Pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
R.Ergashev darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmunli bosqich
- Vositalarni tanlash bosqichi
- Natijali bosqich
Isbotlash
bosqichi O‘qituvchi o‘quvchilarni dunyoqarashini o‘stiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga rag‘barlantiradi. O‘quvchilar o‘z irodalarini dunyoqarashini kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yo‘naltiradilar. 3. Mazmunli bosqich O‘qituvchi yangi o‘quv materialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. O‘quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida o‘zlashtiradilar. 4. Vositalarni tanlash bosqichi O‘qituvchi bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi turli predmetlarni, ko‘rgazmali vositalarni, darsliklarni, jadvallarni, savolnomalarni, amaliy vazifalarni tanlaydi. Bu vositalar o‘quvchilarga 15 ko‘chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakteridagi integratsion masalalarni hal qilishga yordam beradi. 5. Natijali bosqich O‘qituvchi ta’lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qo‘llaydi. O‘quvchi bilimlar tizimida, umumlashtirib ularni amalda qo‘llaydi. 6. Nazorat qilish bosqichi O‘qituvchi bir-biri bilan bog‘langan predmetlarga o‘quvchilarning tayyorgarligini nazorat qiladi, o‘zlashtirishlarini baholaydi. O‘quvchilar o‘z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo‘yicha o‘z-o‘zini ham, ularni birlashtirish ko‘nikmalarini ham nazorat qiladilar. Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash o‘qituvchi (ta’lim berish) va o‘quvchi (ta’lim olish) harakatlarining mos kelishini ko‘zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor. Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning quyidagi bosqichlari mavjudligi aniqlandi (1-jadval): Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida boshlang‘ich ta’limda integratsiyani amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalar aniqlandi: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling