Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

 
 
 


117 
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar: 
1. Ta’lim jarayonida kreativlikni shakllantirish va rivojlantirishni izohlab 
bering. 
2. O‘quvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash haqida 
tuchuncha bering. 
3. Dars jarayonida o‘quvchilarni ijodkorlikka o‘rgatishda yo‘llari haqida 
izohlab bering. 
 
 
 
2.10. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari masofaviy ta’lim tizimi 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga 
asoslangan va jahondagi ilg‘or davlatlar ta’limi taraqqiyoti tajribalariga tayangan 
holda, kadrlar tayyorlash tizimini yaratish bugungi kunning asosiy vazifalaridan 
biriga aylandi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezedenti I.Karimov 
ta’kidlaganidek, “agar biz haqiqatdan ham qashshoqlik va qoloqlik kishanlaridan 
qutulmoqchi bo‘lsak, yoshlarni tayyorlash bilan juda jiddiy shug‘ullanishimiz, 
zamonaviy kasblarni egallashda ularga yordam berishimiz kerak”, chunki, ishlab 
chiqarish sohasi vakillarini tarbiyalash, o‘qitish, malakasini oshirib borish ijtimoiy 
himoyalash taraqqiyotining garovidir. 
Shunday ekan, bizda xorijiy tajribani o‘rganish va amalga tadbiq qilish, 
qolaversa, oliy ta’lim va uni boshqarish tizimini o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad 
qilib qo‘ydik.
Yaponiya Oliy talim tizimi 
 
Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy 
bog‘liqdir. Oliy ta’lim tizimi quyidagiturlarni o‘z ichiga oladi: 
 To‘liqssikldagi universitetlar (4 yil).
 Tezlashtirilgan universitetlarssikli (2 yil).


118 
 Kasb ta’lim kollejlari. 
 Texnika institutlar. 
Bugungi kunda Yaponiya mamlakati hududida 600 dan ortiq universitet 
talabalarni qabul qilmoqda, shularning, 425 tasi xususiy o‘quv muassasalaridir. 
Yaponiyadagi umumiy talabalar soni 2.5 milliondan ko‘proq kishini tashkil etadi. 
Ta’lim muassasalari qatoriga boshlang‘ich kollejlar (2yillik o‘qitishssikli), o‘rta 
maxsus kollejlar (4yillik o‘quvssikli), texnikumlar (o‘quv tizimining davomiyligi 
5 yil). Biroq, Yaponiyaliklar oliy ta’lim sifatida an’anaviy tarzda faqatgina 
universitet ta’limini hisoblashadi.
Yaponiya ta’lim tizimida qanday farqli jihatlar mavjud? Ta’lim tizimining 
rivojlanish jarayonida, Yaponiya maorif tizimiga rivojlangan g‘arb mamlakatlari 
ta’lim tizimidan maktab tizimiga doir ba’zi elementlarni qabul qildi. Yaponiya 
o‘zining ilg‘or ta’lim tizimiga egadir va undagi struktura hamda vazifalar ko‘plab 
rivojlangan mamlakatlar bilan umumiy jihatlarga ega.Yaponiya Oliy ta’lim tizimi 
yuqoriligi bilan dunyoda etakchi o‘rinni egallaydi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling