Tayanch tushunchalar: o’zlashtirish koeffitsenti, o’zlashtirish darajalari, motiv.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Pedagogik tizimning strukturasiga izoh bering.
2. Reproduktiv ta’limga izox bering.
3.O’zlashtirishning kanday darajalarini bilasiz?
4.Mahsuldor o’zlashtirish darajasiga izoh.
5. O’quv jarayonini qismlariga izoh.
6. Biror mavzu uchun o’zlashtirishning 1 darajasidan 4- darajasigacha misol ishlab chiqing.
7. O’zlashtirish koeffitsentini aniqlang.
8. Reproduktiv ta’lim bilan mahsuldor ta’limni taqqoslang.
Adabiyotlar:
1. Hurkova N.E.Pedagogicheskaya texnologiya.M. 2002.
2. Farberman.B.L. Progressivno’e pedagogicheskie texnologii.-T.: 1999.
4. Farberman B.L, Musina R.G,Jumaboeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari. T. 2002.
5. www.isttu.irk.ru.
7-Mavzu: Innovatsion texnologiyalar
Reja:
7.1. Seminar darslarini tashkil etishda interaktiv metodlar.
7.2. Didaktik o’yinlarni tashkil etish printsiplari.
7.3. Didaktik o’yinlarning turlari.
7.1. Seminar darslarini tashkil etishda interaktiv metodlar
Seminar musobaqa darslarini tashkil etish. Bu usul 1976 yildan beri qo’llanilib kelinadi. Bu usul talabalarning qiziqishini va aktivligini oshiradi. Bu usulga tayyorgarlik ko’rish uchun talabalar oldindan ogohlantiriladi va mavzu e’lon qilinadi. Talabalar guruhi ikki kichik guruhchalarga bo’linadi. Ularning har biri mavzu bo’yicha savollar tayyorlab kelishi lozim. Seminar boshida talabalar musobaqa shartlari bilan tanishtiriladi. Bunda faqat javoblar uchun emas, balki savollarni to’g’ri va anikligi uchun, qo’shimcha va tuzatishlar uchun ham ma’lum ballar belgilanadi. Guruh talabalarining barchasi faol qatnashishlari uchun esa minus ballar ham ko’rsatilishi mumkin, masalan, Q3 dan –3 gacha noto’g’ri javoblar va savollar uchun ballarni ayirish usuli ishlatilishi mumkin. Musobaqa davomida doskaga to’plangan ballar yozib borilishi mumkin. Seminar oxirida g’olib guruh qatnashchilari qo’shimcha ballar bilan rag’batlanishi mumkin. Pedagog esa sinchkovlik bilan javoblarni eshitib, har bir talabaga baho qo’yib borishi lozim. Bu usul bilimlarni yanada mustahkamroq egallanishiga, nutq madaniyatini oshishiga, savollarni to’g’ri tuzilishiga, o’z fikrini bayon etishga o’rgatadi. Eng muhimi esa talabalarda mustaqil bilimlarni egallash, qidirish, mavzuga ijodiy yondashish oshadi. O’rganilayotgan mavzu har tomonlama tahlil etiladi va hayotiy jarayonlar bilan bog’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |