Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

Texnologiya-
lari 
Tashkiliy-faoliyat o’yinlari. Refleks – innovatsion amaliyot mual-
liflik kontseptsiyalarini o’rganish. Mualliflik dasturlarini tuzish. 
Innovatsion turdagi o’quv yurtlarida amaliy ishlar, turli xil malaka 
oshirishda ishtirok etish. Pedagogik ustaxonalar.
Daraja 
Psixologiq tayyorgarlik metodologik tus oladi, refleksiv-analitik 
mahorat yuqori mas`uliyat, ijodiy faoliyat rivojlanadi. 
Ilgari aytilganidek, muhokama qilinayotgan texnologiyalarni tatbiq etish 
innovatsion sharoit maktab muammolarini dolzarblashtirishdan boshlanadi. Buning 
asosi innovatsion pedagogika bo’lib, u talabalarni innovatsiya asosiy bo’limlari 
bilan tanishtiradi. Bular: neologiya, aksiologiya, varaksiologiya. Bu kursning asosiy 
vazifasi – faqatgina o’qituvchi innovatsion faoliyatining sabab, omil, to’siqlarini 
ochib berish emas, balki yangilikni qabul qilish uchun psixologik tayyorgarlikni 
yuzaga keltirish, pedagogik innovatsiyalarni qabul qilishni ham rivojlantirdi. Ijodiy 


95 
faoliyat psixologik qonuniyatlarini echish, izlash, tanlash mexanizmini o’rganish, 
treningli ta`lim sharoitida amalga oshiriladi. Dasturning asosi shaxsning o’zini 
ijodiy rivojlantirish tamoyilidan iborat. Qachonki sub`ekt o’z faoliyatida faqatgina 
namoyon bo’lib va ko’rsatibgina qolmay, balki ijodkorlik qilsa va aniqlasa, uning 
faoliyati yo’nalishiga qarab uning o’zini aniqlash va shakllantirish mumkin. (S. 
L.Rubinshteyn). 
Innovatsion pedagogika asoslari bo’yicha dasturning asosiy bo’limlari 
“innovatsiya”, “yangilik”, “ta`limning innovatsion jarayonlari”
“o’qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishi”, “yangilik kiritish 
texnologiyasi” tushunchalarini ochib berishga mo’ljallangan. 
Ushbu kursda o’ziga hoslik sifati bilan ajralib turuvchi, pedagogik g’oyani 
ta`riflashga boshqacha mualliflik yondoshishi bilan ajralib turuvchi o’ziga hos 
varkativ ta`lim modellari o’rganiladi. 
Eng avvalo ommaviy pedagogik harakatlar, gumanistik pedagogik 
rivojlanishiga turtki bergan kontseptsiya va ta`lim nasihatlari o’rganib chiqiladi, 
Talabalar turli o’quv yurtlarini o’rganadilar, ularning maqsadi, tashkiliy tizimi 
o’ziga hosligi, ta`lim va tarbiya mazmuni, ular ishlari amaliy tajribalarini tasvirlash 
bilan shug’ullanadilar. 
Asosiy e`tibor mualliflik dasturi, ta`lim va tarbiya kontseptsiyalari yaratish 
darajasida pedagogik tajribalar ishlab chiqish va o’tkazish texnikasiga qaratiladi. 
Talaba amaliy faoliyati kontseptsiyalarini o’rganish, qoida, me`yoriy-huquqiy 
hujjatlar bilan haqiqiy muqobil o’quv yurtlari bilan tanishish kabi ishlar olib 
boriladi. Bakalavriat ayni magistraturada bo’lajak pedagoglar shu kabi kontseptsiya 
ishlab chiqish bo’yicha ijodiy jamoaga jalb etiladilar. Kurs dasturi 70 soatga 
mo’ljallangan bo’lib 10 ta nazariy bo’limlardan iborat va ma`ruza, seminar va 
laboratoriya mashg’ulotlar mustaqil tadqiqot ishlarini tashkil etishni ko’zda tutadi. 
Ma`ruza mashg’ulotlarida innovatsion pedagogika asosiy muammolarini yagona 
tushunishini ta`minlovchi, keyingi mustaqil ishlari uchun metodologik va ilmiy 
asoslar yaratuvchi eng umumiy nazariy savollar o’rganiladi. 


96 
Kursni yanada o’rganishni belgilaydigan muhim nazariy bo’lim, innovatika 
asosiy qoidalariga bag’ishlangan bo’lib hisoblanadi. 
Ta`limda yangiliklar kiritish mohiyati nimadan iborat? Ularni qanday tahlil 
qilish kerak? Shu tariqa kurs boshlanishidan asosiy kontseptual g’oyalar, innovatika 
qoidalari ko’rib chiqiladi, innovatsion jarayon qilish ba`zi metodlari va bu 
jarayonga ta`siri bayon etaladi. Bu keyingi mustaqil ishlari uchun vazifa qo’yish 
imkonini beradi, seminar mashg’ulotlari innovatsion pedagogika asosiy g’oyalarini 
tushunishga bolalarni tarbiyalash va o’qitish modellarining muqobil turlarini 
o’rganish asosida analitik mahorati kontseptual yondoshishni yuzaga keltirish 
nazariy bahslardan iborat bo’ladi. Seminar mashg’ulotlarida turli kontseptsiyalarni 
tahlil asosida muqobil ta`lim ba`zi modellariga daliliy baho berdilar. Laboratoriya 
mashg’ulotlari talabalarning innovatsion turdagi maktablarda ishlashga 
tayyorgarligini yuzaga keltirish yangilikni ishlab chiqish va o’zlashtirish 
texnologiyasi bilan tanishish, pedagogik tajribani tashkil etish metodikasi, 
mualliflik dasturini tuzishga yordam beradi. Laboratoriya mashg’ulotlarida ijodiy 
faoliyat to’siqlarini olib tashlash bo’yicha psixologik trening o’tkazildi. 
Maktabda amaliyot o’tkazish talablarining pedagogik jarayonga faol ishtirok 
ettirish ham uni talabalar individual talablariga tayanib innovatsion pedagogika 
tamoyillari asosida tashkil etish, ularga ta`lim shakli va mazmunini tanlash 
erkinligini berish, o’z nuqtai nazarlari va suhbatini dolzarblashtirish asosida o’kuv 
muammolarini echish, turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish asosida 
kommunikativ guruh lar tashkil etishlarni ko’zda tutadi. Talabalarning bakalavriat 
va magistratura bosqichlarida mustaqil ishlari o’ziga hos xususiyatlariga ega: 
ikkinchi bosqichda u ko’p jihatdan mavjud ta`lim loyihalarini mustakil tushunish 
bilan bog’liq; uchinchi bosqichda u o’z shaxsiy ijodiy mahsulotini yaratish, 
individual yoki ijodiy jamoada muqobil maktab kontseptsiyasi ishlab chiqish bilan 
bog’liq. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling