Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Fransiyada oliy ta’lim tizimi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
R.Ergashev darsligi
Fransiyada oliy ta’lim tizimi Fransiyada Oliy ta’limning tizimi 1984 yil 20 yanvardan kuchga kirgan “Savari” qonuniga binoan tashkil etiladi va unda 1968 yilgi Edgard Foraning asosiy prinsiplari saqlanib qolgan. Hozirgi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bois ushbu qonunga bir necha o‘zgartirishlar qilingan. Oliy ta’lim tizimiga o‘rta ta’limdan yuqori bo‘lgan va turli vazirliklar boshqaruvida bo‘lgan barcha ta’lim 121 muassasalari kiradi. Masalan, Fransiya milliy ta’lim, izlanishlar va texnologiyalar Vazirligi “yuqori maktablar”ning barchasini o‘z nazoratiga olmaydi. Qishloq xo‘jaligi, texnik va boshqa turga mansub “yuqori maktablar” Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan boshqariladi. Bu xorijiy ta’lim tizimini o‘rganishimizning maqsadi esa bitta respublika ta’lim tizimiga xorijiy tajribani tadbiq qilishdir. Ta’lim tizimining jahon darajasiga ko‘tarilishida bu tajriba asqotadi. Hozirgi kunda bevosita barcha ta’lim muassasalari jahon davlatlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatgan. Qolaversa, professor o‘qituvchilar chet davlatlarga borib malaka oshirib kelishmoqda. Va shu bilan o‘rganilgan tajribani, yangi pedagogik texnologiyalarni amalga joriy etishmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual me’rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling