Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Download 1.04 Mb.
bet25/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

Tayanch tushunchalar: muammo, kompleks proekti, tadqiqot, muammo, inkor, nizo, favqulodda, faraz, vaziyat, bozor iqtisodiyoti.
Nazorat savollari:

  1. Muammoli ta’limni rivojlanish tarixiga izoh.

  2. Muammoli ta’limning qanday darajalarini bilasiz?

  3. Qanday muammoli vaziyatlarni bilasiz?

  4. Muammoli ta’limni tashkil etishda qanday omillarni hisobga olish kerak?

  5. Muammoli vaziyatlarga iqtisodiy mavzulardan misollar keltiring.

  6. Muammoli ta’lim texnologiyasining yutuq va kamchiliklarini ko’rsating.

  7. Muammoli ta’lim talabalarda qanday ko’nikma va malakalarni rivojlantiradi?

  8. Oliy ta’lim tizimida muammoli ta’limning ahamiyatiga izoh bering.

Adabiyotlar:


1. Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T.: TDPU, 2003.
2. Brushlinskiy A. V. Problemnoe obuchenie. M. 2000.
3. Ilinitskya I. A. Problemno’e situatsii i puti ix sozdaniya na uroke. M. 1995.
4. Saidahmedov N.Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot).T, 2003.
5. Saidahmedov N. Pedagogik amaliyotda Yangi pedagogik texnologiyalarni kullash namunalari.T.2000.
6. Ismoilova Z. (BMI). Iqtisodiyot fanlarini o’qitishda muammoli ta’limdan foydalanish. T .2005.
5- Mavzu: Diagnostika va differentsatsiya - pedagogik texnologiyalarning dastlabki pog’onasi sifatida

Reja:
5.1. Diagnostika va differentsatsiya haqida tushuncha.


5.2. Ichki differentsatsiya.
5.3. Differentsatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari.
5.4. O’qitishni individuallashtirish texnologiyasi.



    1. Diagnostika va differentsatsiya haqida tushuncha

Diagnostika – ya’ni tashxis qo’yish pedagogik jarayonning eng birinchi qadami hisoblanadi. Talabalarning bilim darajasi, ma’naviy rivojlanganlik darajasi o’rganilgandan keyingina keyingi rivojlanish dasturini tuzish haqida fikr yuritiladi. Bu maqsadda psixologik, pedagogik metodlardan foydalaniladi. Psixologik testlar talabaning shaxsiy xususiyatlarini va ma’lum qobiliyatlarini aniqlashga yordam beradi. Bilim darajasi fanlar bo’yicha testlar yordamida aniqlanadi. Pedagogik kuzatish ham xulosa chiqarishga yordam beradi. Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega. Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogik faoliyat tarixi bilan teng. Talaba bilimiga baho qo’yish, uni sinov va imtihon qilish, pirovard ish natijalarini belgilab olish boshlangan erda pedagogik diagnostika ham mavjud. Faqat farq shundaki, ibtidoiy va o’rta asr pedagogikasida bola bilimi hamda iqtidorini tashxisiy tahlil qilishning ilmiy asosi ishlab chiqilmagan edi. Pedagogik tashxis o’quv materialini bilish jarayonining asosini tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. Shu boisdan pedagogik tashxis :
- talabalarga individual ta’lim berishni jadallashtiradi;

  • davlat va jamiyatning ta’limga qo’ygan talablaridan kelib chiqqan holda talaba bilimini to’g’ri, adolatli baholashni ta’minlaydi;

  • ishlab chiqilgan ta’limiy mezonlar orqali talabani bilimini mutaxassislikka qo’yiladigan minimal talablarga javob berishini ta’minlaydi.

Pedagogik tashxis yordamida ta’lim-tarbiya jarayoni to’g’ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to’g’ri baholanadi. Demak, pedagogik tashxis orqali ta’lim ob’ekti, ta’limiy tushunchalar qay darajada o’zlashtirilganligi tahlil etiladi. Butun o’quv kursini, o’quv dasturini o’zlashtirish darajasi baholanadi.
Pedagogik tashxis muhim ahamiyatga ega, u o’quv-tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, ta’limiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni xolislik bilan belgilab beradi, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo’l ochadi va pirovard natijada ta’limning takomillashib borishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Pedagogik tashxis tarixiga nazar tashlasak, o’tgan asrlarda u faqat o’quvchi-talaba bilimini baholash orqali amalga oshirilgannini kuzatamiz. Unga 1864 yilda AQSh olimlari D.Fisher va R.Ress asos solgan. 1908 yildan boshlab esa, olim T.Stoun arifmetikadan test orqali talaba bilimini sinash tizimini tatbiq etgan.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling