- insonparvarlik (gumanistik) yo’nalishi;
- kasb bilimdonligi;
- pedagogik kobiliyatlar (didaktik, tashkilotchilik, pertseptiv, sugestiv, akademik);
- pedagogik texnika.
1„ O’qituvchi shaxsining gumanistik (insonparvarlik) yo’nalishi - goyalari, qiziqishi, qadriy yo’nalishlari.
Har bir o’qituvchi shaxsining pedagogik yo’nalishi turlicha, kup qirrali. Uning qadriy yo’nalishini kuyidagilar tashkil etadi: 1)o’z-o’zida menday bilimdon, talabchan, haqiqiy o’qituvchini ko’rishsa;
2) pedagogik ta’sir etish vositalariga (ukuv materiali va hakozo);
3) o’quvchiga, bolalar jamoasiga 4) pedagogik faoliyat maqsadiga - faoliyat ob’ekti, vositalarini- o’zgartirishga karatilgan bo’lishi mumkin, ya’ni gumanistik strategiya.
Gumanistik yo’nalish mahorat egasi kundalik ishining oliy vazifasi sifatida doimo uning aniq; vazifalarini belgilab beradi. Masalan: 1-bosqich talabasi o’quvchilarni A.Kattabekov muzeyiga olib kiradigan bo’lsa, u haqda nimani xikoya qilib berishga qiynaladi. Moxir pedagog esa bunday sharoitda kuplab vazifalarni ko’radi: bolalarda pedagoglik kasbini tanlashga kizikish uygotish; A.kattabekov mehnati bilan yaqindan tanishtirish va bunday ogir mehnat egalariga xurmat uygotish va xakozo, Pedagogning gumanistik yo’nalishi uning faol hayot yulini tutishda namoyon bo’ladi, ammo shunday xolatlar ham kam uchramaydi: ertaga sinf o’quvchilari maktab bog’ida meva terishlari kerak. lekin o’quvchilar ishlashni istashmaydi. Chunki ular terilgan mevalar chirib ketayotganligini kurib turishibdi, ularni kerakli manzilga olib ketishmayapti. Shunda mahoratsiz o’qituvchi sizlarning ishlaringiz bulmasin, sizning vazifangiz boqqa chikib meva terish deb aytadi. Agar o’qituvchining bu mevalarni o’z vaqtida jo’natish qo’lidan kelmas ekan, bolalarga bu bemazagarchilikning sabablarini tushuntirishi; bu masalani birgalikda hal etish yo’llarini qidirishi lozim. O’qituvchining faol yulni tutmasligi, gumanistik yo’nalishning yo’qligidir. Shuni ham unutmaslik lozimki, gumanizm - bu insonparvarlik, boshqalarga xurmat bilan karash, kishilarga beminnat xizmat kilish, foyda keltirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |