlari xulosa yasashlariga chatsiradi. Bunda bolalarning harakatlari o’qituvchining maqsadiga qaratiladi. Demak, pedagogik faoliyat maqsadning xususiyati shundaki, u ham pedagogning va ham o’qituvchining maqsadiga aylanishi zarur. Ikki tomonlama faoliyatning mohiyati ham mana shundadir. 3. Boshqa kishi faoliyati (ta’lim-tarbiya)ni boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagogning maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagini ifodalaydi. Uqituvchi uchun bu maqsad tushunarli va yaqin: «Sen bilishning, kunikishning, qilishing zarur». O’qituvchi uchun kelajak uzoq. Amonnashvili Sh.A. bu qarama-qarshilikni «tarbiyaning asosiy natijasi» deb ataydi. Pedagog bugungi zamonda yashab, kelajakni ko’radi. Bu murakkab. Buni tushunib etgan moxir pedagoglar har doim o’z faoliyat mantiqini bolalar extiyojiga suyangan holda tashkil etadilar. Sh.A.Amonoshvili o’z faoliyat dasturini bola dasturiga yaqinlashtirishiga harakat qiladi. Leningradlik E.N.Ilin esa badiiy tekstlardan foydalanib sinf muhitga ta’sir etadi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining xususiyati o’qituvchidan jamiyatning ijtimoiy masalasini shaxsan qabul qilishni, maqsad va aniq vazifalarni ijobiy tushunib etishni; bola qiziqishlarini xisobga olish va ularni berilgan uquv faoliyati maqsadiga aylantira olish ko’nikmalarini talab etadi. Endi ob’ekt xakida to’xtalamiz. Pedagogik mehnatning ob’eketi -inson, shakllanayotgan shaxs ma’naviy dunyosining nozik tomonlari - akl, xissiyot, iroda, e’tiqod, o’z-o’zini anglash kabilar. 1. Inson tabiatning ulik materiali emas, balki faol mavjudot, u qaytarilmas individual sifatlarga, bo’lib utayotgan voqealiklarni tushunishi va mustaqil munosabatlarga ega. U pedagogik jaraenning ham ishtirokchisi, o’z maqsadi motivlari, qatti-xdrakatilariga ega shaxsdir. Demak pedagogik faoliyatning ob’ekti bir paytning o’zida sub’ekt hamdir. 2. O’qituvchi doimo o’zgarib boruvchi, rivojlanayotgan kishi bilan ish olib boradi. Unga bir xildagi yondoshuv to’g’ri kelmaydi. Bu o’q doimiy ijodiy izlanishni talab etadi. 3.Bir paytning o’zida pedagoglar bilan bir katorda bolaga, usmirga barcha atrof-muxit ta’sir etadi. Lekin, turlicha, Shuning uchun pedagogik faoliyat barcha ta’sirlarni tartibga solib turishni, shu bilan birga o’quvchining o’zidan kelib chiqadigan ta’sirlarni ham va tarbiyani qayta tarbiyalashni o’z-o’zini tarbiyalashni tashkil etadi. Sub’ekt - tarbiyalanuvchiga ta’sir etuvchilardir, ya’ni pedagog,ota-onalar, jamoa tarbiyalanuvchiga ta’sir kursatuvchi asosiy kurol - o’qituvchi shaxsi, uning bilim va ko’nikmalaridir. Agar o’quvchilar o’qituvchi shaxsini qabul qilishmasa uning bilimlari, xatsh-xdrakatlariga tankidiy karashadi, uning ta’sirini teskari kdbul qilishadi. Ijobiy axlokiy ta’sir kureata oladigan shaxsgina xdkikdy tarbiyachi bula oladi. Boshqacha qilib aytganda «tarbiyachi shaxsning o’zi tarbiyalangan bo’lmogi lozim». Buning uchun-pedagog doimo o’z axlokiy barkamolligini takomillashtirib borishi kerak. Tarbiyaning asosiy vositalari - bu tarbiyalanuvchilar ishtirok etadigan har xil faoliyat turlaridir: mehnat, muloqot, o’yin, o’qish, badiiy estetik va boshqa faoliyatlar. Yuqorida aytib o’tilganidek pedagogik faoliyatning asosiy komponentlari bu maqsad, sub’ekt, vositalaridir. Pedagogning vazifasi bu elementlarni boshqarishdan iboratdir. Lekin qanday qilib? Pedagogik mahorat mohiyatiga e’tibor beraylik. Mahorat - bu o’z kasbiy faoliyatini to’g’ri darajada tashkil etishni ta’minlovchi shaxs xususiyatlarining majmuasidir. Bunday xususiyatlarga biz o’qituvchi faoliyatida gumanistik yo’nalishni, uning kasbiy bilimlari, pedagogik qobiliyatlari va pedagogik texnikasini kiritamiz. Shuni ta’kidlash lozimki, birinchidan, pedagogik mahorat - bu shaxs tuzilishida o’z-o’zini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda gumanistik yo’nalish pedagogik jarayonni jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda aniq maqsadga qarata tuzishda tizimni tashkil etuvchi omil xisoblanadi; ikkinchidan, pedagog kasbiy mahorati rivojlanishining poydevorini kasbiy bilimlar tashkil etadi. Uchinchidan, pedagogik qobiliyatlar - mahoratning hamirturishi, uning takomillanish sur’atini belgilaydi; texnika - bilim va qobiliyatlarga asoslanib, barcha ta’sir etish vositalarini maqsad bilan boglanishini belgilaydi. Shunday kilib, pedagogik mahorat tizimidagi to’rtta elementlarning hammasi o’zaro bog’liq ular rivojlanish xususiyatiga ega. Buning uchun faqat tashqi ta’sir bo’lishi shart emas. Nazorat topshiriqlari: 2.1.1. Pedagogik faoliyat o’z xususiyatlariga ko’ra qanday tarkibiy qismlari bilan ajralib turadi? A) maqsad, sub’ekt, ob’ekt va vosita • B) o’qituvchi va o’quvchi •, C) o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish; <. • 2.1-.2. O’qituvchi - tarbiyachi maqsadini kim belgilaydi? B) reja; C) dastur; D) jamiyat; E) xalq. 2.1.3. Pedagogik faoliyat nimani boshqarishga karatilgan? B) ta’lim-tarbiya jaranini; C) sinfni 2.1.4. Pedagogik faoliyatida «ob’ekt», «sub’ekt» urnini bosa oladimi? A) xa B)yuq. 2.1.5. Pedagogik faoliyatda «ob’ekt» nima? A) ukuv materiali •, B) o’quvchi -, C) o’qituvchi -; D) tashki olam -; E) hamma narsa, 2.2.1. O’qituvchi pedagogik faoliyat elementlari o’rtasida o’zaro aloqa bog’lashi uchun nima qiladi? A) ularni boshqaradi- B) ularni bog’laydi •, C) ularni tashkil etadi, 2.2.2. Tarbiyaning asosiy vositalari nima? A) radio, telivizor •, B) kitob ; C) faoliyat turlari ; D) ko’rgazmalli kurollar -, E) darsliklar, 2.2.3. O’z kasbiy faoliyatini yuqori darajada tashkil etishni ta’minlovchi shaxs xususiyatlarining majmuasiga nima deyiladi? A) individual xususiyatlar; B) mahorat S) kasbiy etukli; Pedagogik mahorat elementlarilari o’rtasidagi aloqadorlik qay darajada? A) yuqori V) ma’lum S) o’rta D) quyi 2.2.5. Pedagogik mahorat elementlari rivojlanishi uchun tashki ta’sir bo’lishi shartmi? 3-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Pedagogik mahoratni tarkib toptirish va shakllantirish yullari tarkib toptirish talablarini tanishtirish yullari 'bilan talabalarni tanishtirish, unga ehtiyoj hosil etish. Identiv o’quv maqsadlari: 3.1. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy omillarini sanab utadilar. - 3.2. O’z-o’zini kasbiy tarbiyalash usullariga aniqlik kiritadilar. Pedagogik" mahoratni shakllantirish mumkin. Pedagogik oliy ukuv yurtlarida birinchi kunlaridan kasb tarbiyasiga alohida e’tibor berilishi zarur. Bulajak o’qituvchining shakllanishi ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy o’rinni psixologik-pedagogik fanlar tizimi egallaydi (pedagogika nazariyasi va tarixi, yangi pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, psixologiya). Mutaxassislik fanlar fundamental bilim berish bilan birgalikda bulajak o’qituvchini dunyoqarashini, metodologik bilimlarini shakllantiriladi. Pedagogik mahorat amaliyot davrida yanada rivojlanadi va talabalarda amaliy ko’nikma, malakalar tekshiriladi. Pedagogik mahorat rivojlanishida muhim urinni bulajak uqituvchini ijtimoiy - pedagogik faoliyati bajaradi. Bu faoliyat qancha mazmunli va keng bo’lsa, shuncha uning samaradorligi oshadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, hech qanday oliy ta’lim muassasasi tayyor holdaga mahoratli pedagogni etkazib bera olmaydi. Mahoratga erishishning eng samarali va tug’ri yuli o’z-o’zini tarbiyalashdir. O’z-o’zini tarbiyalash usul va vositalari nixoyatda ko’p, qolaversa o’qituvchining o’zi ijodiy soha hisoblanadi, izlanishni talab etadi. 3.1.1. Pedagogik mahoratni shakllantirish mumkinmi? A) xa-( B)yuq, 3.1.2. Bulajak o’qituvchining shakllanishi qanday jarayonda amalga oshiriladi? A) ta’lim-tarbiya •, B) pedagogik faoliyat; C) mustakyal ishlash, 3.1.3. Pedagogik mahoratni shakllanishda asosiy urinni qanday fanlar egallaydi? A) metodika •, B) psixologiya ; C) pedagogika', D) pedagogika-psixologiya. E) Mutaxassislik fanlar . 3.1.4. Pedagogik amaliyo't davrida pedagogax mahorat tekshiriladimi yoki rivojlantiriladimi? A)Ikkalasiyam. S).Ikkinchisi, D), aniqlanadi. E).namoyon bo’ladi. 3.1.5. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy omillarini sanab uting? 3.2.1. O’z-o’zini kasbiy jihatdan tarbiyalash mumkinmi? A) da; B) yuq, 3.2.2. O’z-o’zini tarbiyalashning qanday usullarini bilasiz? 3.2.3. Ortiqchasini olib tashlang? A)o’z-o’zini bilish. B)o’z-qzini tanqid kqlish. C),o’z-o’zini tahlil qilish. D),o’z-o’ziga majburiyat olish. E).O’z-o’zini baholash. 3.2'.4. O’z-o’ziga nisbat berish kasb tarbiyasiga kiradimi? A)ha, B)yuq, 1.2.5. Oliy o’quv yurti mahoratli pedagog tayyorlay oladimi? A} albatta. B) ma’lum darajada. C) yuq. D) hech qachon. E). qisman. FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR: 1. «Barkamol avlod orzusi - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» 'T. 1997 y. 2. I.A.Zyazyun «Osnovo’ pedagogicheskogo masterstvo» M. 1989 Mustaqil ishlar. 1. «Xalq ta’limi», «Boshlangich ta’lim» - oynomalarida pedagogik mahoratga oid maqolalarni o’qib tahlil etish. 2. O’z pedagogik mahorat sifatlariga baho berish. 3. O’z-o’zini tarbiyalash usullarini o’zgartirish. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling