Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Buyuk Britaniya ta’lim tizimi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
R.Ergashev darsligi
Buyuk Britaniya ta’lim tizimi
Buyuk Britaniya ta’lim tizimi ko‘p asrlar davomida takomillashib kelgan. Bugungi kunga kelib esa qat’iy talablarni o‘zida mujassamlashtirgan sifatli ta’lim tizimiga ega. Davlatda 5 yoshdan 16 yoshgacha ta’lim olish majburiy hisoblanadi. Ammo, negadir chet eldan kelgan oila farzandlari 7 yoshdan maktabga qabul qilinadi. Ta’lim tizimi 2 tarmoqqa ajratilgan: 1) Davlat byudjeti hisobidan (bepul ta’lim); 2) Xususiy (pullik ta’lim). Hozir umumiy ta’lim tizimi 1) Maktabgacha ta’lim; 2) Tayyorlov bosqichi; 3) Boshlang‘ich maktab; 119 4) O‘rta maktab. Aksariyat ota-onalar farzandlarini 3-4 yoshdan bog‘chaga joylashadi. Britaniyalik bolalar 1-sinfga 5 yoshda borishadi. 11 yoshda esa o‘rta maktabga o‘tiladi. Ya’ni, 6- sinfgacha boshlang‘ich ta’lim hisoblanadi. Ingliz yoshlari oliy ma’lumotni Universitet va institutlardan tashqari kollejlarda ham olishlari mumkin. Bugungi kunda Buyuk Britaniyada 600 dan ortiq davlat va xususiy kollejlar faoliyat ko‘rsatadi. Mamlakatda davlat ixtiyoridagi maktablardan tashqari xususiy maktablar ham talaygina. Eng qizig‘i, xususiy maktablarda o‘g‘il va qiz bolalarga darslar alohida tartibda o‘tiladi. Angliyada oliy ta’lim tizimi Hozirgi kunda Angliyada 118 ta Oliy o‘quv yurtlari mavjud. Angliyada hukumat darajasida tasdiqlangan ta’lim sohasidagi davlat standartlari mavjud emas. Ta’lim miqyosi ish beruvchilarning ehtiyojlari orqali belgilanadi. Oliy o‘quv yurtlar (universitet kollejlar) ixtiyoriy ta’lim darajasi bo‘yicha mustaqil ravishda asosiy ta’lim dasturlarini va fan dasturlarini qabul qilishadi va bunga javobgardirlar. O‘quv kurslarining mazmuni hattoki turli o‘quv yurtlarda bir xil mutaxassislik (yo‘nalish) bo‘yicha ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqqan holda bir biridan farq qilishi mumkin. O‘quv dasturi mazmuni ommaga chop etiladi va kelajakda talaba bo‘lmoqchi bo‘lganlarda ixtiyoriy ravishda kelajakdagi taxminiy professional faoliyatiga ko‘ra tayyorlov dasturlarini tanlash imkoniyati mavjud. Bunday vaziyatda ta’lim mazmunini Hukumat tomonidan nazorat qilinishi ma’lum darajada cheklanadi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling