O‘qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorijlik
olimlar hamda mutaxassislarning bilim va tajribalarini qo‘llash, zamonaviy o‘quv
qurollaridan foydalanish e’tiborda tutiladi. Bunda turli o‘quv manbalaridan
foydalanish, talabalarni axborot bilan ta’minlash, bu axborot esa o‘z navbatida,
butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan
axborotlardan foydalanish talaba va o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari
uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
O‘qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta’lim jarayonining standart holda
jamlanishi, o‘qituvchi (pedagog)larning bilim darajasini oshirish majburiyatini
yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasining ko‘tarilishiga
yordam beradi.
Erkin va standartlatirilgan ta’lim berish jarayonining ta’minlanishi, uzluksiz
monitoring imkoniyati, o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri nazorat qilinishi va
boshqarilishi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va o‘quv yurtlari tomonidan
o‘qituvchi va talabalarning bilim saviyasining tekshirilishi (ta’lim jarayonida
talaba va o‘qituvchilarning harakatlarini nazorat qilish, bunga talabaning faolligi
va o‘qituvchi ishining unumliligi, talabalarni attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq
amallar ham kiradi) masofaviy ta’limda ham yo‘lga qo‘yilishi shart.
O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimlarining
samaradorligini oshirishda ham bunday tadbirlar amal qiladi.
O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‘ullanish mumkinligi,
qulay joyda va qulay tezlikda o‘quvchi-talabalarning bilim qabul qilishining turli
shakllarini qo‘llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko‘rgazmali
vositalarni joyida qo‘llash, axborot va bilimlarni etkazishda ko‘rgazmali, amaliy
va boshqa metodlardan unumlifoydalanish ikoniyatlarining mavjudligi ta’limning
ushbu shakli egiluvchanligini ifodalaydi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |