Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Download 1.04 Mb.
bet37/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

7.3. Didaktik uyinlarning turlari
Didatik o’yinlarni xarakteriga ko’ra bir qancha guruhlarga bo’linadi.
1. Psixotexnik o’yinlar. Bu guruh voqelikni imitatsiya qilishga emas, balki birinchi galda talabaning xotirasini, diqqatini, tasavvurini, fikrlash refleksini, malaka hamda ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o’yinlardir. Ular talabalarni qobiliyatlarini ochish va rivojlantirishga qaratilgan. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) kartochkalar bilan ishlash - ajratish yoki xhr bir kartochkani o’z joyiga joylashtirishni olish mumkin. Bu metod ko’pincha sxemalarni va guruhlanishlarni xotirada saqanib qolishi uchun va bilimlarni tekshirish uchun ishlatiladi.
b) press ekspress metodi – bunda 10-15 ta qisqa javob berish mumkin bo’lgan savollar tuzib, ma’lum vaqt oralig’ida javob berish talab etiladi. Masalan:
1. Beruniy qachon tug’ilgan?
2. U qanday asar yozgan?
3. Beruniy dinni inkor etganmi?
4. Qaysi didaktik printsipga asos soldi? Ushbu metoddan foydalangan holda talabalarning bilimlarini qisqa vaqt ichida tezgina tekshirish mumkin. Bu metoddan mavzuning muhim qismlarini, yillar, sonlar va faktlarini xotirada qanchalik saqlanib qolganligini aniqlash jarayonida foydalanish mumkin.
v) intervyu metodi - bunda talabalardan qisqa vaqt ichida biror mavzuga bag’ishlangan savollar tuzish talab etiladi. Birinchi guruh savollariga ikkinchi guruh talabalari javob beradilar. Berilgan savolga javob topilmasa, savol bergan guruhning o’zi ana shu savolga javob berishi talab etiladi. Uchtadan savol va javob faoliyati olib borilgach oldindan tayyorlangan hay’at a’zolari yoki o’qituvchi natijalarni e’lon qiladi va ularni tahlil etib komanda a’zolarini baholaydi. Bunda talabalar komanda bo’lib ishlashga o’rganadilar va yutqazib qo’ymaslik uchun o’z bilimlarini oshirib borishga harakat qiladilar. Bunday metoddan o’tgan mavzularni takrorlash jarayonida ham foydalanish juda qulay. Buning uchun talabalar oldindan ogohlantirilib qo’yilishi va berilgan mavzularni takrorlab kelishi talab etiladi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling