Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


“Innovatsion pedagogika asoslari”


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

“Innovatsion pedagogika asoslari” kursini amalga oshirish pedagogik 
o’kuv yurtlarida mavjud shartlarga ko’ra ikki variantni ko’zda tutadi: 


97 
1) hamma talabalar uchun kursni asosiy qismlari bo’yicha kursni tizimli o’tish 
va tadqiqot ishlari mavzusini mustaqil tanlash va individual konsultatsiyaga 
mo’ljallangan; 
2) innovatsion pedagogikaning eng muhim muammolari bo’yicha 
yo’naltiruvchi ma`ruza va seminar o’tkazishni ko’zda tutadi.
Ta`lim va tarbiyaning alohida muqobil modellari va ularga mos maktab 
turlarini o’rganish talabalarning qiziqishi va layoqatidan kelib chiqib ularning 
tanlovi asosida oshiriladi. Dasturning birinchi varianti bakalavriat uchun ko’proq 
to’g’ri keladi, ikkinchisi esa magistratura uchun. Umuman olganda variantni tanlash 
talaba va o’qituvchi xohishiga bog’liq bo’ladi. 
Bizning asosiy maqsadimiz yangiliklarga ijobiy munosabat va o’z mualliflik 
dasturini ishlab chiqish va tatbiq etish istagani rivojlantirishdan iborat bo’ldi. 
Chunki innovatsion texnologiyalarni egallash faqatgina talabalar o’z faoliyati o’z 
kamchiliklari va qarama-qarshiliklari ko’rib va o’rganganlarida ahamiyat kasb 
etadi. Shuning uchun «innovatsion pedagogika asoslari» qursini o’rganishda kurs 
ishlari yozish bilan bir vaqtda olib borish to’g’ri bo’ladi. Bunday ta`lim berish 
yangilik kiritishning maqsadini aniq belgilash, haqiqiy va mumkin bo’lgan yangilik 
manbalarini aniqlash, muammoni ifoda etish imkoniyatlarini beradi. “Innovatsion 
pedagogika asoslar” kursini o’qitish va tatbiq etish, birga olib borilganda bir 
ma`noga ega bo’ladi. Agarda o’kitish jarayonini talabalarning shaxsiy amaliy 
muammolarini tahlil qilish va echish asosida tashkil etilmasa unda faqatgina 
innovatsion faoliyat uchun shart sharoit yaratishgina mumkin. 
Kursni o’rganishning muhim omili bo’lajak pedagoglarning yangiliklarni 
ijtimoiy-madaniy muammolarini tushunib etishlari, bu esa yangilikni ishlab chiqish 
va tatbiq etish yo’llaridagi to’siqlarni ko’ra bilishga maktab rahbariyati va 
kasbdoshlari o’zaro munosabatlari dinamikasining ko’ra bilish, hamda boshqa 
o’zgarishlarning uzluksiz reaktsiyasini ko’ra bilishga imkon beradi. Ko’rsatilgan 
o’qituvchi-innovator sifatlari shakllanishi quyidagi asosiy savollarni tushunib 
etishni ko’zda tutadi. Innovatsion faoliyat samaradorligi omillari qanday? 
Innovatsion dasturni qanday ishlab chiqish mumkin? Yangi g’oyalarni geperirovat 


98 
qilish metodlarini qanday qo’llash kerak? Yangilikni kasbdoshlar, ota-onalar, 
o’quvchilar, maktab rahbariyati qanday qabul qiladi? Innovatsion salohiyatini 
yangilik kiritish samaradorligi omili sifatida qarasak, bu jarayon ishtirokchilari turli 
rollarini muvofiqlashtirish, ishtirokchilar harakatlariga maqsadga muvofiq ta`sir 
etish imkoniyatlari ularning roli nuqtai nazarlari yuzaga kelishi mexanizmini to’g’ri 
tushunishga bog’liq bo’ladi: tashabbus, ko’maklashish, qarshilik yoki befarqlik, 
ma`lumki bu savollar pedagogik fanlarda maxsus o’rganilmaydi, bu talablarda 
innovatsion jarayon «qarama-qarshiliklarsiz va kurashsiz» vaakumda sodir 
bo’ladigan jarayon sifatida taassurot yuzaga keltiradi. Bu yangiliklarni 
shakllantirish bosqichini biz refleksiv-innovatsion amaliyotda amalga oshirdik, 
Refleksiv umumiy ko’rinishda – bu qayta anglashdir. Refleksiv muhit yaratish 
o’qtuvchiga nisbatan alohida, juda yaxshi sharoitlarni yaratishga imkon beradi. 
Unda faqatgina uning shaxsiy va intellektual tajribasi etarli emas bo’lib, balki 
maqsadga erishish yo’lida o’ziga hos to’siq (faqatgina vosita emas) bo’ladi. Shu 
bilan birga muammoli intellektual qarama-qarshilik sifatida ochiladi. Ma`lum bilim 
va mahoratlar to’qnashuvi ko’rinishida dolzarblashadi. Bu innovatsion vaziyat 
sharoitlari xususiyatlari bilan pedagog o’ziga tushunarli harakat usullarini amalga 
oshiradi. Shu bilan birga uni echishda nizolar yuzaga keltiruvchi xususiyatlari 
aniqlanadi. Ya`ni o’qituvchining shaxs sifatida yuzaga kelgan harakat usullari bilan 
unga aniq bir vaziyatda ko’rsatilgan haqiqiy talablar o’rtasidagi shaxsiy 
xususiyatdagi qarama-qarshiliklar. Shunday qilib, muammoning mohiyati hal etish 
jarayonida «men» ifodasi bilan (ya`ni, intellektual va shaxsiy iboradagi) yangilik 
kiritish jarayonining talab hamda harakatlari o’ziga hosligi o’rtasida yuzaga 
keladigan qarama-qarshiliklardan iborat bo’ladi. Bu qarama-qarshilikni mustaqil 
natijada yangilik ochishga olib keladi va bir vaqtning o’zida fikrlashni qayta tashkil 
etish, shaxsning faol qayta shakllantirishdan iborat shaxsiy va intellektual 
rivojlanish sifatida sodir bo’ladi. Ijodiy faoliyatda yangilikning yaratilishi shaxsda 
maxsus yangiliklar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi, u o’qituvchi o’zi haqidagi 
tassavvuri o’zgarishidan iborat bo’ladi. 


99 
Refleksiv innovatsion amaliyot o’qituvchi ijodiy imkoniyatlarini 
rivojlantirishga qaratilib, bunda pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish 
qobiliyatigina emas, balki o’z-o’ziga, o’z mehnatiga, bolalarga, har qanday 
muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o’ziga hos ijodiy munosabatda 
bo’lish tushuniladi. Bular o’qituvchi uchun muhim ahamiyatga ega, chunki 
zamonaviy vaziyatlar murakkabligi dinatizmi undan odatiy mutaxassilik 
ko’nikmalardan holi bo’lish, erkinlikni talab qiladi. Shu bilan birga o’qituvchi 
innovatsion faoliyatini ko’rsatuvchi xususiyatlari bu yuzaga kelgan vaziyatda 
maksimal ravishda erkin bo’lish va maktabda yangilikni joriy qilinishi o’zi belgilay 
olish qobiliyati hisoblanadi. Bu bosqichda innovatsion harakatlar rivojlanish 
jarayonini biz shunday tasavvur qilamiz: yangiliklarni yaratish va joriy qilishga 
qarshilik qiluvchi bir xildagi odatlarni “buzish” va “qayta tuzish”. 
Xususan, eski odatlarni buzish ularni yo’q qilib yuborish emas, chunki ular 
osonlik bilan yangilari bilan almashtiriladi. Ushbu bosqichda innovatsion 
harakatlarni yuzaga keltirish uslublariga quyidagilarni kiritish mumkin: polilog, 
munozara, refleksiv inversiya, intervyu, S.N.Maskov fikricha, ijodga o’rgatish 
mumkin emas, ijobiy qobiliyatlarni yuzaga qeltirish mumkin emas, xuddi qandaydir 
ko’nikma yoki bilim va mahoratlar yig’indisi sifatidadir, ijodda chiniqqanlik, ijodiy 
qobiliyatlarni taraqqiy qilish zarurligini bildiradi. Ana shu g’oyani biz katta kurs 
talabalari bilan refleksiv-innovatsion amaliyoti mavzusida kiritdik. Amaliyotda 
metodologik va metodik mavzuda birgalikda ijod qilishni yoyish refleksiv muhit 
g’oyasiga tayandik. 
Asosiy masalalardan biri qulay innovatsion muhit yaratish bo’ldi. Refleksiv 
innovatsion amaliyot ishtirokchilari haqiqiy pedagog sharoitda bo’lishlari sababli, 
qisqa vaqt ichida ilgarigi stereotiplarni bartaraf qila oldilar. Refleksiv innovatsion 
amaliyot ilgarigi tajribani dolzarblashtirish uni qayta anglash bo’lajak maktabning 
yangi muammo va munosabatlarini aniqlash uchun imkon berdi. Asosiy 
masalalardan biri o’z-o’zini va o’z faoliyatini qayta anglash jarayonini yangiliklar 
yaratish sohasiga yo’naltirishdir. Qayta anglashga talab muammo nizoli vaziyatga 
duch kelganda paydo bo’ladi, unda ilgarigi tajriba tubdan o’zgargan sharoitlarda 


100 
mutaxassislik sohasida kerakli natijalarni ta`minlashga qodir bo’lmay qoladi. Ushbu 
vaziyatni ijodiy inqiroz sifatida ifoda etish mumkin. Buni ijobiy tomoni shundan 
iboratki inqiroz holati yangilik izlashga yordam beradi, ammo bunga erisha 
olinmasa unda vaziyatning keyingi rivojlanishi o’zi barbod bo’lishiga olib keladi. 
Alohida ijodiy muhit yaratash natijasida ushbu muammo bo’yicha ma`lumot 
va tajriba almashish sodir bo’libgina qolmay, undan tashqari alohida birga ijod 
qilish muhitini yaratish hisobiga, yangi fikrlarga beg’arazlikka erishiladi, u 
keyinchalik innovatsion faoliyat asosi bo’lib xizmat qiladi. 
Shunday qilib refleksiv innovatsion amaliyotni amalga oshirish quyidagi 
masalalarni hal etishni ta`minlaydi: 
1. Munozarani rivojlantiradi. 
2. Tez o’zgaruvchi sharoitlarga o’qituvchilar moslashuvini ta`minlaydi, 
3. Yangiliklarni taxmin qilish. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling