Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
Kichik guruhchalar usuli.
Bu usulda guruh talabalari bir necha guruhga bo’linadi, har bir guruhda 4-5 tadan talaba bo’lishi mumkin. Har bir guruhning rahbari tayinlanadi. Ularga oldindan vazifa beriladi. Guruh talabalari seminarga birgalikda tayyorlanib o’z savollarini to’liq ochib berishga harakat qilishlari kerak. Boshqa guruhlar asosiy ma’ruzachiga savollar beradilar, savollarga guruhning talabalari javob berishda yordam beradilar. Asosiy ma’ruzachi himoyasidan so’ng opponentlar savolni yanada tuliqroq izohlab berishlari kerak. Uchinchi va to’rtinchi guruh talabalari o’zlarini fikrlarini bildirgach, tadqiqot olib borgan guruhga baxo qo’yib izoh berishlari kerak. Bunday usulda ish olib borish uchun guruhlarni tuzishda talabalarning bilimi teng bo’lishiga harakat qilish kerak. Guruh rahbari qilib yaxshi o’zlashtiruvchi talabalarni tanlash lozim. Bu usulda talabalarning mustaqil ishlashi, ijodiy yondashishi, kollektiv bo’lib ish bajarish kabi malakalari rivojlanadi. Talabalarning o’zaro munosabati chuqurlashadi va individual xususiyatlar namoyon bo’lishi ortadi. Ma’lum bo’limlar tugagach esa, bo’lim yuzasidan turli musobaqalar o’tkazish mumkin. Ekspress metodi, KVN metodi (Slaboe zveno), bo’sh zanjirlarini topish metodi, munozara metodi, muammoli vaziyatlar metodi va boshqalar. Iqtisodiy ta’limda masala, grafik va modellashtirishning ahamiyati. Iqtisodiy ta’limda ma’ruza va seminar darslarida iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlarni o’rganish turli masalalarni ishlash bilan birgalikda olib borilishi samaradorlikni oshiradi. Ma’ruza davomida 2-3 yillik qisqa muddatda ishlanuvchi masalalarni ishlash, seminar darslarda va uy vazifalarini rejalashtirishda esa bir oz murakkabroq masalalarni echimini topishga da’vat etiladi (Masalan: qo’shimcha qiymat qonuni). Sxema, grafiklar ayniqsa iqtisodiyotda keng qo’llanilishi kerak bo’lgan ko’rgazmali vosita bo’lib hisoblanadi. Chunki ular talabalar tasavvurini shakllantirishning xotirada ma’lumotlarni aniq saqlanib qolishiga yordam beradi. Ammo sxema va grafiklarni tuzishda o’zaro bog’liqlik, jarayonning izchilligi va eng muhim mantiqiylikka e’tibor qaratilishi kerak. Grafiklar jarayonning rivojlanishini o’zida to’g’ri aks ettirishi lozim. Shundagina ular talabga javob beradi. Sxemalar mantiqiylik va izchillik asosida tuzilishi va ish jarayonini aniq ko’rsatishi talab etiladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling