Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Bilim uzlashtirish darajalari va uzlashtirish koefitsenti


Download 1.04 Mb.
bet32/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

6.2. Bilim uzlashtirish darajalari va uzlashtirish koefitsenti

O’zlashtirilgan, bilib olingan axborotdan foydalanish turlicha bo’lishi mumkin: bilib olingan axborot aynan ko’rsatilganidek ishlatilishi va bir xil shart-sharoitda qo’llanishi mumkin. Bunday axborotni qo’llash reproduktiv faoliyatni vujudga keltiradi. Reproduktiv faoliyatda qayta gapirib berishdan tortib, o’xshash masalalarni echishgacha, yaxshi tanish sharoitlarda va aniq qoidalarga tayangan holda faoliyat yuritish xarakterlidir.


Mahsuldor faoliyat jarayonida o’quvchi-talaba har doim o’quv predmetida o’zlashtirib olinganiga nisbatan yangi harakat yaratadi, izlanuvchanlik va tadqiqotchilik faoliyatini olib boradi.
Reproduktiv faoliyat albatta birlamchi bo’lib, undan mahsuldor faoliyat kelib chiqadi. Talaba avval reproduktiv faoliyatni bajarishi va ko’nikma, malaka hosil qilish lozim, so’ngra mahsuldor darajasiga ko’tarlishi lozim.
Masala yoki vaziyatning echimini topishda 4 xil daraja ajratiladi:
1. Agar maqsad, harakat va vaziyat aniq ko’rsatilgan bo’lsa, hamda talaba faqat shu harakatni bajarishi talab etilsa, bu birinchi darajali o’zlashtirish deb ataladi.
M a – Va – X a PR2 
2. Agar maqsad va vaziyat ma’lum, ammo harakatni talaba o’zini oldingi bilimlarini eslash hisobiga topishi lozim bo’lsa, bu ikkinchi darajali o’zlashtirish hisoblanadi. Bu ikkala o’zlashtirish usuli reproduktiv faoliyatga kiradi.
M a – V a – X x >
3. Agar vazifada maqsad aniq, ammo vaziyat noaniq bo’lsa, talabadan vaziyatni eslash va notipik masalani echish talab etilsa, bu evristik tipdagi faoliyat hisoblanadi.
M a – V x – X x 
4. Agar faoliyatning maqsadi umumiy tarzda berilgan bo’lsa, vaziyatni ham, harakatni ham izlash talab etilsa, bu ijodiy tipdagi mahsuldor faoliyat hisoblanadi.
M u – V x – X x  ellipsoid
Faoliyatni o’zlashtirishning bu 4 darajasi bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllanishi bosqichlaridir. O’quv jarayonida va umuman ta’lim tizimida reproduktiv faoliyatdan mahsuldor faoliyat turlariga o’ta olish ta’lim samaradorligini oshiradi.
Oliy ta’limda reproduktiv ta’lim bilan chegaralanib qolish katta kamchilik hisoblanadi, chunki kasbiy tayyorgarlik talabalarda ijodiy yondoshuv, mustakqil fikrlash va muammolarni echimini tez topish kabi malaka va ko’nikmalarni shakllantirishni talab etadi. Bugungi kunda malakali kadrlarni etishtirish masalasi o’ta aktual muammodir. Biz talabalarni bilimlarni qaytarib aytib berishga emas, balki ana shu bilimlarga tayangan holda mustaqil xulosalar chiqarishga hozirda mavjud bo’lgan muammolarni echimini topishga o’rgatishimiz lozim. Bugungi katta axborotlar oqimi sharoitida bilimlarni qamrab olish emas, balki ana shu axborotlar oqimida obrazli qilib aytganda baliqdek harakatlana olishdek qobiliyatni shakllantirishimiz lozim. Buning uchun esa har bir mavzuni yoki hech bo’lmasa bir necha mavzuni reproduktiv o’zlashtirish jarayonidan mahsuldor o’zlashtirish jarayoniga qarab boruvchi harakatini ta’minlashimiz kerak bo’ladi. Ma’lum mavzu yuzasidan olingan reproduktiv bilimlar avval konstruktiv yondoshuvga, so’ngra esa ijodiy yondoshuvga o’zida asos bo’lsin.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling