Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
R.Ergashev darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayon
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar: 1. Interfaol ta’limning zaruriyati nimada? 2. Individuallashgan ta’lim deganda nimani tushunasiz? 3. An’anaviy sinf-dars tizimi deganda nimani tushunasiz? Ta’lim modelini tushuntirib bering. 4. Interfaol darslarning shakllarini sanab bering. 2.3.Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayon Bola maktabga qabul qilinishi bilan o‘qish etakchi faoliyatga aylanishi zarur bo‘ladi. O‘qish o‘yindan farqli o‘laroq majburiylik kasb etadi, u aniq maqsadga qaratilgan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan hamda tizimga solingan faoliyat turi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda bolalarni o‘qitish jarayonida ham o‘yinlardan foydalaniladi, lekin endi ular o‘qish, o‘qitish vazifalari bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘yinning maqsadi, turi, tashkil etish sharoitlari ham o‘zgaradi. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning o‘qish faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi o‘qish jarayoniga, ya’ni harakatlarni bajarish usullariga alohida e’tibor beradi. Chunki o‘qishning pirovard maqsadi muayyan bilim va malakalarni egallab olishdangina iborat bo‘lmay, balki kelgusida ishlab chiqarish, fan yoki insonlar bajaradigan boshqa ijtimoiy faoliyat turlarining murakkab muammolarini hal qilishda kerak bo‘lgan mustaqil ravishda bilim olish mahoratini o‘zlashtirish hamdir. O‘qishning dastlabki kunidanoq kichik maktab yoshidagi o‘quvchining psixik o‘sishini harakatga keltiradigan turli ziddiyat, qarama-qarshiliklar, ichki ixtiloflar vujudga keladi. Bular zamirida o‘quvchining psixik kamolot darajasidagi, ijobiy xislatlar bilan talablar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiz o‘sishini taqozo etadi va shu jarayonning uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi. 65 Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining muhim xususiyatlaridan biri unda o‘ziga xos ehtiyojlar mavjudligidir. Mazkur ehtiyojlar o‘z mohiyati bilan muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o‘quvchining shaxsiy istagini o‘zida aks ettiradi. Bu ehtiyojlar o‘z sumkasiga, dars tayyorlash burchagiga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg‘usini his etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Sinfdagi o‘rtoqlari bilan qatorlashib saf tortib yurishlar, birgalashib o‘ynash, oshxonaga borish, o‘qituvchining o‘gitlari ham o‘quvchini o‘ziga rom etadi. Umuman, kichik maktab yoshidagi o‘quvchi o‘qishning tub mohiyati va vazifasini tushunib etmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi. Birinchi sinf o‘quvchisida o‘qish jarayonining aynan o‘ziga qiziqish ko‘zga tashlanadi. Maxsus tadqiqotlarda o‘quvchilar bilan keraksiz mashqlar o‘tkazilgan va ularga oldindan bu mashqlar keyinchalik kerak bo‘lmasligi aytilgan, lekin o‘quvchilar ularni bajonidil bajarishga kirishavergan. O‘quvchining xususiy faoliyatda erishgan dastlabki muvaffaqqiyati uni boshqa natijalarni egallashga undaydi. Uning o‘qish faoliyatidagi birinchi mehnat mahsuli shodlik va quvonch his-tuyg‘ularini paydo qiladi. Masalan, ayrim o‘quvchilar u yoki bu matnni bir necha marta o‘qishga harakat qiladi. O‘qish faoliyatiga qiziqish, uning mazmuniga ham qiziqishni vujudga keltiradi, bilim olish ehtiyojini tug‘diradi va o‘qish motivlarini tarkib toptiradi. Barkamol etuk shaxsni tarbiyalash, Respublikamizda kadrlar tayyorlashni davr talablari darajasiga ko‘tarish, ta’limning rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mexanizmini yaratish, uning mazmunini takomillashtirish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardagi ta’lim-tarbiya jarayoniga bo‘lgan munosabatni, qarashlarni shakllantirish kabi masalalar qamrab olgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan uning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bo‘limida ta’lim oluvchilardagi layoqatni ma’lum shart- sharoitlar asosida qobiliyat darajasiga ko‘tarish zarurati alohida qayd qilinadi. 66 Bugungi kunda ularga keng imkoniyatlar yaratish, mazmunli dastur asosida o‘qitish darsga va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga jalb qilish muhim vazifa ekanligi ko‘rsatilgan. Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarda ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi tez-tez tilga olinmoqda. Ta’limning hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bilan uzviy hamkorlikda rivojlanishi zarurligi davlat ta’lim siyosatining ustuvor g‘oyalardan biridir. Shuning uchun ham ta’limni rivojlantirishda integratsiyadan unumli foydalanish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Integratsiya – ayrim bo‘laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo‘shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling