Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Download 1.04 Mb.
bet56/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

Adabiyotlar ruyxati:

  1. Juraev. N. Agar ogox sen… T. 1998.

  2. Ochil.S. Mustakillik mafkurasi va tarbiya asoslari. T. 1954.

  3. Verb. M.A. Kutsenko. V.G. Pedagogicheskaya texnika. M.1974.

  4. Osnovo’ pedagogicheskogo masterstva. Pod redaktsiy I.A.Zyazyuna.M.,1989.

  5. Gaybullaev N. Va boshkalar Pedagogika . ma’ruzalar matni. T.2000.

Mavzu: O’qituvchining dars jarayonidagi mahorati.

2 –soat ma’ruza.


Asosiy savollar (masalalar).

  1. Sinfda pedagogik xamkorlik urnatishning xususiyatlari.

  2. O’quvchilarning bilim olish jarayonining samaradorligini oshirish.



Tayanch iboralar va tushunchalar.
Pedagogik xamkorliq bilim olish, samaradorliq pedagogik faoliyat, madaniyat, didaktik printsiplar, izchilliq tizimiyliq ta’lim vositalari.



  1. Sinfda pedagogik xamkorlik urnatishning xususiyatlari.



O’qituvchining maqsadi:
Sinfda o’quvchi va o’qituvchi xamkorligining xususiyatlarini talaba-larga tushuntiradi. Talabalarni o’quvchilar bilan xamkorlik kilishga urgatish bilan birga pedagoglik kasbiga kizikish uygotadi.


Identiv ukuv maqsadlari:
1. Sinfda pedagogik xamkorlik urnatishning xususiyatlarini tushuntiradi.
2. Sinfda pedagogik xamkorlikning moxiyatini asoslab beradi.

Dars jaraenida o’qituvchi oldida muxim vazifalar etadi.: o’quvchilarni darsga jalb kila olish, ularga uzlari bajargan tonshiriklarni samarasini kursata olish, komillikka undash va rivojlantirish.


Pedagogik xamkorlik ana’naviy usullardan fark kilgan xolda o’qituvchi va o’quvchi birgalikdagi mexnati orkali bilim olishga jalb etishni kuchaytiradi. Pedagogik xamkorlikning moxiyati shundan iboratki u ijtimoiy xaet, tuzim uzgarishi bilan yangilanib takomillashib boradi. Pedagogik xamkorlik bilim olishda o’quvchilarni erkinligi va uz ixtieriga ega bulishini koidasiga tayanadi. Pedagogik xamkorlik o’quvchilarni oldi-lariga kuyilgan maqsadlariga erishishga urgatadi.ularni uz ustida ishlash va uzini-uzi taxlil kilishlariga undaydi. Pedagogik xamkorlik jaraenida o’quvchi uzini sinfning ajralmas bir kismi ekanini xis kiladi. Mahoratli o’qituvchi, har bir o’quvchi darsda o’z-o’ziga topshirik bera olishiga, uz baxosini uzi belgilashiga erishadi.
Zamonaviy dars faqat usuli, shakli, mazmuni bilan chegaralanib kolmaydi. Zamonaviy dars maqsadi bilim, tarbiya va rivojlantirish kirralariga erishishdan iboratdir. Bunda o’quvchi va o’qituvchining xamkorlik faoliyati muxim urin tutadi.
O’qituvchi dars jaraeniga tayergarlik kurishida ta’lim vositalaridan unumli foydalanishi kerak. Zamonaviy dars samarali o’qituvchidan siesiy, iktisodiy, ma’naviy, psixologik-ijtimoiy, pedagogik jixatdan tayyorgarlikni talab etadi. Darsga tayyorgarlik mahoratli o’qituvchidan har doim ukuv darsliklar, psixologik-pedagogik va metodik harakterga ega bulgan kitoblarni ukishni talab etadi. Bulardan tashkari dars uchun taallukli adabiyotlar ruyxati kursatkichiga ega bulish kerak. Nafaqat ilmiy-metodik kitoblar, o’qituvchi uchun adabiy kitoblar mazmuni bilan tanishish mahoratli o’qituvchi dars samarasini oshiradi.
O’qituvchi darsining samarasini oshirish uchun har xil maxsus diafilm, kinofilm va tasvir ifodalovchi tasmalar muxim urin tutadi. Har bir dars tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarni uz ichiga oladi.
Tarbiyaviy maqsad.- o’quvchilarni dunekarashlarini shakllantiradi, ijtimoiy-siesiy uzgarishlar bilan tanishtiradi, ularni vatanga muxabbat, etuk va komil inson bulib etishida axlokiy fazilatlani egallashga karatilgandir.
Ta’limiy maqsad- o’quvchilarda ukuv dasturida belgilab kuyilgan bilim, ko’nikma, malakalar xosil kilishdan iboratdir.
Rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarda mustakil fikrlashni rivojlan-tirishni, kiyinchiliklarni bartaraf eta olishni va ukuv jarayonida olgan bilimlarining asosini aniklay olishdan iborat.
O’qituvchi uz darsining muallifi xisoblanadi. Darsni kay darajada tashkil kilish, uning nafaqat bilimi , balki mahoratiga xam boglikdir.
Mahoratli o’qituvchi uz darsini tashkil kilishda kuyidagi elementlarga e’tibor berishi kerak:

  • davlat tomonidan belgilab kuyilgan dasturga mosligiga;

  • ukuv materiali zamon talabiga va o’quvchilarning rivojlanish darajasiga mos kelishiga;

  • o’qituvchining ma’naviy xolatiga mos bulishiga;

  • ukuv materialining utilgan darslar bilan boglikligiga;

  • ukuv materialining sinf psixologiyasiga mosligiga.

Darsning samaradorligini oshirish uchun o’qituvchi dars metodikasini va texnikasini chukur egallashi lozim. Darsda o’qituvchining mahorati uning darsga bulgan talabi , tayyorgarligi darajasi bilan belgilanadi. Eng avvalo darsning maqsadi, dars jarayonida bajariluvchi anik vazifalarni belgilab olish zarur.
Darsning maqsadi: tarbiya beruvchi, ta’lim beruvchi kobiliyatlarni ustirish vazifalarini uz ichiga oladi. Darsning maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun darsni kay turda olib borishini aniklash lozim. Zamonaviy dars tashkil etishning asosiy koidasi kuyidagicha: maqsadni aniklash, maqsadga muvofik ukuv materialining mazmunini aniklash, ta’lim jarayonida vazifalarning tuzilishi, tugri keladigan ta’lim metodini tanlash, o’quvchi va o’qituvchi faoliyatini tugri tashkil kilish, dars turi va uning tizimini aniklash. Anik dars tuzilishi asosida dars rejasi tuziladi. Tuzilgan rejaga asosan darsga konspekt yoziladi. Darsning samarali va maqsadga muvofik utilishi, olib borilishi uchun utkaziladigan mavzu tugri usul tanlash kerak. Utiladigan dars samarali bulishi uchun o’qituvchi noan’anaviy darslardan foydalanishi mumkin. Dars sifatini an’anaviy tartib orkali aniklash mumkin: surash, tushuntirish, mustaxkamlash va uyga vazifa.
Lekin dars didaktik talablarga javob berishi uchun kuyidagi didaktik kategoriyalarni taxlil kilishimiz va ularga javob topishimiz kerak

  1. Darsning didaktik printsiplarga, ukuv tarbiyaviy jarayon talablariga javob berishi.

  2. Darsning borishi va natijasi ukuv dastur va didaktik maqsadga muvofikligi.

  3. Darsning didaktik vazifasi va o’quvchi oldiga kuyilgan bilim, ko’nikma, malaka va yangi bilimlarni uzlashtirish maqsadiga erishildimi?

  4. Darsning izchilligi va tizimiyligiga erishildimi?

  5. Darsda kurgazmali kurollar, zamonaviy uskunalar maqsadga muvofik amalda kullanildimi?

  6. Bu darsni xayot bilan boglikligining axamiyati nimada?

Bu mezonlar o’qituvchida ta’limni, darsni bir kolibda emas, balki yangi zamonaviy pedagogik texnologiya asosida olib borishga undaydi.
Eng avvalo o’qituvchi darsda akliy faoliyatni boshkara olishi lozim, ya’ni o’qituvchi uz darsini o’quvchilar uchun kizikarli kilib tashkil kila olishi kerak dars kanchalik kizikarli utsa, o’quvchilarda darsda berilgan materiallarni uzlashtirish oson kechadi.
Dars jarayonida o’quvchilarga savollar bilan murojaat kilish uchun o’qituvchi savolning tugri tuzilishiga axamiyat berish kerak. O’qituvchi tuzgan savolga o’quvchi javob izlabgina kolmay, balki ulardan fikrlash doirasining, dunyokarashining kengayishida baxra olishi lozim.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling