Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar: 
 
1.Milliy mafkuraning vazifalarini tushuntirib bering.
2. Sinfdan va darsdan tashqarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni bilasizmi? 
3. O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga 
nimalar kiradi? 
4. Tarbiya jarayoni deganida nimalarni tushunasiz? 


116 
2.9. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bosqichlari 
 
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bosqichi maqsadni ko‘zlash bosqichidan 
keyin boshlanadi va undan faqat nazariy jihatdan farqlanadi, ammo amaliy jihatdan 
bu ajralmas jarayondir. Bu bosqichda tarbiyachilar oldida: tarbiyalanuvchilar bilan 
birga faoliyat yo‘nalishining barcha qismlarini aniqlash, ishtirokchilar orasida 
majburiyatlarni taqsimlash, ularni qanday qilib bajarish lozimligini ko‘rsatish kabi 
muhim vazifalar ham turadi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagicha yondashuv qilinishi mumkin: 
1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda tarbiyalanuvchilarning tayyorgarlik 
darajasiga tayanish, ularning yosh va shaxsiy xususiyatlarini imkon darajasida 
kengroq qamrash lozim. Chunki, ishning favqulodda murakkabligi tarbiyachi 
niyatining o‘quvchilar tomonidan anglab etolmasligiga, ishning nega va nima 
uchun bajarilishi haqidagi noaniq tasavvur esa, tarbiyaviy ishni quruq 
rasmiyatchilikka aylaniradi. Keyingi ishga qiziqtirish engil kechmaydi. 
2. Tarbiyaviy ish – jamoatchilik ishi. Tarbiyalanuvchilarga reja tuzish-ning 
nihoyatda mas’uliyatli mashg‘ulot ekanligini, tarbiyalanuvchi ishlayotgan har bir 
bo‘limning boshqa bo‘limlar bilan albatta bog‘liqligini va bir-birini taqozo etishini 
his qilishiga imkoniyat bering. Rejalashtirish, albatta, jamoaviy xarakter kasb etishi 
zarur. 
3. Rejalashtirishning tarmoqli uslubiyoti, ko‘rgazmali, oson o‘qiladigan va 
tushunarli chizma rejalar tuzish uslubiyotlari bilan tanishing. Tarbiyalanuvchilar 
bilan ularni o‘rganing, ularni mehnatning boshqa turlarini rejalashtirishda tarmoqli 
chizmani qo‘llashga o‘rgating. 
Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning umumiy nazariyasi texnologiya 
tayanadigan oltita qoidani taqdim etadi va ular tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda 
tarbiyachi tomonidan albatta hisobga olinishi zarur. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling