Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Muammoli ta’limni kullash mahorati


Download 1.04 Mb.
bet24/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

4.3. Muammoli ta’limni kullash mahorati
Muammoli ta’lim bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. U talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Bu esa bugungi axborotlar oqimi davri uchun o’ta muhim. Fikrlash refleksni, ijodkorlikni va qiziqishni rivojlantiradi. O’zlashtirilgan bilimlarni puxta bo’lishiga yordam beradi. Talabalarni faollashtiradi va kasbiy tayyorgarlikni mustahkamlaydi. Ammo bu ta’limning bir muncha chegaralanganlik tomonlari ham yo’q deb bo’lmaydi. Muammoli ta’limni tashkil etish va o’tkazish bir muncha ko’proq vaqt talab etadi. Barcha mavzularni bu usuldan foydalangan holda tashkil etib bo’lmaydi. Talabalar soni chegaralanadi. O’qituvchi differentsial va individual yondashuvni ishlab chiqmasa, ba’zi passiv talabalar chetda qolib ketadi.
Talabalar muammoli ta’limga tayyor bo’lmasa bu usulda o’quv jarayonini tashkil etish qiyin.

Muammoli ta’limning tuzilishi va mazmunga ko’ra



Maksad-x

Faoliyat ob’-
ekti – x

Faoliyat usuli-x

Faoliyat sharti-x

Muammoli ta’limning darajalari-talabalarning aktivlik darajasiga ko’ra.



1-daraja- o’z holicha stixiyali vujudga keluvchi muammoli vaziyatlar.

2-daraja- o’qituvchi faol, talabalar esa passiv holatda .

3-daraja- o’qituvchi va talabalar hamkorlikda ishlaydi.

4- daraja talabalar faol faoliyatda, o’qituvchi yo’naltiruvchi.

Muammoli vaziyatlar.



Favqulot-da holat



Nizo



Faraz
vaziyati

Inkor



Tanlash



Nomuttano- siblik



Namunalar.
Favqulotda vaziyat:
1. Buxgalteriya hisob-kitob so’mi tekshirilganda 10 000 so’m ko’proq pul miqdori chiqib qoldi. Ushbu vaziyatni qanday qilib echish mumkin?
2. Bug’doy omborida yong’in bo’lib, davlat ko’p miqdordagi bug’doyni yo’qotdi, bunday iqtisodiy holatdan chiqib ketish uchun qanday choralarni ko’rish maqsadga muvofiq?
Nizo vaziyati:
1. Korxona chet elga tozalangan yarim ishlov berilgan paxta yubordi. Mahsulotni chet elga etib kelguniga qadar sifatini buzilmasligiga bo’lgan javobgarlikni chet ellik portnyorlar o’z bo’yniga oldi. Lekin barcha ehtiyot choralariga qaramasdan mahsulotni sifati past ekanligi aniqlandi. Portnyorlar korxonadan past sifatli mahsulot yuborilgan degan ayblov kog’ozi yuborishdi. Ushbu nizoni qanday qilib hal etish mumkin?
2. Dehkonlar bilan normadan tashqari qolgan hosilni o’zlarining xohishlari bo’yicha ishlatishlari mumkin deb shartnoma tuzilgan edi, ammo hosil pishgan vaqtda uning hammasi olib qo’yildi. Dehqonlar va mahalliy hokimiyat o’rtasida nizoli vaziyat kelib chikdi. Bu nizoni qay yo’sinda hal etish mumkin?
3. Faraz qilaylik, O’zbekiston territoriyasi ochiq suv havzasiga bevosita chiqa olish imkoniga ega bo’ldi. Bu iqtisodiy rivojlanishda qanday o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
4. Faraz qilaylik, bank kompyuteriga virus tushib barcha ma’lumotlar o’chib ketdi. Bunday holatda qanday chora-tadbirlarni ko’rish muammoni echimini topishga yordam beradi.


Inkor vaziyati:
1. Iqtisodiy jihatdan bo’sh bo’lgan korxona chet ellik korxonalar bilan hamkorlikda ish olib borsagina o’zining iqtisodiy sharoitini tiklab oladi degan qarorni tahlil qiling va o’z echimingizni bering.
2. O’zbekistonda bugungi kunda «UST» ga a’zo bo’lishga tayyor degan qarorni talabalar inkor etishlari lozim.
Tanlash vaziyati:
1. Bugungi kunda pulning qadrsizlanishini oldini olish bo’yicha mavjud bo’lgan choralardan qaysi birini tanlash lozim.
2. Dehqonchilikda bugungi kunda qaysi mahsulotlarni etishtirish ma’qul?
Nomuttanosiblik vaziyati:
1. O’quv jarayonida o’rgangan bilimlarimiz amaliyotga to’g’ri kelmay qoldi bunday nomuttanosiblikning sababini aniqlang?
2. Iqtisodiy nazariyasidan bizga ma’lumki bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal bo’lishi kerak. O’zbekiston tanlagan yo’lda esa bozor munosabatlariga o’tish jarayonida davlat bosh islohotchi vazifasini bajaradi. Mana shu nomuttanosiblikni tahlil qiling?


Xulosa
Muammoli ta’lim amerikalik olim tomonidan 1894 yili asoslangan. Muammoli ta’limning mazmuni yangi mavzuni o’zlashtirish jarayonini muammolarni echimini topish orqali tashkil etishdan iborat. Bu jarayon tarbiyalanuvchilarning faoliyatini faollashtiradi. Talabalarda fikrlash refleksini rivojlantiradi, ularni mustaqil fikr yuritishga va muammolarni echimini tez topishga o’rgatadi.
Muammoli ta’limning to’rt darajasi ajratiladi. Muammoli ta’limni tashkil etishda muammoli vaziyatlarni tashkil etish lozim. Muammoli vaziyatlarni tashkil etish turlari bir qancha:
1. Favqulodda vaziyat.
2. Faraz vaziyati.
3. Inkor vaziyati.
4. Tanlash vaziyati.
5. Nizo vaziyati.
6. Nomuttanosiblik vaziyati.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling