Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


g) SRN rozilik, norozilik, noaniqlik


Download 1.04 Mb.
bet40/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

g) SRN rozilik, norozilik, noaniqlik.
Ishlab chiqarishda va umuman hayotda ba’zan nizo vaziyati vujudga keladi. Nizo vaziyati tomonlarning dunyoqarashini turlicha bo’lganligidan kelib chiqadi. Ana shu nizo vaziyatini echimini topish jarayonida ikki tomonning fikrlarini solishtirish va rozilik mavjud fikrlarni, qarama-qarshi fikrlarni, hamda hali noaniq bo’lgan fikrlarni aniqlash lozim. So’ngra qarama-qarshi fikrlarni optimal variantini topish lozim. Shu yo’l bilan nizo vaziyati bartaraf etilishi mumkin. Bunday didaktik vazifa talabalarda fikrlarni taqqoslash, ularning o’xshashlarini va qarama–qarshilarini ajratish hamda tomonlarni kelishtirish malakasini tarbiyalaydi.
Slaboe zveno (zukkolar) – bunda guruhlar ajratilib, savollar oldindan tuziladi va eng ko’p javob topgan guruh g’olib deb topiladi.
Aqliy hujum – bunda bir necha talabadan iborat guruh oldiga muammo qo’yiladi va echish vaqti belgilanadi. Har bir ishtirokchi o’z g’oyasini taklif etadi va hech bir fikr tanqid etilmay qabul qilinadi. Echimlar soni qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi, so’ngra ularning ichidan eng to’g’risi tanlab olinadi va echim sifatida taklif etiladi. (Chto? Gde? Kogda?) o’yiniga o’xshash. Bunda talabalardan qiqka vaqt ichida tez fikrlashi, ya’ni miyaning aktiv ishlashi talab etiladi. Shuning uchun ham bu didaktik vazifa aqliy hujum deb ataladi.
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xusu­sida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original echimlarni topish imkoniyati tug’iladi. «Aqliy hujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Mashg’ulotlar jarayonida «Aqliy hujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilardir;
1. Mashg’ulot ishtirokchilarini muammo doirasi, keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir talaba tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalar miqdori rag’batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tan­lab olishga imkon beradi. Bunday tashqari fikrlar­ning rag’batlantirilishi navbatdagi — yangi fikr yoki g’oyalarning tug’ilishiga olib keladi.
3. Har bir talaba o’zining shaxsiy fikr yoki g’oyalariga asoslanishi hamda ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g’oya)larni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g’oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg’ulot jarayonida o’quvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’yilmaydi. Agarda ularning fikr (g’oya)lari baholanib boriladigan bo’lsa, o’quvchilar o’z diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad talabalarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirish ekanligini e’tibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:



Талабаларнинг муста=ил фикр юритишлари,шахсий фикрларини илгари суришлари учун =улай мухит яратилади.

Talabalarning o’zlarini erkin xis etishlariga sharoit yaratib berish

G’oyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni tayyorlab qo’yish

Талабалар томонидан билдирилаётган щар =андай \оя бащоланмайди

Muammoni aniqlash



Mashg’ulot davomida amal qilish lozim bo’lgan shartlarni aniqlash

/ояларнинг турлича ва кып ми=дорда былишига ащамият =аратилади

Bildirilayotgan g’oyalarni mual-liflar tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib borish.

Bildirilgan g’oyalarni yangi fikrlar bilan boyitish

Бош=алар томонидан билдрилаётган фикрларни ёдда са=лаш,уларнинг фикрларига таянган щолда янги фикрларни билдириш,билдирилган фикрлар асосидп муайян хулосаларга келиш каби щаракатларнинг талабалар томонидан содир этилишига эришилади.

Boshqalar tomonidan bildirilgan g’oyalar ustidan kulish kinoya qilishga yo’l qo’ymaslik

Muammoni yagona to’g’ri echimini e’lon qilishga shoshilmaslik.

Chizma 2. Akliy xujum metodining asosiy koidalari.


Klaster metodi.
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u talabalarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochik; o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Stil g’oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan talabalar bilan yakka tartibda eki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh, a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi,
Seminar darslarida Klaster usulidan foydalanish ham talabalarni aktivlashtirishga yordam beradi. Bu usulda tanlangan asosiy ob’ekt doskada tasvirlanadi, talabalar esa uning xususiyatlarini birma-bir aytib chiqa boshlaydilar. Ushbu xususiyatlar ob’ekt atrofiga belgilab boriladi va to’liq tasavvur hosil bo’lishiga xizmat qiladi. Klaster usulida bilimlar ma’lum sxemada ko’rsatilganligidan talabalarning xotirasida yaxshiroq saqlanib koladi. Bundan tashqari talabalarning o’zlari ana shu xususiyatlarni topganligi uchun mavjud bilimlar mustahkamlanadi va talabalarning aktivligi oshadi.
Chizma 1. Klaster metodining asosiy shartlari.


Xulosa

Innovatsion texnologiyalar o’quv jarayonini turli xilda tashkil etishga va o’quvchilarning aktiv ishtirokini ta’minlashga qaratilgan bo’lib o’qituvchidan izlanish va tadqiqot ishlarini olib borishni talab etadi. Turli xil ishbilarmon o’yinlarni va psixotexnik o’yinlarni o’quv jarayonida qo’llash o’zlashtirish samaradorligini oshiradi. Didaktik o’yinlar egallangan bilimlarni tekshirish, yangi bilimlarni egallash va amaliyotda tekshirib ko’rish, kasbiy tayyorgarlikni samaradorligini oshirishga qaratilgan.


Ishbilarmon o’yinlarni tashkil etishda quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi:
- ishlab chiqarishdagi real vaziyatni modelini ko’chirish va ishlab chiqarish dinamikasini hisobga olish;
- kasbiy faoliyatni mazmunini va shaklini hisobga olish;
- jamoa bo’lib ishlashga o’rgatish;
- ikki planlilik xususiyatini yodda tutish;

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling