Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

Innovatsiyaning maqsadi – sarflangan mablag’ yoki kuchdan eng yuqori 
natija olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o’z-o’zidan paydo bo’ladigan 
yangiliklardan farqli o’laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi 
o’zgarishlar mexanizmini tashkil etadi. 
Ta`lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo’la olmaydi. Shu sababli 
“novatsiya” va “innovatsiya” tushunchalari o’rtasidagi asosiy farqlarni ko’rsatib 
o’tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko’lami 


151 
asos bo’lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo’lsa va yaxlit tizim 
xususiyatiga ega bo’lmasa, o’z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi elementlarini 
o’zgartirishni vazifa qilib qo’ygan bo’lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot 
qilayotgan bo’lamiz. Agar faoliyat ma`lum kontseptual yondashuv asosida amalga 
oshirilayotgan bo’lsa va uning natijasi o’sha tizim rivojlanishiga yoki uning 
printsipial o’zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz. 
Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya 
doirasida amalga oshiriladi, ko’lam va vaqt bo’yicha chegaralanadi, metodlar 
yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli
yaxlit va davomli bo’ladi, ma`lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, 
amaliyot sub’ektlari pozitsiyalarini to’la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi 
yo’nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat 
natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o’zi ham yangilanadi. 
Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga 
oshiriladi. Innovatsion jarayon deb – innovatsion o’zgarishlarga tayyorgarlik 
ko’rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. 
“Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy 
me’yorlarning mos kelmasligi, yohud amaliyotning yangi shakllanayotgan 
me’yorining mavjud me’yor bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali 
muammolarni еchishga qaratilgan faoliyatdir”, deb ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov. 
Innovatsion faoliyat bu amaliyot nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy-
madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat 
tizimi bo’lib, u ma`lum doiradagi muammolarni еchish qobiliyatigina emas, balki 
har qanday vaziyatdagi muammolarni еchish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega 
bo’lishdir. O’qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o’quv
jarayonini samarali tashkil etishdan iborat. 
O’tgan asrning 70-yillari oxirlarida A.M.Arseneva, K.N.Volkov,
M.N.Skatkin va O’zbekistonlik pedagog olimlardan bir guruhi pedagogika fani va 
amaliyotida muvaffaqiyatga erishish muammosini hal qilish borasida samarali 
g’oyalarni ilgari surdilar va ta’lim samaradorligini ta`minlashda o’qituvchining 


152 
ta’lim jarayoniga yangiliklarni kiritishga tayyorgarlik darajasi asosiy o’rin 
egallashini asoslab berdilar. Shunga ko’ra “innovatsion o’zgarishlarni sezish, 
anglash har qanday o’qituvchiga xos bo’lavermaydi, - deb yozadi U.Nishonaliyev, 
- bu еrda eng asosiysi o’qituvchining o’zi yangilikni sezishga psixologik jihatdan 
tayyor bo’lishidir”. 
Innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov 
ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi 
texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo’lib, uning 
progmatik xususiyati shundaki, u g’oyalar maydonida ham va alohida bir 
sub`ektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni 
amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop bo’ladigan holdagina haqiqiy 
innovatsion hisoblanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi 
texnologiyaning shakllanishi bo’lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga 
kelgan ixtironi – loyihaga, loyihani – texnologiyaga aylantirishga yo’naltirilgan 
faoliyatdir.
O’qituvchi innovatsion faoliyatini tashkil etib, uning shakllanish bosqichlarini 
quyidagicha belgilashi mumkin: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling