Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

 
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar: 
 
 
1. Pedagogika nima bilan shug`ullanadi, nimalarni tadqiq qiladi?.
2. Qaysi ulug` adiblar ta`limiy-tarbiyaviy xarakterdagi asarlarni yaratganlar? 
3. XX asrda o`rta osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga hissa qo`shgan olimlar
kimlar edi? 
 
 
 
 
 
 


122 
2.11. Tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv 
 
 
Bilim – bu o‘quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning 
shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruriyatga ko‘ra foydalana 
oladigan faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar va tushunchalardir” (Ilin 
E.P.). 
Bola maktabga qabul qilinishi bilan o‘qish etakchi faoliyatga aylanishi zarur 
bo‘ladi. O‘qish o‘yindan farqli o‘laroq majburiylik kasb etadi, u aniq maqsadga 
qaratilgan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan hamda tizimga solingan faoliyat turi 
hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda bolalarni o‘qitish jarayonida ham o‘yinlardan 
foydalaniladi, lekin endi ular o‘qish, o‘qitish vazifalari bilan bog‘langan bo‘ladi. 
O‘yinning maqsadi, turi, tashkil etish sharoitlari ham o‘zgaradi. Boshlang‘ich 
sinflarda bolalarning o‘qish faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi o‘qish jarayoniga, 
ya’ni harakatlarni bajarish usullariga alohida e’tibor beradi. Chunki o‘qishning 
pirovard maqsadi muayyan bilim va malakalarni egallab olishdangina iborat 
bo‘lmay, balki kelgusida ishlab chiqarish, fan yoki insonlar bajaradigan boshqa 
ijtimoiy faoliyat turlarining murakkab muammolarini hal qilishda kerak bo‘lgan 
mustaqil ravishda bilim olish mahoratini o‘zlashtirish hamdir. 
O‘qishning dastlabki kunidanoq kichik maktab yoshidagi o‘quvchining psixik 
o‘sishini harakatga keltiradigan turli ziddiyat, qarama-qarshiliklar, ichki ixtiloflar 
vujudga keladi. Bular zamirida o‘quvchining psixik kamolot darajasidagi, ijobiy 
xislatlar bilan talablar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora 
ortishi bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiz o‘sishini taqozo etadi va shu jarayonning 
uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining muhim xususiyatlaridan biri unda 
o‘ziga xos ehtiyojlar mavjudligidir. Mazkur ehtiyojlar o‘z mohiyati bilan muayyan 
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni 
o‘zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o‘quvchining shaxsiy istagini o‘zida aks 
ettiradi. Bu ehtiyojlar o‘z sumkasiga, dars tayyorlash burchagiga, kitob qo‘yish 
javoniga ega bo‘lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg‘usini his 


123 
etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Sinfdagi o‘rtoqlari bilan qatorlashib saf tortib 
yurishlar, birgalashib o‘ynash, oshxonaga borish, o‘qituvchining o‘gitlari ham 
o‘quvchini o‘ziga rom etadi. Umuman, kichik maktab yoshidagi o‘quvchi 
o‘qishning tub mohiyati va vazifasini tushunib etmaydi, balki hamma maktabga 
borishi kerak deb tushunadi.
Birinchi sinf o‘quvchisida o‘qish jarayonining aynan o‘ziga qiziqish ko‘zga 
tashlanadi. Maxsus tadqiqotlarda o‘quvchilar bilan keraksiz mashqlar o‘tkazilgan 
va ularga oldindan bu mashqlar keyinchalik kerak bo‘lmasligi aytilgan, lekin 
o‘quvchilar ularni bajonidil bajarishga kirishavergan. 
O‘quvchining xususiy faoliyatda erishgan dastlabki muvaffaqqiyati uni 
boshqa natijalarni egallashga undaydi. Uning o‘qish faoliyatidagi birinchi mehnat 
mahsuli shodlik va quvonch his-tuyg‘ularini paydo qiladi. Masalan, ayrim 
o‘quvchilar u yoki bu matnni bir necha marta o‘qishga harakat qiladi. O‘qish 
faoliyatiga qiziqish, uning mazmuniga ham qiziqishni vujudga keltiradi, bilim olish 
ehtiyojini tug‘diradi va o‘qish motivlarini tarkib toptiradi.
Barkamol etuk shaxsni tarbiyalash, Respublikamizda kadrlar tayyorlashni 
davr talablari darajasiga ko‘tarish, ta’limning rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti 
munosabatlariga 
asoslangan 
mexanizmini 
yaratish, 
uning 
mazmunini 
takomillashtirish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardagi ta’lim-tarbiya jarayoniga 
bo‘lgan munosabatni, qarashlarni shakllantirish kabi masalalar qamrab olgan 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. 
Xususan uning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan iqtidorli bolalar va 
iste’dodli yoshlar bo‘limida ta’lim oluvchilardagi layoqatni ma’lum shart-
sharoitlar asosida qobiliyat darajasiga ko‘tarish zarurati alohida qayd qilinadi. 
Bugungi kunda ularga keng imkoniyatlar yaratish, mazmunli dastur asosida 
o‘qitish darsga va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga jalb qilish muhim vazifa 
ekanligi ko‘rsatilgan. 
Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarda 
ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi tez-tez tilga olinmoqda. Ta’limning 
hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bilan 


124 
uzviy hamkorlikda rivojlanishi zarurligi ta’lim sohasidagi davlat siyosatining 
ahamiyatli g‘oyalardan biridir. Shuning uchun ham ta’limni rivojlantirishda 
integratsiyadan unumli foydalanish dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Integratsiya – ayrim bo‘laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo‘shilishi, 
bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir. “Integratsiya” tushunchasi XVIII asrdayoq 
Spenser tomonidan izohlangan edi. Biz ham integratsiyani tafakkur o‘stirish omili 
sifatida qarab, uni fanlararo aloqa hamda ta’lim shakllarini sintezlash tarzida talqin 
etishga harakat qildik. 
Professor R.A.Mavlonova shunday yozadi: “Integratsiya – “butun” degan 
ma’noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jarayonining turli qism va 
integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligini 
ko‘rib chiqaylik. “Integratsiya” so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, 
“integer” butun so‘zidan kelib chiqqan
4
.
Ma’lumki, keyingi yillarda o‘quv rejasidagi fanlarning soni boshlang‘ich 
ta’limda 10 taga etdi. O‘quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham 
ijobiy natija beravermaydi.
Hozirda boshlang‘ich ta’lim mazmuniga ham, sifatiga ham zamonaviy 
talablar qo‘yilmoqda va ularga mos davlat me’yoriy hujjatlari (Boshlang‘ich ta’lim 
bo‘yicha nizomlar, konsepsiyalar, Davlat ta’lim standartlari, uzviylashtirilgan 
davlat ta’lim standartlari va ularga mos o‘quv dasturlari va shu kabilar) 
tayyorlangan. Bunda boshlang‘ich sinflar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, 
bolalarning bitta o‘qituvchi qo‘lida ta’lim olishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, 
boshlang‘ich ta’lim mazmunini o‘quvchilar ongiga singdirishda ma’lumotlarning 
uzluksizligi va uzviyligini o‘qituvchi tomonidan ta’minlash o‘quvchilar 
o‘zlashtirishini yuksaltirishga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bu orqali oddiydan 
murakkabga (osondan qiyinga) qarab bayon qilinayotgan ma’lumotlarni 
o‘rganishga mustahkam didaktik asos yaratiladi. 
4
Mavlonova R., Rahmakulova N. Boshlang’ich ta’limni integratsiyalash. –T., 2011. 


125 
Ushbu sohada Respublikamiz olimlari va mutaxassislari ko‘pgina ilmiy-
amaliy ahamiyatga molik tadqiqotlarni olib bormoqda. Ularning ishlari tufayli 
boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi ham mazmun jihatidan, ham sifat jihatidan boyib, 
takomillashib bormoqda. Ushbu sohada Sh.Abdullaeva, B.Adizov, M.Botirova, 
A.Bekmurodov, R.Ibragimov, X.Ibragimov, R.Mavlonova, M.Mahmudov. 
U.Musayev, Sh.Muhiddinova, G.Najmiddinova, R.Nurjanova, N.Ortiqov, 
Z.Otaxonova, S.Ortiqboeva, S.Rajabov, O.Roziqov, R.Safarova, Z.Tojiyeva, 
X.To‘raqulov, I.To‘raqulova, N.Usmonov, O‘.Farmonov, M.Xolmatov, 
R.Hasanov, M.Haydarov, O.Hasanboyeva, N.G‘oyibnazarova va shu kabilarning 
ta’kidlashicha zamonaviy o‘qituvchi quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim: 
• o‘qituvchi o‘zining tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilimga ega 
bo‘lishi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘rta umumta’lim maktablarida 
o‘tiladigan barcha fanlar asoslarini chuqur egallagan bo‘lishi kerak; 
• zamonaviy o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini ma’naviy va ma’rifiy jihatdan 
savodxon bo‘lishiga erisha olishi, milliy mafkurainiz g‘oyalarini o‘z o‘quvchilari 
ongiga va qalbiga singdira olishdck intellektual salohiyatga ega bo‘lishi, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak; 
• pedagogika, psixologiya va maktab gigienasi fanlari bo‘yicha chuqur 
bilimga ega bo‘lishi; 
• o‘qituvchi o‘z kasbi bo‘yicha jahon ilm-fani erishgan yutuqlardan doimo 
xabardor bo‘lishi va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan o‘z kasbiy faoliyatida 
doimo foydalanishi lozim; 
• ta’lim va tarbiyaning didaktik asoslarini chuqur egallagan bo‘lmog‘i lozim; 
• o‘z kasbiga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lishligi, ya’ni o‘z amaliy 
faoliyatini ilmiy-metodologik asosda olib bora olishligi kerak; 
• o‘z o‘quvchilarining ichki dunyosiga kirib bora olishlik va ularni milliy 
g‘ururli hamda Vatan fidoyilari qilib tarbiyalashga ko‘maklasha olishligi lozim; 
• pedagogik mahorati va o‘z kasbiga tegishli bilimlar bazasini muntazam 
ravishda yuksaltirib borishligi va shu kabilar. 


126 
Boshlang‘ich 
ta’lim 
mazmuniga 
bag‘ishlangan 
tadqiqot 
ishlari 
respublikamizda ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan olib borilmoqda. Ular 
to‘g‘risida respublika bo‘yicha tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda 
ko‘plab ma’lumotlar topish mumkin. Quyida ulardan ba’zilarining tadqiqot 
ishlaridan ma’lumotlar beramiz: 
1. Tadqiqotchi – olim R.Ibragimovning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish 
faoliyatini 
shakllantirishning 
didaktik asoslari” mavzusidagi doktorlik 
dissertatsiyasida kichik maktab yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini 
shakllanlirishga yo‘naltirilgan didaktik asoslar va unga mos ilmiy-metodik 
tavsiyalar ishlab ehiqilgan. Bu ta’lim mazmunini takomillashtirishga innovatsion 
yondashuv qilishga ilmiy-uslubiy asoslardan biridir. Ushbu dissertatsiyaning 
qimmatini oshiruvchi himoyaga olib ehiqiladigan holatlar ta’lim oluvchilarning 
bilish faoliyatini shakllantirishda mustahkam didaktik asos bo‘la oladi
2. “Boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishning pedagogik 
omillari” mavzusidagi R.U.Nurjanovaning nomzodlik dissertatsiyasi boshlang‘ich 
ta’lim mazmunini prognostika qilishning pedagogik omillarini aniqlash va 
boshlang‘ich ta’limning yangi mazmunini belgilash bo‘yicha ilmiy-metodik 
tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Unda quyidagi ilmiy natijalar qo‘lga 
kiritilgan: boshlang‘ich ta’lim mazmunini prognostika qilishning ijtimoiy-
pedagogik omillari belgilab chiqilgan; boshlang‘ich ta’limning istiqboldagi 
mazmunini belgilashning didaktik asoslari tadqiq etilgan; boshlang‘ich ta’limning 
istiqboldagi mazmuni va uning samaradorlik darajasi bir necha usullar yordamida 
aniqlangan. 
Ushbu tadqiqot ishining amaliy jihatdan ahamiyatli joyi shundaki, unda 
boshlang‘ich ta’lim mazmunining davlat va jamiyat taraqqiyoti talablari asosida 
belgilab berilgan yangi mazmuni ishlab chiqilgan. Bu tadqiqot ishi natijalari 
boshlang‘ich ta’lim jarayoni uchun yangi mazmundagi o‘quv dastur, darsliklar
o‘quv-metodik qo‘llan-malar, didaktik materiallar ishlab chiqishga asos bo‘ladi
3. Tadqiqotchi A.Meliboevning tadqiqot ishi malaka oshirish jarayonida 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘z o‘quvchilariga ekologik ta’lim berishga, 


127 
tayyorlashga bag‘ishlangan bo‘lib, unda malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilarini ekologik bilim berishga tayyorlashning pedagogik shart-
sharoitlarini aniqlash hamda o‘quvchi-larda ekologiyaga oid tushunchalarni 
shakllantirishga ynaltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish masalalari 
qaralgan. Ushbu tadqiqot ishidagi o‘qituvchilarni ekologik bilim berishga 
tayyorlash jarayonida ularning bilishlari lozim bo‘lgan ekologik bilimlar mazmuni 
va hajmi aniqlanganligi diqqatga sazovordir
4. Tadqiqotchi G.Boymurodovaning dissertatsion ishi boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari kasbiy-shaxsiy tayyorgarligining texnologik tizimini ishlab 
chiqishga bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqot ishidagi quyidagi olingan natijalar 
e’tiborga molikdir: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy-shaxsiy 
tayyorgarligini ta’minlashning texnologik tizimi ishlab chiqilgan; bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy-shaxsiy tayyorgarligini amalga 
oshirishning qulay shart-sharoitlari va vositalari aniqlangan; bo‘lajak boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilari kasbiy-shaxsiy tayyorgarligini ta’minlashga ynaltirilgan 
texnologik tizimning samaradorligi bir necha usul bilan tahliliy aniqlangan. 
5. Tadqiqotchi B.Sabirovning dissertatsiya ishi boshlang‘ich ta’limda 
axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga bag‘ishlangan bo‘lib, u 
«Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini informatika ta’limiga tayyorlash metodikasi», 
deb nomlanadi va unga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini informatika ta’limiga 
tayyorlashning mazmuni va metodikasini ishlab chiqishni tadqiqot maqsadi qilib 
olingan. 
Mazkur tadqiqot ishida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan quyidagilar 
o‘quvchilarni informatika ta’limiga tayyorlashning mazmuni va metodikasini 
boyitishga sezilarli ta’sir qiladi: boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga informatika 
elementlarini 
o‘rgatishning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari aniqlangan; 
boshlang‘ich sinflarda informatika elementlariga oid dastlabki bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlangan; boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilariga informatika elementlarini o‘rganishga qaratilgan o‘quv faoliyat 
tuzilmasi ishlab chiqilgan; boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga informatika 


128 
elementlarini o‘qitishning mazmuni va metodik tizimi ishlab chiqilgan; 
boshlang‘ich sinflarda informatika elementlariga oid dastlabki bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik dastur vositalari majmui 
tayyorlangan
6. Tadqiqotchi G.Najmiddinovaning ta’lim oluvchilar o‘quv-biluv faoliyatini 
shakllantirishga bag‘ishlangan dissertatsion ishi «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari», deb nomlangan. Unda 
tadqiqot oldiga qo‘yilgan muammoga mos didaktik va psixologik imkoniyatlar 
aniqlangan hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini 
shakllantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan
Endi bu borada olib borilgan boshqa tadqiqotlar haqida ham to‘xtalamiz. 
Z.Otaxonovaning tadqiqot ishlari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini 
tayyorlashni takomillashtirishga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda ko‘proq bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlashning pedagogik-psixologik asoslari 
tadqiq etilgan. Ularda asosan bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik-psixologik 
xususiyatlari quyidagicha ifodalanadi: o‘qituvchilarning o‘z Ona Vataniga 
sodiqligi, o‘z o‘quvchilarini sevishi va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalay 
olishligi; o‘z ona tilini ulug‘lashi; o‘z xalqi va uning madaniyatini sevishi haqida 
o‘z o‘quvchilarini davlat mustaqilligi ruhida tarbiyalay olishi; o‘qituvchining 
ma’naviy etukligi va olijanobligi; o‘qituvchining o‘z o‘quvchilari oldida o‘zini tuta 
bilishi va ya’ni ibrat-namuna ko‘rsata olishi
Ushbu xususiyatlar shunisi bilan ham qimmatliki, ular tufayli bo‘lajak 
o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini ma’naviy jihatdan tarbiyalashga tayyor bo‘ladi. Bu 
hozirda bo‘lajak mutaxassislarga qo‘yiladigan davlat talablaridan biridir. Bunday 
talab bo‘lajak mutaxassislarni ma’naviy jihatdan etuk va kasbiy jihatdan barkamol 
qilib tarbiyalashdan iboratdir. 
Bu borada tadqiqotchi S.Usmonovning tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir. 
Uning nomzodlik dissertatsion ishi ham boshlang‘ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni tashkil etishning pedagogik asoslarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. 
Undagi boshlang‘ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi 


129 
o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga salmoqli hissa qo‘sha 
oladi. Bu esa o‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga 
keng imkoniyatlar yaratadi . 
Yuqorida keltirilgan ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’lim 
mazmunini istiqbolga ynaltirilgan holda belgilash lozim ekan. 
Kichik maktab-boshlang‘ich ta’lim kamolot bosqichi yosh va pedagogik 
psixologiya fan sohalari shaxs rivojida eng mas’uliyatli va muhim rivojlanish 
davridan birini tashkil etadi 
• Psixologiya fanlari doktori, professor K. Mamedov fikri: «Umuman 
ta’limga, xususan boshlang‘ich ta’limga e’tibor, aytish kerakki, faqat 
mustaqillikdan so‘nggina ijobiy tomonga o‘zgardi. Bu tabiiy hoi. Chunki, 
boshlang‘ich ta’limda bolalarimizga ilmiy bilim asoslaridan etarli bilim berilmasa, 
undan keying! rivojlanish davrida buning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi. 
• Pedagogika fanlari doktori, professor R.Safarova fikri: “Boshlang‘ich ta’lim 
jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirish 
ustida alohida ish olib borishlari talab etiladi: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalash; 
niuayyan mavzu doirasida bosqichma-bosqich kengaytirilgan murakkab inatnlar 
yaratish; muayyan mavzuni batafsil tavsiflash; mavzuni tavsillashda ona tilining 
ifoda imkoniyatlari va so‘z boyliklaridan samarali foydalana olish; matn yaratishda 
imloviy, uslubiy talablarga rioya qilish kabilar. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchilar o‘quvchilarning mustaqil, tanqidiy 
hamda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantrish, o‘z 
fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida 
qo‘llash hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun 
zaruriy tayyorgarlik darajasini ta’minlashga erishishlari talab etiladi” 
Kichik maktab yoshida o‘qishga qiziqish vaziyat bilan bog‘liq xususiyatlarga 
egadir. Masalan: o‘quvchilar o‘qituvchining hikoyasini qiziqib tinglashadi, hikoya 
tugashi bilan ulardagi qiziqish ham yo‘qoladi.
Yuqorida zikr etilgan masalalarni hal etish maqsadida biz birinchilar qatorida 
G.A.Uruntaeva va Yu.A.Afonkinalar tomonidan taklif etilgan “Bolada o‘yin yoki 


130 
o‘qish motivining ustuvorligini aniqlash” metodikasidan foydalanishga qaror 
qildik va ushbu metodika tadqiqotimiz oldida turgan vazifalarni maqsadga muvofiq 
hal etish imkoniyatiga ega”- deb hisoblaymiz. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling