Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
R.Ergashev darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “qoniqarli” (uch)
“a’lo” (besh) – dastur talablariga to‘liq hajmdagi bilimlarni egallagan
o‘quvchiga qo‘yiladi; “yaxshi” (to‘rt) – dastur talablarini to‘la hajmda arzimas kamchiliklar bilan (masalan, materialni bayon etish mantiqi buzilgani va boshqalar) o‘zlashtirgan o‘quvchiga qo‘yiladi. “qoniqarli” (uch) – o‘quvchining bilim darajasi juda past bo‘lib, unga keyingi materialni o‘rganishida ilgarilashiga yordam beradigan bilim hajmiga qo‘yiladi; “qoniqarsiz” (ikki) – o‘quvchi o‘zidagi juda past bilimi bilan ilgarilashiga qodir bo‘lmasa qo‘yiladi; “yomon” (bir) - baho o‘quvchi hech narsani bilmaganda qo‘yiladi. Bu so‘nggi baho juda kam qo‘llanib, uning mazmuni deyarli “ikki” bahoga tengdir. 83 Bilimlarni baholashda xolislikni (obyektivlikni) saqlagan holda, ba’zi holatlarni ham nazarda tutish lozim: masalan, joriy yoki yakuniy bilimlar baholanadi (yozma ish, chorak bahosi va b.); - o‘quvchining intilishi, uning o‘quv ishlaridagi barqarorligi va h.k. O‘quv fanining xususiyatlarini, ba’zi bo‘limlar, ularning aloqadorligini o‘zlashtirish holatini nazardan qochirmaslik zarur. O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashning an’anaviy tizimi jiddiy nuqsonlarga ega, negaki u ta’limiy, tarbiyaviy, diagnostik va rag‘batlantirish funksiyalarini zarur darajada amalga oshirmaydi. Modomiki, shunday ekan, undan voz kechish yoki uni yanada takomillashgan shakliga almashtirish maqsadga muvofiq emasmikan? Ehtimol, bahoning jazolash vazifasidan xalos bo‘lgan o‘quvchilar yaxshiroq o‘qish va ta’limiy burchlariga ancha vijdonan munosabatda bo‘lar edilar. Bugungi kunda o‘quvchilarning o‘zlari bahoga qanday munosabatda bo‘lyaptilar? Boshlang‘ich sinflardagi o‘quvchilarning 98 foizi baho saqlanishi zarurligini aytadi. Bahoni bekor qilish o‘qitishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga, o‘qitishni ichki shakllantirishga yordam beradi, degan fikr ham o‘zini oqlamadi. O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyatini baholash zarurligini qayd etganlar soni boshlang‘ich maktabdagidek bo‘lishiga ishonamiz, albatta. Baholarni bekor qilish maqsadga muvofiq emasligi bir qiziq psixologik tadqiqotdan ham ma’lum. Amerikalik psixologlar o‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga baho ta’sirini aniqlashga qaror qildilar. Eksperiment maqsadiga ko‘ra, bir sinfda o‘quvchilar muayyan vaqt davomida javoblarining aniqligi va to‘liqligiga e’tibor qilmay, faqat maqtaldi. Boshqa sinfda faqat tanqid qilindi, uchinchisida esa biron-bir baho berilmadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bilish faoliyati maqtalgan sinflarda eng yuqori yutuqlarga erishilgan, eng yomon natija o‘quv faoliyati tanqid qilingan sinfda emas balki bilish faoliyati sira baholanmagan sinfda vujudga keldi. O‘qituvchining o‘qitishga bo‘lgan havasi qanchalik ko‘p bo‘lmasin, bilish faoliyatining ichki motivlari qay darajada shakllangan bo‘lmasin, u hamisha tashqi motivlashtirishga, tashqaridan maqtash va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladi. 84 Bola ko‘z o‘ngida o‘qituvchi qanchalik ahamiyatli, obro‘li bo‘lsa, uning maktabda, asosan, baholash va baholarda aks etuvchi maqtovlari shunchalik qadrli va ahamiyatli bo‘ladi. Pedagogik baholash bilimni dastur talablari va ta’lim andazalariga qiyoslab aniqlabgina qolmay, balki o‘quvchilar bilim faoliyatini motivlashtiradi va rag‘batlantiradi. Yuqoridagilardan xulosa shuki, bahoni bekor qilish pedagogik jihatdan ham, psixologik jihatdan ham o‘zini oqlamaydi. Bunday qator kamchiliklari bo‘lsa-da, besh ballik baho tizimiga muqobil xili topilganicha yo‘q. Shuning uchun gap uni takomillashtirish, o‘quvchilar bilimini baholashda xatoga yo‘l qo‘ymaslik haqida borishi kerak. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling