Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Fikrlashga o’rgatuvchi psixotexnik o’yinlar


Download 1.04 Mb.
bet38/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

2. Fikrlashga o’rgatuvchi psixotexnik o’yinlar:
a) (PMI) ijobiy, salbiy, qiziqarli.
Bunda talabalardan fikrlashning ma’lum turi talab etiladi. Talabalar diqqatiga biror muammoning echimi taklif etiladi. Ana shu qarorning qay darajada to’g’riligini ular ijobiy, salbiy va qiziqarli tomonlarini alohida ajratgan holda tahlil etishlari talab etiladi. Talabalar uchta ustunni to’ldiradilar va o’zlarini fikrlarini bildiradilar. Uchta ustunni to’ldirib bo’lgach esa xulosa qiladilar. Bunday fikrlash usuli talabalarda sinchkovlikni, har bir voqea va hodisaning ijobiy va salbiy tomonlarini to’laroq ko’ra olishga o’rgatadi. Bundan tashqari talabalar boshqa talabalarning ham masalaga yondoshuvlari bilan tanishadilar. Chunki har bir talaba o’zining fikrlarini bildirar ekan masalaga yangicha bir qarash yuzaga keladi. Edvard de Bono “Nestandartnoe mo’shlenie” kitobida shunday misol keltiradi: talabalarga taklif bilan murojaat etildi – ma’muriyat har bir talabaga har xafta kelgani uchun 5 dollardan pul berishga qaror qilsa siz bunga qanday qaraysiz? Bunday fikr talabalarning barchasiga yoqadi. So’ngra ularga shu qarorni “PMI” texnologiyasiga qo’yib o’ylab ko’rish taklif etiladi. O’quvchilar qarorning ijobiy, salbiy va qiziqarli bo’lgan tomonlarini alohida ustunlarga birin ketin joylashtirishlari lozim.



Ijobiy

salbiy

qiziqarli

1.Taklif etilayotgan 5 dollar ortiqchalik qilmaydi.
2. Talabalarning iqtisodiy imko-niyatlari oshadi.

1.Zo’ravonlar zo’rlik qilib pulimizni olib qo’yishadi.
2.Ota-onalar cho’ntak puli bermay qo’yadilar.
3. Byudjetda pul kamayib ketadi.
4. Oshxonada narxlar oshib ketishi mumkin.

1.Turli xil yoshdagi bolalarga qancha pul to’lanishi lozim ekanligini kim hal etadi?
2.Bu to’lanadigan pullar qaysi manbadan olinadi?

Agar 30 ta talabaning barchasi bu qarorni yoqlagan bo’lsa, “PMI” texnologiyasi asosida bu masala tahlil qilingandan so’ng 30 ta talabadan 29 tasi bu qarorni inkor etishini bildirgan.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling