Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

 
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar: 
1. Boshlang‘ich ta’lim tizimini rivojlantirishda xorij davlatlari bilan 
hamkorlik masalalari. 
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik-psixologik jihatdan 
rivojlanishiga qo‘yilgan talablar qo‘yiladi? 
 
2.13. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli 
Lug’at bo’yicha, maktab – faoliyati biror-bir muallif yoki mualliflar jamoasi 
tomonidan ishlab chiqilgan etakchi psixologik-pedagogik kontseptsiyaga 
asoslangan eksperimental o’quv-tarbiyaviy muassasadir. Mualliflik maktabidan 
maqsad shuki, nafaqat boshqacha tashkil etilgan o’quv rejasi, balki boshqacha 
dunyoqarash, maktabning boshqacha (xususiy, o’ziga xos) ruhi va faoliyat tarzi, 
ta`limning boshqacha (chuqurlashtirilgan emas, boshqacha) mazmunidir.
Bizning davrimizda mualliflik ruhi o’zbek ta`limi uchun me`yoriy xususiyat 
bo’lib qoldi. Maktab ham, individual shaxs kabi, o’zining takrorlanmas 
xususiyatiga ega bo’lishi kerak, degan fikr barcha tolmonidan tan olinmoqda. Har 
bir maktabning o’ziga jalb qiluvchi bir xususiyati, ya`ni o’quvchilarni va ularning 
ota-onalarini o’ziga tortuvchi bir xususiyati bo’lishi lozim. Aks holda, o’ziga xos 


133 
ta`limni taklif qilmaydigan maktab o’z o’quvchilaridan mahrum bo’lib qolishi 
hech gap emas.
Amaliyotda tasdiqlangan holat: keyingi yillarda yangi toifadagi maktablarga 
tushayotgan arizalar ularning imkoniyatlaridan oshib ketayotgan bir paytda, ayrim 
“oddiy” maktablar birinchi sinfga etarli miqdorda o’quvchilarni to’play olmayapti. 
Shunday qilib, ko’p sonli maktablar faoliyatida quyidagi tendentsiya ko’zga 
tashlanmoqda: yangi toifadagi har bir maktab o’z taraqqiyot yo’nalishini o’zi 
mustaqil tarzda tashkil etmoqda; bu birinchi navbatda ta`lim maydonining 
mazmuniy va maqsadiy qismlariga taalluqlidir. Kuzatilayotgan tendentsiya K.D. 
Ushinskiy tomonidan olg’a surilgan va “tajriba emas, balki g’oyagina 
o’zlashtirilishi mumkin” degan qoidaning to’g’riligini isbotlaydi. Tajriba har bir 
insonda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi va faqat o’ziga xos taraqqiyot 
kontseptsiyasini ishlab chiqqan va amalga oshirayotgan maktabgina o’z 
individualligiga ega bo’lishi mumkin. 
Ibn Sino o’z ilmiy faoliyatida, dunyoqarashida ko’pincha dinni o’tkir tanqid 
ostiga olgan. “Yorug’lik” (“Osveshenie”) nomli risolasida insonni, bilim va bilimni
tahlil qilishning Yaqin va O’rta Sharq ilg’or mutafakkirlarining falsafiy 
kontseptsiyasining asosiy yo’nalishini ifodalovchi eng izchil sxemasini ishlab 
chiqdi. “Ma`lumki, - deb yozgan edi u, - e`tiqod uchun yaratganning yagonaligini 
va uning “miqdor”, “sifat”, “o’rin” va “vaqt”, bir holatdan ikkinchi holatga o’tish 
kabi xususiyatlarga aloqasi yo’qligini tan olish zarur bo’ladi. Yaratgan yagona, 
uning o’ziga o’xshaganiga ega bo’lishi mumkin emas, u «miqdoran” ham, 
mohiyatan ham, ya`ni turi bo’yicha ham, xili bo’yicha ham qismlarga ega emas. 
U olam ichida ham, olamdan tashqarida ham emas va unga ishora qilish ham 
mumkin emas. Biroq bu shaklda u haqda odamlarga gapirish mumkin emas, chunki 
ko’chmanchi arabga yoki savodsiz yahudiyga buni aytsa, ular bir ovozdan bunday 
mohiyatning mavjud bo’lishi mumkin emasligini ta`kidlashgan bo’lishardi”. Ibn 
Sino aytadiki, agar olimlar va donishmandlar Qur`onni izohlarsiz tushuna 
olishmasa, unda faqat cho’lni va tuyalarnigina bilgan omi kishilar nima qilishlari 
kerak? 


134 
Sharq mutafakkirlari o’z davridagi ijtimoiy qiyinchiliklardan qutulish 
yo’llarini topishga urinishgan. Bunda ular “saxovatli” shahar ko’rinishidagi 
jamiyat modelini taklif qilishgan. Jumladan, Forobiy shunday qilgan. Qomusiy 
olimlar, albatta, moddiyunchilar(materialistlar) hisoblanishmagan, ammo ularning 
g’oyalarida materialistik tendentsiyalar, tajribaga va mantiqiy dalillarga asoslangan 
ilmiy bilimlarning dinga qarshi qo’yilishi ochiq seziladi. Ularning inson va uning 
tarbiyasi haqidagi ta`limotidagi eng asosiy narsa shunda ediki, ular inson 
tabiatining asosiy xususiyatlari ichiga kirishga harakat qilishgan. Bunda ular ilg’or 
tabiiy-ilmiy mavqeda turishgan. Ular insonlar faoliyati va xulqini o’rganadigan 
fanlarni amaliy falsafa deb atashgan va bu fan tuzilmasiga fuqarolik siyosatini, 
etikani, oilaviy tarz haqidagi fanni ham kiritishgan.
Forobiy inson tabiatini tahlil qila turib, xususan, uni turli tomonlardan: 
biologik, 
psixofiziologik, 
psixologik 
va 
ijtimoiy-siyosiy 
tomonlardan 
tekshirishgan. Olimning fikriga ko’ra, inson tabiatan qobiliyatli bo’lib tug’iladi, 
shu qobiliyat tufayli uning harakatlari, ruhiy kechinmalari va butun xulqi nafaqat 
risoladagiday, balki o’zgargan tarzda ham bo’lishi mumkin. Buning oqibatida 
inson nafaqat olijanob ishlarni, balki bo’lmag’ur amallarni ham qilishi mumkin.
Forobiyning inson axloqi ijtimoiy mezonlari haqidagi fikrlari ham ajoyibdir. 
“Yaxshi xulq va aql kuchi, - deb yozgan edi u, - har ikkalasi birgalikda insonning 
shu ma`nodagi fazilatidirki, har bir narsaning yaxshi xislati uning o’zida va uning 
harakatlarida mukammal va yuqori darajada bo’lishidadir. Agar ularning har 
ikkalasi, ya`ni yaxshi xulq va aql kuchi bor bo’lsa, biz o’zimizda va 
harakatlarimizda mukammallikka va yuqori darajaga ega bo’lamiz va shu har 
ikkalasi tufayli biz olijanob, saxovatpesha bo’lamiz: bizning hayot tarzimiz 
saxoovatpesha va bizning xulqimiz esa maqtovga loyiq bo’ladi”. 
Forobiy o’z falsafiy tizimining metafizika, psixologiya, etika, sotsiologiya 
kabi barcha bo’limlariga quyidagi g’oyani singdirgan: inson shunday 
shakllanganki, o’zining mavjud bo’lishi va ilohiyotga sig’inishi uchun u yolg’iz 
o’zi erisha olmaydigan ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi va buning uchun unga 
boshqa shaxslar yordami zarur bo’ladi. Shu bilan birga, har bir inson boshqa 


135 
insonga nisbatan xudi shunday holatda bo’ladi. Ana shuning uchun ham bir-
birlariga yordam beruvchi ko’plab insonlarning birlashuvi orqali inson tabiatan 
belgilangan mukammallikka ega bo’ladi. Bunda har bir inson boshqa bir insonning 
mavjud bo’lishi uchun zarur bo’lgan ulushni etkazib beradi”. 
Insonning hayotiy ehtiyoji unda jamoaviylik tuyg’usini va muloqotga bo’lgan 
ehtiyojni tug’dirishi, faqat o’ziga o’xshaganlar orasida axloqiy mukammallikka 
erisha olishi haqidagi fikr Forobiyning ijtimoiy va pedagogik qarashlarini 
tushunishda juda muhimdir. 
Forobiy “Saxovatli shahar aholisining maslagi”, “Fuqarolik siyosati”, “Davlat 
arbobining hikmatlari” kabi yirik asarlarida inson va uning tabiyasi muammosini 
ko’tarib chiqqan, bu muammo uning falsafiy tizimidagi eng muhim va murakkab 
qismlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda u o’zining etikaga bag’ishlangan 
risolalarida ko’pgina qiziqarli fikrlar bayon qilgan. Mantiq inson bilishining 
tamoyillarini tushuntirgani kabi, - degan edi u, - etika inson xulqining asosiy 
qoidalarini izohlashi lozim. Insonning ijodiy faoliyatini tan olmaydigan islom 
nazariyotchilaridan farqli o’laroq, zamondoshlari “Sharq Arastusi”, “Ikkinchi 
muallim” deb atashgan Forobiy faqat inson aql-zakovatigina nima yaxshi, nima 
yomon ekanligini hal qiladi, deb ta`kidlagan.
Forobiyning inson va jamiyat haqidagi qarashlari keyingi asrlarda Osiyo va 
Evropadagi ko’pgina mutafakkirlar ijodiga ham ta`sir qildi. Bu insonparvarlik 
an`analari rivojiga Beruniy kata hissa qo’shdi. U ta`kidlaydiki, inson ilmiy bilimsiz 
mohiyatan shubhali bo’lib qoladi; ilm insonning boshqa barcha jonli mavjudotlar 
ustidan hukmronligi va butun umri davomida mavjudligi tamoyili belgisidir.
Beruniy uchun bilish insonga xos oliy quvonchdir: “Inson nimaga ko’proq intilsa 
va ko’proq ega bo’lsa, shu narsa unga haqiqiy huzur bag’ishlaydi. Inson oldin bil 
magan narsasini bilsa, uning qalbi shunday holatda bo’ladi”. 
Beruniyning ko’pgina mulohazalarida axloqning ijtimoiy mezonlari haqida 
gapiriladi. Uning fikricha, inson qiymatining asosiy mezoni – uning ishi, mehnati. 
U yozadiki, har bir insonning qiymati o’z ishini ajoyib tarzda amalga 
oshirishidadir. Ibn Tufaylning “Hay ibn Yaqzon haqida qissa” asarida bu g’oya 


136 
quyidagicha shakllantirilgan: “Baxtsizlikdan, bilimsizlikdan xalos bo’lish uchun 
inson mehnat qilishi lozim”.
O’rta asr Sharqining ijtimoiy-pedagogik g’oyalari rivojiga Ibn Sino ham katta 
hissa qo’shgan. Uning axloq va axloqiy tarbiya haqidagi qarashlari ayniqsa katta 
qiziqish uyg’otadi. Ibn Sinoning etik dunyoqarashi umumiy ishga, xizmat 
qiliuvchi, insoniyatga foyda keltiruvchi ma`rifatli, olijanob, saxovatpesha, irodali, 
faol, mukammal insonni tarbiyalash haqidagi tavsiyalarida yorqin ochiladi. U 
“Donishnoma” risolasida etikani inson o’z xulqining va faoliyati qanday bo’lishini 
bilib oladigan fan sifatida ajratadi.
Ibn Sinoning etik qarashlari o’z davri uchun ilg’or bo’lgan ijtimoiy-siyosiy va 
falsafiy g’oyalaridan kelib chiqadi va ulug’ olimning har tomonlama faoliyatidagi 
insonparvarlik yo’nalishlari, uning ijtimoiy kontseptsiyasi haqida guvohlik beradi. 
“Inson o’z ehtiyojlaridan uzilib qolgan emas, ya`ni u butunlay ihota qilingan emas, 
- deb yozadi u, - chunki u o’z ehtiyojlarini insoniyatning boshqa vakillari bilan 
muloqotda bo’lish bilangina qondira oladi”.
Ibn Sino ta`limotiga ko’ra, inson tarbiyasi uning yagona aqliy, axloqiy va 
jismoniy rivojini ta`minlashdan iboratdir.
Pedagogik nuqtai nazardan insonning boshqa jonli mavjudotlardan farqlanishi 
haqidagi olimning fikrlari qiziqdir: “Ma`lumot beri shva ma`lumot olish va boshqa 
ehtiyojlar insonga xosdir...
Kamyob narsalarni idrok qilish paytida ajablanish tuyg’usining va undan 
keyin esa kulgining paydo bo’lishi insonning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. 
Yoqimsiz narsalarni idrok qilganda esa qo’rqinch deb ataladigan tuyg’u va undan 
keyin esa yig’i paydo bo’ladi. Ijtimoiy hayotda esa amalga oshiriladigan harakatlar 
ichida qilinishi lozim bo’lmaganlariga e`tiborni qaratish insonga xos xususiyatdir. 
Buni u yoshligidan biladi va shu asosda tarbiyalangan bo’ladi, keyin esa bu 
amallarni bajarishi lozimligi haqida eshita boradi va natijada bu e`tiqod uning 
uchun tabiiy narsaga aylanadi. Boshqa amallar esa bunga zid bo’lib hisoblanadi. 
Birinchilari yomon hisoblansa, ikkinchilari yaxshi hisoblanadi. Boshqa jonli 
mavjudotlarda bu yo’qdir…” 


137 
Ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy va umumpedagogik dunyoqarashi Umar 
Xayyomning jamiyatdagi inson va uning tarbiyasiga bo’lgan qarashlarining 
shakllanishiga katta ta`sir qildi. Zamondoshlari haqqoniy tarzda Umar Xayyomni 
fanning turli sohalari bo’yicha Ibn Sinoning izdoshi deb hisoblashadi. O’rta asr 
manbalarida Umar Xayyomni “imom” – “ma`naviy rahnamo”, “xoja” – muallim 
va “xoja-ul-haq” – “haqiqat isboti” deb atashadi.
Umar Xayyomning inson va uning tarbiyasi muammosi haqidagi ko’pgina 
mulohazalari o’rta asr Sharqi ilg’or mutafakkirlarining insonning jamiyatdagi o’rni 
haqidagi, unga qo’yilgan talablar haqidagi, shuningdek, inson va jamiyatning 
paydo bo’lishi haqidagi masalaga yondashuvlarini tushunishda katta ahamiyatga 
egadir. Mana ulardan ayrimlari. “Nutq qobiliyatiga ega bo’lgan, lekin yozuvni 
bilmagan inson mukammal emas va u yarim odamga o’xshaydi, chunki yozuvni 
bilish qobiliyati katta qibiliyatdir va hech qanday qobiliyat unga tenglasha olmaydi, 
lekin insonni inson darajasidan farishta darajasiga ko’taradi, iblisni esa iblis 
darajasidan inson darajasiga ko’taradi”. 
O’rta asr Yaqin va O’rta Sharq qomusiy olimlarining etik va ijtimoiy-siyosiy 
qarashlarini ta`riflashda Nasriddin Tusiy tomonidan yozilgan “Axloqi Nosiriy” 
asari keng ma`lumot beradi. Bu ishda yaxshi tarbiyaning tabiati va muhimligi, ota-
onalar huquqlari, saxovat va baxt, insonning olijanob fazilatlari, axloq, fazilatlar, 
sodiqliq va samimiylik, barcha olijanob fazilatlarga ega bo’lish uchun zarur 
bo’lgan sog’liqni saqlash haqida so’z yuritiladi.
“Inson, - deb yozadi Tusiy, - olamdagi eng shonli mavjudotdir. U o’z 
hayotining turli davrlarida erdagi ishlarni tartibga solish, insonlarni baxtga 
etkazish, ularning maishiy va hayotiy muammolarini hal qilish, axloqni tarbiyalash 
va ularni to’g’ri yo’lga solish majburiyatini olgan”. Tusiy inson kuchiga va undagi 
aql-zakovatga tayangan holda barcha ijtimoiy muammolarni siyosiy, huquqiy va 
axloqiy-odobiy vositasida hal qilish mumkin, deb hisoblagan. Tusiyning axloqiy 
qarashlaridagi o’ziga xoslik va muhimlik yunonlar axloqiy qarashlari bilan o’zidan 
oldin o’tganlarning qarashlari birikuvi bilan izohlanadi.


138 
Tusiy tafakkuridagi mantiq va uning axloqiy sifatlarni va kategoriyalarni 
aniqlash qobiliyati “Axloq Tusiy” dagi quyidagi parchada ko’rinadi: “Saxiylik va 
qanoatlilik ehtiros kuchiga borib taqalsa, olijanoblik, rahmdillik, karam, 
samimiyat, vazminlik esa qahr kuchiga borib taqaladi. 
Donolik, notiqlik, ziyraklik, mulohazakorlik, qat`iylik, sodiqlik, qasamga 
sodiqlik, befarqlik kuchiga borib taqaladi.
Qanoat bu ovqat, ichimlik, hirs kabi har xil ehtiroslarning ko’pligidan,
bulardan birortasiga berilishdan, buning ustiga, ularni o’z aqliga bo’ysundirishdan 
chetlashishdir. 
Mo’tadillik bu chegaradan chiqadigan mashg’ulotlardan o’zni tiyishdir. 
Saxiylik o’zida bo’lgan narsani shu narsaga muhtoj bo’lgan insonga berish, 
shuningdek, ezgu ishlarni amalga oshirib, shundan qoniqish hosil qilishdir. 
Jasurlik namoyon qilish qahr kuchlari orqali saxovat ko’rsatishga tegishlidir. 
Bunda inson o’ziga yoqmagan, o’ziga zulm etkazadigan ishlarga qaramasdan 
o’zini ko’rsatishga harakat qiladi. Bunday ishlarga, misol uchun, o’z ayolining 
sha`nini himoya qilish kirishi mumkin. Sabr o’zi nafratlanadigan mashaqqatlarga 
chidash yoki o’z xohishlarini tiyishdan iboratdir.
Forobiyning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi shundaki, insonni ezgu 
ishlarni takomillashtirish orqali haqiqiy baxtga muyassar qilishdir. Forobiy 
saxovatpesha kishilar ruhi oxir oqibatda o’zining moddiy qobig’idan ajralib chiqib, 
abadiy yashaydi, deb o’rgatadi.
Forobiy ma`naviy tarbiyaga katta ahamiyat berib, uni eng avvalo, ilmiy 
bilimlarni egallash deb tushungan. U ta`kidlaydiki, inson, «ma`lumotli va tajribali 
bo’lishdan oldin ko’pgin a narsalarni inkor qiladi va faqat ilmlarga egallab, tajriba 
orttirgandan keyingina bu narsalar haqida o’z fikrini o’zgartiradi va o’z inkor 
qilgan narsalarning zarur ekanligini tushunadi, uni ilgari ajablantirmagan narsalar 
esa endi uni ajablantiradigan bo’lib qoladi”.
Forobiyning ta`kidlashicha, bilim yaxshi xulq bilan bezanishi lozim,
insonning bilim olishga intilishi ham, xuddi daraxtda o’sib chiqadigan narsalar
meva bergani kabi, yaxshi xulq bilan yakunlanishi lozim. Forobiyning fikricha, 


139 
ilm va hunar Bilan shug’ullanishga tayyorlanishda muayyan sharoitdan va 
tarbiyalanuvchining tabiatidan kelib chiqqan holda ikkita pedagogik metoddan 
foydalanish lozim: Agar tarbiyalanuvchilarning o’zlari ilm va hunar o’rganishga 
intilsalar, ularning bu istaklarini kuchaytirish uchun “yumshoq metod”ni qo’llash 
kekrak, agar tarbiyalanuvchilar o’zboshimcha va “quloqsiz” bo’lsalar, ularga 
nisbatan “qattiq metod”ni qo’llagan ma`qul.
Forobiy ilm o’rganishni boshlagan insonlarga nisbatan yaxshi munosabatda 
bo’lgan, lekin ularni saralangan, imtiyozli tabaqa deb hisoblamagan. “ilm 
o’rganishgap kirishayotgan shaxs yo shva kamtar bo’lishi, sog’lom va yaxshi 
xulqli hamda tarbiyali, qat`iyatli, ayyorlik va aldamchilikdan yiroq, ilm kishilariga 
hurmat bilan munosabatda bo’lish lozim”. 
Forobiyning fikricha, umumiy bilimlarning kuzatuvchanlik va tajriba bilan 
birikishi insonni tarbiyalash metodini belgilab beradi. Forobiy tarbiya vazifalaridan 
eng muhimi sifatida shuni ta`kidlaydiki, inson qalbi va irodasi haqiqat tomon 
yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bu o’rinda Arastuning ta`siri seziladi.
Suunday qilib, Forobiy shunga amin ediki, insonning ma`naviy qiyofasi 
shakllanishida jamoa muhiti, insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va inson 
irodasi eng muhim omillardan hisoblanadi.
“Insonga, - deb ta`kidlagan edi Beruniy, - avvalo o’zining qalbi yaqinroqdir 
va birinchi navbatda uning uchun ezgulik qidirish kerak, faqat shundan keyin 
atrofdagilar uchun qidiriladi. Eng yaqin narsalardan biri badanini yopib turadigan 
kiyim va uni o’rab turadigan boshpana, uning ehtiyojlarini qondiradigan xizmatkor, 
idishlarda saqlanadigan ovqat va ichimlik hamda mehnat qurollari.
Yuz go’zalligi va qomat nafisligi – bu ikkalasini ham inson o’ziga duch 
keladiganlarda ko’rgisi keladi. Biroq qiyofa ona qornida paytida beriladi va uni 
o’zgartiradigan jonzotning o’zi yo’q. Qalbga kelsak, inson o’z ehtiroslarini 
o’zgartirishga, uning yomon tomonlarini yaxshi tomonga o’zgartirishga qodir”. 
Tarbiyaning turli vositalarini izchil tadqiq qilish Beruniyga diniy 
kontseptsiyaga qarama-qarshi bo’lgan o’z kontseptsiyasini ishlab chiqishga imkon 
berdi. U Aflotunning tarbiya asosida abadiy g’oyalarni bilishga bosqichma-bosqich 


140 
tayyorlanish kerak degan tamoyil yotadi degan qarashlarini tanqid qilgan. Tarbiya, 
Beruniyning fikricha, axloq bilan bog’langan, odat va malakaga asoslanadi, vaqt 
o’tishi bilan egallanadi. Tarbiyaning vazifasi, birinchi navbatda qalb va aqlni
zararli xususiyatlardan va tasodifiy holatlardan hamda fanatizm, raqobatchilik, 
ehtiroslarga berilish, hokimiyat uchun kurash kabi zararli odatlardan tozalashdan 
iboratdir. Demak, uning fikricha, tarbiya o’z-o’zini tarbiyalash bilan yaqindan 
aloqada bo’ladi.
O’rta asrning buyuk mutafakkiri Ibn Sino tarbiyaning asosiy maqsadi 
mukammal xarakterni tarbiyalashda deb hisoblagan. U yozadiki, to’g’ri tarbiya 
natijasida ikki xil “foyda”ga erishiladi: “Bittasi bola qalbi uchun, chunki bola 
yoshligidan yaxshi xulqli bo’lib o’sadi, bu esa odatga aylanadi. Ikkinchisi bola 
jismi uchun, chunki yomon xulq yaramas tabiatdan kelib chiqadi. Agar badxulqlik 
odatga aylansa, u yaramas tabiatni keltirib chiqaradi. Masalan, g’azab jismning 
nihoyatda qizib ketishiga, qayg’u esa jismning qurib ketishiga, befarqlik qalb 
kuchini zaiflashtiradi”.
Ibn Sino bolalik va o’smirlik yoshida tarbiya ta`sirida ruhiyatning rivojlanish 
jarayonini tadqiq qilishga katta ahamiyat bergan va o’z kuchini uning 
samaradorligining oshirish vositalarini qidirishga qaratgan. Bola xarakterining 
yaxshilanishiga, bola qiziqqan va intilgan narsasining bo’lishiga, bola yomon 
ko’radigan narsalarning bo’lmasligiga doim e`tibor qaratish lozim. Bu bilan ham 
ikki xil foydaga erishiladi: birinchidan, bolada yoshligidanoq qat`iy xarakter 
shakllanadi, ikkinchidan, bunday xarakterning shakllanishi bolaning jismoniy 
rivojlanishiga ta`sir qiladi.
Ibn Sinoning fikriga ko’ra, o’quvchilar birgalikda ta`lim olishsagina, bir-
birlarini hurmat qilishadi va ilm olishda bir-birlariga yordam berishadi. Bola 
yolg’izlikda ta`lim olsa, bu uni baxtsiz qiladi. Maktabning afzalligi shundaki, deydi 
Ibn Sino, o’quvchilar bir-birlaridan ortda qolmaslikka harakat qilib ilm 
o’rganishadi. Ularning turli mavzular bo’yicha olib boradigan o’zaro suhbatlari
ularning do’st bo’lishlariga yordam beradi.


141 
Ibn Sinoning fikricha, inson yaxshi bo’lib ham, yomon bo’lib ham, yovuz 
bo’lib ham, mehribon bo’lib ham tug’ilmaydi, balki muayyan omillar ta`siridagina 
shunday bo’lib etishadi. Saxovatpeshalik, Ibn Sinoning ta`kidlashicha, tabiat 
tomonidan berilmaydi, balki bu odat, mashq orqali paydo bo’ladi. Insonning hissiy 
va ma`naviy ehtiyojlardan birini tanlay olishi irodaning sezilarli tarzda namoyon 
bo’lishidir. Bu tarzdagi erkin tanlov vaqt o’tishi bilan fe`l-atvorning asl qirrasiga 
aylanadi.
Shoir, faylasuf va olim Umar Xayyom ham Alloh, olam va undagi odam 
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga tegishli g’oyalar bilan bog’liq tarzda tarbiya 
maqsadlari va vositalari masalasiga ham munosabat bildirib o’tgan.
Uning fikricha, tarbiyaning maqsadi sog’lom fikrli, o’tkir aql, kuchli sezgiga 
ega bo’lgan insonni tarbiyalashdan iboratdir. “Faqat chuqur sezgirlikkina, - deb 
ta`kidlaydi olim, - mukammal qalbni qoniqtiradigan ilhom tuyg’usi darajasiga 
ko’tarila oladi”. 
Madrasa haqidagi birinchi aniq ma`lumot mashhur arab tarixchisi 
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida uchraydi. U 936 yilda yuz bergan ulkan 
yong’ingacha mavjud bo’lgan Farjak madrasasi haqida yozib qoldirgan. U paytlar 
Buxoro markazlashgan feodal davlati bo’lmish Somoniylar davlatining poytaxti 
bo’lib, O’rta Osiyoning yirik ilmiy va iqtisodiy markazi hisoblangan. Somoniylar 
davrida birgina Samarqandning o’zida 20 ga yaqin madrasa mavjud bo’lib, ular 
islomning turli, ko’pincha bir-biriga dushman bo’lgan oqimlari homiyligida 
faoliyat yuritishgan. Bu o’quv yurtlarida mudarrislar nafaqat u yoki bu oqim 
ta`limotini o’qitishgan, balki dunyoviy ilmlardan ham saboq berishgan, ilmiy
tadqiqotlar olib borishgan, bu erda ilmiy maktablarga asos solingan.
Inson shaxsining shakllanish omili sifatidagi ilmiy ta`limning mazmun va 
metodlarini Xorazmiy ilmiy ma`lumotlar yig’ish, ularni tavsiflash va 
kuzatilayotgan dalil va hodisalarni izchil bayon qilish deb tushungan. 
Ilmiy ta`lim jarayonida Xorazmiy o’quvchilarni shaxsan kuzatishga va 
olimlarning oldin yiqqan ma`lumotlardan foydalanishga alohida ahamiyat bergan. 
U fanning vazifalarini umuman tushunishni va o’tmish olimlarning xizmatlarini 


142 
yuqori baholagan. “Al-jabr va al-muqobala” asarining boshida u shunday yozgan 
edi: “Oldingi davrlardagi va o’tib ketgan xalqlarning olimlari o’zlaridan keyin 
keladigan olimlarni nazarda tutgan holda ilmning turli bo’limlari va falsafaning 
turli sohalari bo’yicha kitoblar yozishgan va o’z xizmatlariga yarasha mukofotlar 
kutishgan, lekin bu mukofotlar ular mehnati hamda qiyinchiliklar oldida 
arzimasdir. Bir olim ungacha ishlab chiqilmagan sohani ishlab chiqib o’zidan 
keyingilarga qoldirishgan. Boshqa biri o’zidan oldingilarning ishlarini sharhlaydi 
va shu bilan qiyinchiliklarni engillashtiradi, yo’lni yoritadi. Yoki bo’lmasa shu 
olim kitoblardagi kamchiliklarni topadi va uzilib qolgan joylarni ulaydi; bunda u 
o’zidan oldingi o’tganlar haqida ezgu fikrda bo’ladi, o’zi qilgan ishidan 
mag’rurlanmaydi”. 
Xorazmiyning bu fikrlari ma`lum darajada uning olimlik axloqiga va fanning 
o’ziga xos tomonlariga bo’lgan qarashini namoyon qiladi va uning ilmiy tadqiqot 
va ta`lim metodlarining o’sha davrda ma`lum bo’lgan hamda vositalari majmuidan 
keng va ongli tarzda foylanganligidan, o’z shogirdlariga ham shuni 
o’rgatganligidan dalolat beradi. 
Xorazmiy “sezgi” vositasida bilishni “mantiqiy fikrlash” vositasida bilishdan 
farqlaydi: birinchisi xususiy, “mayda” narsalarni bilishda ishlatilsa, ikkinchisi 
salmoqliroq, yirikroq narsalarni bilishda ishlatiladi, lekin bular o’zaro 
bog’langandir. O’z davrining ilg’or g’oyalarini va ilmiy qarashlarini ifodalagan 
Xorazmiy fanning oldingi rivojlanishi davomida yig’ilgan barcha ilmiy 
ma`lumotlarni umumlashtirish asosida tavsiflash va ratsional metodlarga katta 
ahamiyat bergan. 
Forobiyning ilmiy ta`limga bo’lgan o’z qarashlari “Bo’shliq haqida” hamda 
“Musiqaning katta kitobi” nomli risolalarida aks etgan. “Bo’shliq haqida” 
risolasida Forobiy tajriba va mantiqiy dalillash yordamida mutlaq bo’shliqning 
bo’lishi mumkin emasligini isbotladi. Eksperimentning yoki tizimli kuzatishning 
yo’qligi Arastu fizikasining va o’rta asr fanining asosiy kamchiligi edi. 
Forobiyning risolasida esa tabiat qonunlarini aniqlashda va ta`lim jarayonida 
tajriba-sinovning roli ko’rsatib berilgan. 


143 
Forobiy qalamiga mansub “Musiqaning katta kitobi” – bilish nazariyasi, 
estetika, psixologiya, anatomiya, akustika, matematika, instrumentalistka kabi 
fanlarning muammolarini qamrab olgan asar bo’lib hisoblanadi. O’zining 
dunyoqarashi tizimiga kiruvchi metodi haqidagi ta`limot mazkur asarning kirish 
qismida aks ettirilgan.
Beruniy tom ma`nodagi va haqiqiy pedagog edi. O’zining ilmiy va pedagogik 
faoliyatida u o’z davrida ma`lum bo’lgan fan yutuqlariga tayangan, turli-tuman 
metodlardan foydalangan hamda o’zi ham yangi va dadil tadqiqot va o’qitish 
metodlarini ishlab chiqqan, ilmiy ta`limot mazmuni masalalariga, maqsadlariga va 
metodlariga katta e`tibor qaratgan. Ilmiy bilimlar tarqatishni u “o’zi uchun ulkan 
baxt” deb bilgan.
Beruniy erkin suhbat, ilmli kishilardan so’rab-surishtirishni ilmiy 
ta`limotning eng muhim metodlaridan biri deb hisoblagan. Uning “Hindiston” 
asarida ko’pincha “Hindlardan so’rashganida, ular ta`kidlashganki...”, “Men o’zim 
yozganim yo’q, balki o’zlashtirganman...”, “Men hindlarning ta`kidlashganini 
eshitganman” degan jumlalar tez-tez uchrab turadi. Bunda, uning fikricha, xudi shu 
savollarni o’zgargan tartibda takrorlash va yozish kerak hamda olingan 
ma`lumotlarni solishtirib ko’rish lozim.
Beruniyning fikricha, oldin olignan bilimlarni tekshirish va aniqlashtirish 
maqsadida yozma yodgorliklarni o’rganish ham o’ta muhimdir. Biroq, amaliy 
faoliyat jarayonida olinadigan ilmiy bilimlarni u barchasidan ustun qo’ygan.
Beruniyning pedagogik qarashlari ko’pincha uning tabiiy-ilmiy 
kuzatuvlariga va izlanishlariga asoslanadigan xulosalar natijasi sifatida maydonga 
chiqadi. Masalan, u bayon qilgan asosiy geometrik ta`riflar ko’pincha Evklid 
ta`riflariga mos keladi. Ammo, oldiniga nuqtani, keyin chiziqni, undan keyin 
yuzani va faqat shundan keyingina jismni ta`riflagan Evkliddan farqli o’laroq, 
Beruniy o’z zamonasining ilg’or falsafiy-matematik va pedagogik qarashlardan 
(o’quvchi birinchi navbatda o’zi sezgan narsalarni ongli tarzda o’zlashtiradi) kelib 
chiqqan holda bu ta`riflarni teskari tartibda keltiradi. U jismni “teri orqali sezish 
yordamida aniqlanadigan va o’z-o’zicha mavjud bo’ladigan” narsa, yuzani esa 


144 
jismning chegarasi, chiziqni yuzaning cheti, nuqtani esa chiziqning oxiri sifatida 
ta`riflaydi. Shu tarzda u Forobiyning “ta`limni sezish mumkin bo’lgan jismni, 
keyin yuzani o’rganishga o’tiladi, undan keyin chiziq va nuqtani o’rganishga 
o’tiladi”, degan materialistik metodik g’oyalarini rivojlantirgan. 
Istalgan bilim sohasini o’rganish jarayonida, Beruniyning fikricha, quyidagi 
metodikadan foydalanish lozim: avvalo, o’zimiz uchun tadqiqot vazifasini aniqlab 
olishimiz lozim, keyin turli olimlar tomonidan olingan ma`lumotlarni qiyoslash 
yo’li bilan mavjud ma`lumotlarning ishonchliligi tekshiriladi, shuningdek, 
ma`lumot olishda yordam bergan metodlar qiyoslanadi, keyin zarur bo’lsa, 
matematik hisob-kitoblar olib borish uchun uskunalar tayyorlanadi va nihoyat 
natijalar yozma ko’rinishda qayd qilinadi. “Natijalar ishonchliligining sharti 
shundaki, - deb yozadi u, - kuzatuvchi o’z ishida to’g’ri yo’lda turadi, chunki biz 
aytganimiz kabi, uzunlikni aniqlash ishi katta mahoratni talab qiladi. Undan keyin 
ishning borishini yashirish emas, balki yoritish davomida olingan natijalardan 
xotirjamlik ham bu ishonchning sharti bo’lib hisoblanadi; natijalarning yashirilishi 
muallifning o’z ishi mahsuliga bo’lgan ishonchsizligining eng sezilarli belgilaridan 
hisoblanadi”.
Qayd qilish lozimki, Beruniy ham Xorazmiy va Forobiylar kabi ilmni dindan 
ajratishga harakat qilgan. U Hindiston haqidagi asarida yozadiki, insonlarning 
ilmning u yoki bu muammolari bo’yicha adashishlari quyidagi ikkita sabab bilan 
izohlanadi: birinchidan, haqiqiy bilimlarning etishmasligi, ikkinchidan, ilmiy 
masalalarni diniy masalalar bilan chalkashtirish.
Ibn Sino turli ishlarida ilmiy ta`limot mazmuni, tamoyillari va metodlari 
haqidagi qarashlarni uchratish mumkin. Xususan, u shunday yozadi: «Har bir ilmda 
birinchi navbatda narsalarning ta`rifini bilish lozim. Ularning mavjudligi esa oxir 
oqibatda isbot orqali aniqlanadi, chunki ular mazkur ilm aniqlab beradigan 
hodisalarni o’zida aks ettiradi. ... Ilm o’rganuvchi, birinchi navbatda, mazkur ilmni 
o’rganish uchun o’sha ilmni o’zlashtirib olishi lozim. Boshqacha aytganda, biz 
aytamizki, har qanday ilm o’z predmetiga, muammolariga va dastlabki 
tamoyillariga ega”. 


145 
Ibn Sino ta`limotiga ko’ra, ilmiy ta`limot metodlari fanlar o’rtasidagi 
aloqalarga tayanadi. Bunday aloqa uch tomonlama bo’lishi mumkin. Birinchidan, 
qandaydir ikkita fandan bittasi boshqasiga bo’ysunishi mumkin va unda past 
bosqichda turuvchi fan o’z tamoyillarini yuqori bosqichda turuvchi fandan olishi 
mumkin. Masalan, musiqa ilmi o’zining asosiy tamoyillarini arifmetikadan, 
tibbiyot ilmi fizikadan yoki barcha fanlar birgalikda falsafadan olishi mumkin. 
Ikkinchi dan, har ikkala fan bir xil tadqiqot predmetiga ega bo’lishi mumkin, lekin 
ulardan biri mazkur predmetni mohiyat tomonidan tekshirsa, ikkinchisi aktsident 
tomonidan tekshiradi va birinchi hamda ikkinchi fanlar o’zaro ayrim tamoyillari 
bilan o’rtoqlashishi mumkin. Masalan, astronomiya fizikaga tayanganligi uchun 
fizika osmon jismlari allbatta aylana bo’ylab harakatlanishi kerakligi haqidagi 
qoida bilan o’rtoqlashadi. Uchinchidan, ikkita fan bitta turning ko’rinishlari 
bo’lgan ob`ektlarni o’rganishi mumkin. Bunday paytda nisbatan sodda 
ko’rinishdagi fan nisbatan murakkab bo’lgan fanni tamoyillar bilan ta`minlashi 
mumkin. Masalan, miqdorning ikki ko’rinishini o’rganadigan arifmetika va 
geometriya fanlari o’rtasidagi munasabatlar shunday bo’ladi: arifmetika o’z 
tamoyillari bilan geometriya bilan o’rtoqlashadi.
Ibn Sino fikriga ko’ra, narsalar, tamoyillar, muammolar va fanlarning o’zaro 
bog’liqligi haqidagi bilimlar inson shaxsi shakllanishidagi etakchi omil sifatidagi 
ilmiy ta`limotning mazmuni bo’lib hisoblanadi: “Har bir fanga mos keladigan narsa 
hamda narsalar mavjud va biz ularning holatini tadqiq qilamiz. Bu holatlar u yoki 
bu fanning predmetlari deb nomlanadigan o’sha substantsial aktsidentsiyalarning 
o’zi bo’lib hisoblanadi. Masalan, geometriyadagi kattaliklar shu fan o’rganadigan 
predmetlar hisoblanadi”. 
O’rta asrlardagi Yaqin va O’rta Sharq qomusiy olimlarining gnoseologik, 
umumpedagogik va didaktik g’oyalarining o’zaro aloqasi ular ishlarida yoritilgan 
alohida ilm turlarining metodologik muammolarini tahlil qilishda juda ravshan 
ko’zga tashlanadi.
Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Tusiy va 
ularning hammaslaklari hamda izdoshlarining gnoseologik qarashlarining belgili 


146 
qirrasi shundan iboratki, predmetning inson ongida mavhumlashuv jarayoni 
ularning diqqatini jalb qilgan. Buning natijasida mazkur predmetning mohiyati 
tushunchasi va o’ziga xosligi shakllanadi va ishlab chiqiladi. Predmet va uni bilish 
manbasi qanday? bilish jarayoni qanday bosqichlardan tashkil topgan? Bilish va 
amaliy faoliyat o’rtasidagi munosabatlar qanday? – o’rta asr Sharqi barcha buyuk 
mutafakkirlarining diqqatini tortadigan mana shu hali to’liq bo’lmagan savollar 
ro’yxatidir.
O’rta asrlardagi Yaqin va O’rta Sharqda gnoseologiya muammolarini ishlab 
chiqishga Kindiy tomonidan ilgari surilgan uch bosqichli ilmiy bilish 
kontseptsiyasi kuchli ta`sir qilgan: mantiq va matematikadan tabiiy fanlar orqali 
metafizika muammolariga tomon boriladi. Bu bilan Kindiy matematika va 
tabiatshunoslikning falsafiy qarashlarni asoslashdagi rolini ta`kidlashga intilgan. U 
ilmiy bilish yo’lini mutakallimlarning mistik xayolparastligiga qarama-qarshi 
qo’ygan.
Kindiyning fikricha, haqiqatni bilishda va bu haqiqat bilan o’z harakatlarini 
moslashtirishda sababni aniqlash inson shuuriga ulkan yordam beradi. 
“Qidirilayotgan haqiqatni, - deb yozadi u, - uning sababini bilganimizdan 
keyingina bilib olamiz. Istalgan narsani va uning barqarorligini bilishning sababi 
esa haqiqat hisoblanadi, chunki mavjudlikka ega bo’lgan barcha narsalar haqiqat 
bo’lib hisoblanadi. Haqiqatni bilish mumkin, binobarin, mavjud bo’lgan barcha 
narsalarni ham bilish mumkin”. Kindiyning o’ylashicha, haqiqiy bilimlarni, atrof 
olam haqidagi tushunchalarni ishlab chiqarish qobiliyatiga esa faqat ong egadir. 
Forobiy fan va san`at tasnifini, shuningdek, ularning biridan ikkinchisiga 
o’tish tartibini bergan. U har bir insonning va butun xalqlarning mukammallikka 
intilishiga bog’liq bo’lgshan farog’ati haqida gapirgan, bu esa baribir bilimlar 
umumiy darajasi bilan bog’liqdir. Shu bilan birga, Forobiy ilmiy bilishning 
uzviyligiga, bu bilishning bir xalqdan boshqa xalqqa o’tishiga ham e`tiborni 
qaratgan.
Forobiy aytishicha, o’rganilayotgan ob`ektlar orasida shunday narsalar borki, 
bularga nisbatan xatoga yo’l qo’yish insonga xos emas. Bu shunday narsalarki, 


147 
ular haqidagi bilim insonda tabiatan mavjuddir. O’z mulohazalarini davom ettirib, 
Forobiy aytadiki, boshqa narsalarni bilishda esa, inson ba`zan adashadi va 
haqiqatdan yiroqlashadi. Bu sillogizm va deduktsiya yo’li bilan tafakkur va 
mulohaza orqali bilib olinadigan narsalardir. Va aynan shunday vaziyatlarda 
haqiqatni bilishga intilgan inson birinchi navbatda mantiq qonunlariga amal qilishi 
lozim.
Kaykovusning “Qobusnoma” asari adolat haqidagi XI asrning eng muhim 
pedagogik asarlaridan hisoblanadi. Bu asar sharq, shu jumladan, slavyan va evropa 
o’rta asrining janrining tipik namunasi, ya`ni otaning o’g’ilga, odatda, bo’lg’usi 
hukmdorga bergan o’gitlari bo’lib hisoblanadi. Slavyanlarda bunga o’sha XI asrda 
yaratilgan “Vladimir Monomax o’gitlari”ni misol qilib keltirish mumkin.
“Qobusnoma”da uning muallifi, Tabariston (Kaspiy dengizining janubiy 
qirg’oqlari) feodal doiralarining vakili, o’z o’g’li G’ilonshohga turmush qoidalari 
va o’gitlar majmuasini bayon qiladi. Kaykovus mulohazalari va maslahatlarining 
asosini insonning asosiy fazilatlari bo’lib barcha insonlarga ham nasib 
bo’lavermaydigan aql, rostgo’ylik va insonparvarlik ekanligiga bo’lgan ishonch 
tashkil etadi. Har bir inson hayotining asosiy etakchi ibtidosini esa quyidagi uchta 
axloqiy qoidaga rioya qilish tashkil etishi lozim: nimani gapirsang, o’shani qil, 
haqiqatga qarshi borma, sabrli bo’l.
“Qobusnoma” muallifining mulohazalarida inson hayotida bilimlarning 
roliga pragmatik yondashuv seziladi. Bu esa mazkur asarning amaliy yo’nalishini 
izohlab beradi: “Agar mol-mulk jihatidan kambag’allashsang, aql bilan boyishga 
harakat qil, chunki mol bilan boyishdan ko’ra aql bilan boyish afzalroqdir. Axir aql 
Bilan boylik topsa bo’ladi, lekin boylik bilan aql yig’ib bo’lmaydi. Aqlsiz tezda 
kambag’allashadi, lekin aqlni o’g’ri ham o’g’irlay olmaydi, suv ham, olov ham 
yo’qota olmaydi. Shunday qilib, aqling bo’lsa, nimanidir o’rgan, chunki 
ko’nikmasiz aql – kiyimsiz badan, yuzsiz odamdir, aytishadiki, ta’lim – aqlning 
yuzidir”.


148 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling