«pedagogika va psixologiya» kafedrasi


Download 95.31 Kb.
bet35/36
Sana21.01.2023
Hajmi95.31 Kb.
#1105929
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
O zbekiston-respublikasi-xalq-ta limi-vazirligi-navoiy-davlat-pe

Taqrizchi: M.M.Qodirova
Navoiy davlat pedaogika instituti
“Psixologiya” kafedrasi katta o`qituvchisi
Saylxonova Mahliyo Ramazonovananing “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublari” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishiga

TAQRIZ


Ta`lim muassasalarida psixologik xizmatning joriy etilishi ta`lim tarbiya jarayonini psixologik jixatdan taminlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bu jarayonda psixologik xizmatning o`rni beqiyosdir. Buni ushbu xizmatga o`quvchi yoshlar pedagog xodimlar va ota-onalarning qiziqishlari ortib borayotganligida yaqqol ko`rish mumkin. O`quvchilar, talabalar, amaliyotchi psixologlarga, asosan o`zlarining shaxs xususiyatlarini, irodaviy sifatlari, xistuyg`ulari, o`z-o`zini boshqarish imkonoyatini, intelektual saloxiyat darajasini, psixodiagnostik uslublar yordamida aniqlash va o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish, rivojlantirish, kasbga yo`naltirish, shaxslararo munosabatlardagi muamolarni hal etish masalalari bo`yicha murojat qilishadi. Pedagoglar esa bolalar o`quvchi yoshlarda uchraydigan o`qish malakalari, ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, intelektual taraqqiyot, shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sababini aniqlash, o`quvchi-yoshlarning o`qishga nisbatan motivasiyasini oshirish, ularga samarali pedagogik-psixologik ta`sir etish yo`llari haqida psixologik maslaxatlar olishni va o`quv-treninglarida qatnashishni xoxlashadi. Ota-onalar bolalarni to`g`ri tushinishi, ular bilan ishonchli munosabatlar o`rnatish masalalariga ko`proq qiziqadilar.
Darhaqiqat, talaba M.R.Saylxonova tanlagan bitiruv malakaviy ishi juda qiziqarli va dolzarb mavzu hisoblanadi va u bu mavzuga sitqidildan yondashib, uni o’rganishga harakat qilgan. Haqiqtdan ham maktab amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublarini o’rganish, tadqiq etish zarur va dolzarbdir.
Shu nuqtai nazardan talabaning bu izlanishi alohida dolzarbligi bilan ajralib turadi.
M.R.Saylxonova muammoga oid ilmiy manbalarni yetarli darajada o’rgangan va tahlil qilib chiqqan.
Bitiruv malakaviy ishining muvaffaqiyatidan tashqari ba’zi kamchiliklar ham bor. Ular quydagilar:

  1. Bitiruv malakaviy ishida tavsiya qilingan metodikalardan tashqari, yangi metodikalar ham kiritlsa maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi.

  2. Ishda orfografik xatolar bor, ularni bartaraf etish lozim.

Saylxonova Mahliyo Ramazonovananing “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi barcha talablarga mos keladi va himoya qilish uchun tavsiya etaman.

Download 95.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling