Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/69
Sana17.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1679945
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69
Bog'liq
R.Ergashev darsligi

Isbotlash bosqichi 
O‘qituvchi o‘quvchilarni dunyoqarashini o‘stiruvchi 
bilimlarga, 
turli 
predmetlar 
tushunchalarini 
umumlashtirishga rag‘barlantiradi. O‘quvchilar o‘z 


171 
irodalarini dunyoqarashini kengaytiruvchi bilimlarga 
qiziqishga yo‘naltiradilar.

Mazmunli bosqich O‘qituvchi yangi o‘quv materialini kiritadi, shu bilan 
birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar 
majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan 
tayanch 
bilimlarni 
jalb 
qiladi. 
O‘quvchilar 
umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy 
bilimlar darajasida o‘zlashtiradilar. 

Vositalarni 
tanlash bosqichi 
O‘qituvchi bilimlarini umumlashtirishga yordam 
beruvchi turli predmetlarni, ko‘rgazmali vositalarni, 
darsliklarni, jadvallarni, savolnomalarni, amaliy 
vazifalarni tanlaydi. Bu vositalar o‘quvchilarga 
ko‘chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakteridagi 
integratsion masalalarni hal qilishga yordam beradi. 

Natijal bosqichi 
O‘qituvchi ta’lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash 
maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun 
pedagogik bilimlarni qo‘llaydi. O‘quvchi bilimlar 
tizimida, umumlashtirib ularni amalda qo‘llaydi.

Nazorat qilish 
bosqichi 
O‘qituvchi bir-biri bilan bog‘langan predmetlarga 
o‘quvchilarning tayyorgarligini nazorat qiladi, 
o‘zlashtirishlarini 
baholaydi. 
O‘quvchilar 
o‘z 
bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo‘yicha o‘z-
o‘zini ham, ularni birlashtirish ko‘nikmalarini ham 
nazorat qiladilar.
Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash o‘qituvchi (ta’lim 
berish) va o‘quvchi (ta’lim olish) harakatlarining mos kelishini ko‘zda tutadi. 
Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, 
vositalar, natijalar, nazorat. Biroq o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlarining 
mazmunida farq bor.
Ta’limni tabaqalashtirishni rad etmaydigan, uni to‘ldiradigan integratsiyani 
ta’lim tizimiga kiritish, jamiyatga yaxlit dunyoqarashga, o‘zidagi bor bilimlarini 
mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondoshish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan bilimdon yoshlarni tarbiyalab, kamolga etkazishda 
an’anaviy predmetlarga bo‘lib o‘qitishga nisbatan ko‘proq yordam beradi.


172 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling