Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Mavzu: O’qituvchining ota-onalar bilan ishlash mahorati


Download 1.04 Mb.
bet64/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

Mavzu: O’qituvchining ota-onalar bilan ishlash mahorati.
Asosiy savollar (masalalar):

  1. Oilada bola tarbiyalashning ilmiy-pedagogik asoslari.

  2. O’qituvchining ota-onalar bilan bola tarbiyasida xamkorlik kilish yullari.

  3. Jamoatchilik va ota-onalarni bolalar jamolari bilan tarbiyaviy ishlarga jalb etish.



Tayanch iboralar va tushunchalar.
Xalk pedagogikasi, oila yili, milliy tarbiya, Xalk universitetlari, ota-onalar lekitoriysi, ota-onalar majlisi, ota-onlar kumitasi, «bir bolaga etti maxalla – ota-ona», maxalla tarbiyasi, ijtimoiy muxit, oila etikasi, oilada ruxiy xolat.

  1. Oilada bola tarbiyalashning ilmiy-pedagogik asoslari.

O’qituvchining maqsadi:
Oilada bola tarbiyalashning ilmiy-pedagogik asoslarini tushuntirish. Xalk pedagogikasi namunalarida, islom ta’limotida, oilada, bolaga tarbiya berishning moxiyati kanday ifodalanganligi izoxlanadi.
Yoshlarda ota-onalariga, tugishganlariga mexr-muxubbatli bulish xissi shakllantiriladi.
Uz oilasi, maxallasi, maxalladoshlarini xurmat kilishga odatlantirish.


Identiv ukuv maqsadlari:



  1. Oilada bola tarbiyalashning ilmiy pedagogik asoslarini aniklab oladi.

  2. Oilaning milliy tarbiya berishdagi va yoshlarni komil insonlarga aylantirishdagi urnini ajratib kursatadi.

  3. Xalk pedagogikasi namunalari va islom ta’limotida oilaning bola tarbiyasidagi axamiyatini tekshirib kursatadi.

Oila paydo bulgunga kadar bola tarbiyasi ijtimoiy tarzda amalga oshirilar edi. Bola kabila yoki urugning a’zosi sanalib, shu tuplamning extiyoji va an’analari asosida kupchilik tomonidan tarbiyalangan. Inson ongli xayotining ma’lum bir boskichida oila paydo bulgan. Oila – er va ayolning birgalikda yashash, uzaro muxabbat kursatish, nasl koldirish, farzand tarbiyalash va jamiyatning bir bulagi sifatida faoliyat yuritish maqsadida tuziladigan ittifokidir. Oilaning paydo bulishi yoshlarga tarbiya berishda inkilobiy uzgarishlarni keltirib chikardi. Ijtimoiy tarbiyaga oila tarbiyasi kushildi. Ota-onaning uz farzandlari uchun beradigan tarbiyalari yoshlarning shaxs sifatidagi kamolotini tubdan uzgartirib yubordi. Sekin-asta tajriba tuplandi. Ayrim olimlar bu tajribalarni umumlashtirib, oilada bola tarbiyalashning nazariy asoslarini ishlab chikishga harakat kildilar.
Kup asrlar xalk ogzaki ijodi namunalari, urf-odatlar va an’analar asosida oilada yoshlarga tarbiya berib kelindi. Islom dini kirib kelishi bilan oilada bolalarga tarbiya kuchli nazariy asosga ega bulgan ta’limot asosida berib boshlandi.
Kur’on va Xadis tuplamlarida yoshlarga tarbiya berishning kat’iy koidalari aks ettirilgan bulib, ota-onalar uz farzandlarini shu koidalarga mos ravishda tarbiyaladilar. Oilada bola tarbiyalash xakida ilmiy-pedagogik asarlar paydo bula boshladi.
Unsurul-Maoliy Kaykovusning «Kobusnoma» asri otaning uz farzandiga maslaxat, ugit, nasixat tarzida berishga muljallangan tarbiyasining nodir namunasi xisoblanadi.
Imom Ismoil al-Buxoriy, Baxovuddin Nakshband, A. Navoiy, X.V.Koshifiy, Z.M.Bobur, A.Avloniy va boshka allomalar, uz asarlarida oilada bola tarbiyalashning ilmiy asoslarini ochib berganlar.
Buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy «Onalar maktabi» kitobida oilada bola tarbiyalashni pedagogik jixatdan ilmiy asoslashga harakat kildi.
A.S.Makarenko «Ota-onalar kitobi» nomli asarida oilada bola tarbiyasining nazariy va amaliy tomonlarini batafsil yozishga kirishgan edi.
Professor A.Munavvarov «Oila pedagogikasi» nomli kitob yozib, unda xozirgi sharoitda oilada yoshlarga tarbiya berishning muammolari va istikbollarini kursatib bergan.
Ota-onalarning uz xayotlari, turmush tarzlari, bola shaxsida ilmiy dunyokarash asoslari, ma’naviy, axlokiy, nafosat, mexnat va boshka insoniy fazilatlarni shakllantirish mkaksadida tizimli ta’sir kursatish jarayoni oilaviy tarbiya xisoblanadi.
O’qituvchi-tarbiyachi, xalk ta’limi xodimlari, keng jamoatchilik oilaviy tarakkiyotni xisobga olgan xolda oilaviy tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini pedagogik jixatdan tugri izoxlashi va tegishli umumiy tavsiyalar berishi lozim. Ikkinchi tomondan esa, yangi mustakil davlatimizning shaxs tarakkiyotiga kursatayotgan pedagogik ta’sirini aniklash, kelgusida kutiladigan natijalarni chamalab olish xam lozim.
Uzbekiston sharoitida oilaviy tarbiya mazmuni tashkil etilishiga oid pedagogik omillar mavjudki, bularni xisobga olish oilada yoshlarga beriladigan tarbiyaning ilmiy asoslarini belgilaydi.
Oilada uzaro xamkorliq uzaro yordam, bir-biriga ishonch xolati mavjud ekan, bunday oilada rostguy, samimiy, urtoklariga doimo yordam berishga tayyor bulgan shaxs kamol topadi. Uzida odobli insonga xos fazilatlarni mujassamlashtirgan kishilarning oilalarida doimo samimiy xurmat karor topadi. Jamiyatimizdagi har bir tulakonli shaxs bolalarning tarbiyachisi bulishi, yangi insonni har tomonlama kamol toptiruvchi barcha xolatlarda, sharoitlarda ishtirok etishi lozim. Atokli pedagoglar tarbiyani maqsadga muvofik tashkil etish shart-sharoitlaridan biri, ota-onalarning savodxonligida deb xisoblagan edilar. Masalan, Abdulla Avloniy uzining «Turkiy guliston yoxud axlok»- asarida: - «Tarbiyani kimlar kilur? Kaerda kilinur? -degan savol keladur. Bu savolga birinchi uy tarbiyasi, bu ona vazifasidir. Ikkinchidan maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va xukumat vazifasidur»- deb ezgan edi. Ammo usha davrda ota-onalarning savodxonligi past ekanligini kursatib, oila tarbiyasining samarali bulishi uchun ota-onalarning savodxonlikka erishishi zarurligini kursatgan edi. XX asr boshlarida kuzatilgann bu xolat asr oxiriga kelib tubdan uzgardi. Ota-onalar savodli bilmdon bulishlari bilan birga. Etuk insoniy fazilat egalari darajasiga kutarildilar.milliy va umuminsoniy tarbiya berishning ta’sirchan vositalari, usullari va shakllari bilan kurollandilar.
Bola maktabga kelgunga kadar xam, maktabda ukish davrida xam, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyokarashi, xulki va didiga ta’sir kursatishi tabiiy xoldir.ota-onalarning bola tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari- bolalar sogligin saklashdir. Gigiena talablariga rioya kilinishi, bola sogligining yaxshi bulishi- ukishdagi muvaffakiyatlarining garovi xisoblanadi. Ayniksa, ota-onalar uzlarining mexnat faoliyatlar, xulk-atvorlari bilan namuna bulishlari lozim.
1998 yilning oila yili deb e’lon kilinishi oila xayotining abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, mukaddas urf-odatlarimizni saklaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar kanday inson bulib etishishiga bevosita ta’sir kursatadigan tarbiya uchogi ekanligini yana bir bor namoyish etdi.
Uzbekiston Respublikasi «Ta’lim tugrisida»gi konunining 30 moddasida «Voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki konuniy vakillari bolaning konuniy xukuklari va manfaatlarini ximoya kilishlar shart, xamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy urta, urta-maxsus, kasb-xunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar»-deb belshilab kuyilgan..
Jamiyatimizda yuz berayotganxayotiy uzgarishlar, istikbollar nuktai-nazaridan kelib chikib, bola tarbiyasida oilaning vazifalarini kuyidagicha ifodalash mumkin:

  • oilada soglom muxit bulishi, milliy rux va uzbekona turmush tarzini xisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama urnak bula olishi, farzandda ota-onasiga, vataniga muxabbat tuygusini shakllantirish, uzaro gamxur bulish;

  • oilada xukukiy tarbiyani yaxshilash;

  • farzandlarga chukur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifiy va ma’naviy, madaniyatli bulib etishishlarini ta’minlash;

  • bolalar bush vaktlarini pedagogik nuktai nazardan kelib chikib, unumli tashkil kilish;

  • farzandlarda mavjud bulgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish;

  • ota-onalar uzlarining pedagogik va psixologik bilimlarini doimo oshirib borishga mas’uldirlar.

  • Ota-onaning farzand oldidagi burchi uzbekona ta’bir bilan aytganda, kuyidagicha ifodalanadi: farzandga yaxshi nom kuyish, yaxshi muallim kuliga topshirib savodini chikarish, ilmli, kasb-xunarli, boshini ikki va uyli joyli kilshdan iboratdir.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling