Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Muammoli ta’limni qo’llash texnologiyasi


Download 1.04 Mb.
bet23/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

4.3. Muammoli ta’limni qo’llash texnologiyasi.

Muammoli ta’lim murakkabligiga ko’ra turli darajada bo’lishi, ya’ni tashkil etilishi mumkin. Bu talabalarning tayyorgarlik darajasiga, bilim darajasiga va fikrlash qobiliyatining rivojlanganlik darajasiga bog’liq holda tanlanadi.


Muammoli ta’limning birinchi darajasi – o’z holicha vujudga kelib qolgan muammolar bo’lib, turli dars tiplarida va turli vaziyatlarda surunkali holda vujudga keladi va o’z echimini kutadi.
Muammoli ta’limning ikkinchi darajasida – o’qituvchi tomonidan muammo vujudga keltiriladi va talabalar tomonidan echiladi. Bu holda talabalar muammoni echish usulini kuzatadilar va passiv holatda bo’ladilar. Ular muammoni echish malakasi bilan tanishadilar.
Muammoli ta’limning uchinchi darajasida – talaba tomonidan muammoli vaziyat tashkil etiladi va muammo o’rtaga tashlanadi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda echim topiladi. Bunda talabalar faol ishtirok etadilar va ularda mustaqil va ijodiy fikrlash refleksi rivojlanadi.
Muammoli ta’limning to’rtinchi darajasida - muammoli vaziyatni ham, muammoning echimini ham talabalar o’zlari tashkil qiladilar. Ular mavzudagi mavjud muammoni ko’ra olishga va uning echimini mustaqil ravishda topa olishga o’rganadilar. Bu muammoli ta’limning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Chunki talabalar ijodiy fikrlashga o’rganadilar. Bu holda talabalar o’ta faol holatda bo’ladilar. O’qituvchi esa kuzatuvchi va ba’zan yo’naltiruvchi sifatida maydonga chiqadilar.
Muammoli ta’limni tashkil etishga ko’pgina omillar ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi xohlagan vaqtida uni tashkil etish imkoniga ega bo’lmaydi. Muammoli ta’limni tashkil etish uchun, ayniqsa uchinchi, to’rtinchi darajasida alohida sharoit talab etiladi. Muammoli ta’limni tashkil etish uchun shart–sharoitlar quyidagilardan iborat:
1. Talabalar ma’lum bilimlar bilan qurollangan bo’lishi va ana shu bilimlardan foydalana bilishi lozim.
2. Talabalar muammoni echish malakasiga ega bo’lishi talab etiladi.
3. Tanlangan mavzu muammoli xarakterga ega bo’lishi talab etiladi.
4. O’qituvchidan mavzuni to’la o’rganish va muammoli vaziyatlarni ishlab chiqish talab etiladi.
5. Talabalar soni chegaralangan bo’lishi lozim.
Muammoli vaziyatlar mazmuniga ko’ra quyidagicha tavsiflanadi:
1. Maqsad noma’lum – uni aniqlash kerak.
2. Faoliyat ob’ekti noma’lum – uni aniqlash kerak.
3. Faoliyat usuli noma’lum – uni aniqlash kerak.
4. Faoliyatni bajarish shartlari noma’lum – uni aniqlash kerak.
O’quv jarayonida o’qituvchi muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish uchun ularni tashkil etish texnologiyasi bilan tanish bo’lishi kerak. Albatta bu vazifa mavzuning xarakteridan kelib chiqqan holda bajariladi. Muammoli vaziyatlarni quyidagi turlari bor:

  1. Kutilmagan favqulodda – hayratlanarli vaziyat.

  2. Nizo vaziyati.

  3. Faraz qilish vaziyati.

  4. Inkor qilish vaziyati.

5. Nomuttanosiblik vaziyati. (amaliy va nazariy bilimlarning bir-biriga tugri kelmasligi, yoki eski bilimlarning yangi bilimlarga to’g’ri kelmasligi.
6. Tanlash vaziyati.
7. Izlanuvchi va tadqiqot ishlari o’tkazish ham muammoli vaziyatlaridan bo’lib hisoblanadi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling