Pedagogikasi


q o i\ ипЬ Ьегза1аг»,- deb уоА\%гп


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/79
Sana03.09.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1672307
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

q o i\ ипЬ Ьегза1аг»,- deb уоА\%гп егшзЬ. М1гео B obum ing gapi 1 о ^ ‘п
12Алавия М. «Узбек халк кушиклари». - Т., «Фан», 1959,209-бет.
15 Алавия М. «Узбек халк кушиклари». - Т., «Фан», 1959, 209-бет.
37


chiqqanidan hayratga tushgan Umarshayx o 'g'lidan «Bunchalik 
topqirliging boisi nedur?»,- deb so‘rabdi.
«Ota,- debdi Bobur,- bu kabutarga e’tibor qilmadingiz. 0 ‘tgan yili 
qovun sayli xushxabarini xuddi ana shu jonivor xabar qilg‘on erdi, 
kaminaning ko‘zi kabutarning o ‘ng qanotidagi qora xolga tushgan zahoti 
ani tanidi va shu so‘zni taxmin etdi,»- deb javob beribdi.
Yosh Mirzoning hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx 
a’yonlariga qarab: «Qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq lozimdur. 
Xabar qilinglar, barcha qovun sayliga otlansun!» - deb farmoyish 
beribdi.
Rivoyatlar - xalqning tarixiy o ‘tmishi, ajdodlarimiz ko'rsatgan 
buyuk qahramonliklar haqidagi badiiy yodnomalardir. Rivoyatlar 
afsonalarga qaraganda tarixga yanada yaqin turadi. Shunday qo‘hna 
rivoyatlar borki, ularning mavzusi hali-hanuz o ‘z hayotiy ligini, 
tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmagan. Quyidagi «Ustoz o‘giti»'4 rivoyati 
mazmunidan yuqoridagi fikrlarning tasdig‘ini ko‘ramiz:
Alisher Navoiy butun umri davomida yaxshilarni qo‘llab-quvvatlab 
o'tgan ekanlar. Lekin shoir yashagan davrda yaxshilar oz-u, yomonlar 
ko‘p ekan. SHunda Husavn Boyqaro: «Do‘stim Alisher, yurtda o 'g 'ri, 
poraxo‘r, johil odamlar ko'payib ketdi. Buning oldi olinmasa, saltanat 
inqirozga yuz tutishi tabiiydir. Shuning biror tadbirini qilmasak 
bo'lmaydi», - debdi.
Navoiy kishilarni yomon yo‘ldan qaytarib, yaxshi. yo'lga solish 
rejasini tuza boshlabdi, ustozining oldiga borib, voqeani aytib beribdi. 
Ustozi: «Buning birdan - bir vo'li odamlarning qabristonda ko'proq 
bo'lishlariga erishmoqdir. 
Ular qarindosh-urugMarining qabrlarini 
ziyorat qilsalar, bu hoi o ‘zgacha ta’sir qiladi. Mozorga borgan kishi uni 
supurib-sidiradi, gullarga suv quyadi, toat-ibodat qiladi. Shunday paytda 
u bir kunmas-bir kun shu yerga kelishini o ‘ylaydi, vaqti-soati yetganda 
shu joyda yotishini anglaydi. Kevin: «Bu dunyoda yaxshilik qilgan ham, 
yomonlik qilgan ham o 'tar ekan, kel men yaxshilikka yuz tutay, deb 
o ‘ylaydi va insofga kelib o ‘zgaradi, yaxshilik yoMini tutadi,» - debdi. 
Navoiy ustoziga tasannolar aytib, do'sti sulton Husayn Boyqaroga: 
«Shunday bir farmon bitmoq kerakki, hamma shodlik kunlarini ham, 
noxush kunlarini ham qabristonda o'tkazsin»,- deb maslahat beribdi. 
Husayn Boyqaro shunday deb farmon chiqaribdi. Hamma bayram 
kunlarini ham, m a’raka marosimlarini ham qabristonda o ‘tkaza 
boshlashibdi. Qabriston bamisoli tarbiya makoniga aylanibdi. Bora-bora
14 Лсотирлар ва ривояглар. - Т., «Ёш гвардия». 1990, 64-бет. (кискартириб олинди)
38


o‘g‘rilar ham, poraxo'rlar ham qabristonga borib, o‘zlarining xatti- 
harakatlarini, xulq-atvorlarini o'zgartira boshlabdilar.
Shunday qilib Navoiy bilan ustozining harakatlari tufayli yurtda 
o‘g‘ri, johil, badfe’l odamlar kamayib, odamlar o ‘rtasida ahillik, 
birodarlik va mehr-oqibat kuchayib borayotganini ko‘rgan Husayn 
Boyqaro Navoiy bilan ustoziga tasannolar aytibdi.
A sotirlar (m iflar) - ibtidoiy insonlarning koinot. tabiat hodisa- 
larining mohiyati. paydo bo‘lish sabablarini o ‘zlaricha izohlash 
maqsadida yaratgan og'zaki hikoyalar bo'lib, voqealar yaxshilik va 
yovuzlik, yorug'lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik o'rtasidagi abadiy 
kurashlar misolida ifodalanadi. Asotirlar bir qancha turlarga bo‘linadi:
A ntropogonik m iflar - insonlarning paydo bo'lishi haqidagi 
asotirlar.
Etnogonik m il a r - biror urug', qabila, xalqlarning paydo bo'lishi 
haqidagi miflar.
Esxatologik m iflar - insonlarning kelajagi haqidagi asotirlar.
Edologik aso tirlar - tabiat hodisalari, tabiatdagi biror predniet yoki 
hodisaning paydo bo'lishi haqidagi miflar. Masalan, «Xazorasp» mifida 
uchar otlarni tutib, qo‘lga o‘rgatilganligi haqida hikoya qilinadi:
«Qadim - qadimlarda bir mamlakatda uchar otlar bo‘lgan ekan. 
Ular uchib kelib, buloqdan suv ichib bo'lishgach, yana kelgan 
tomonlariga qarab uchib ketishar ekan. Odamlar ana shu otlarni tutib 
minmoqchi, qo‘shga qo‘shmoqchi bo'lishibdi. Hech qanday yo‘l bilan 
ularni ushlolmagach, uchar otlar doim kelib suv ichadigan buloqqa 
behush qiladigan dorilardan sepib qo'yishibdi. Otlar uchib kelib, 
odatdagiday buloq suvidan sipqorib, to‘yib-to‘yib ichishibdi-da, hushdan 
ketib, birin-ketin qulay boshlabdilar. Butazorlarda poylab turgan 
odamlar yugurishib chiqib, otlarni ushlab minib olaveribdilar. Keyin 
qanotlarini qirqib, ustiga minibdilar, qo'shga qo‘shibdilar. Shu buloq 
atrofi obod, 
ko‘rkam 
bo'lib ketibdi. Ekinzorlar paydo bo'libdi. 
Odamlar bu joyning nomini Xazorasp, ya’ni ming ot qo'ngan, ming ot 
tutilgan joy, deb yurita boshlabdilar.
Kosm ogonik m iflar - dunyoning paydo bo'lishi, koinot jismlari 
haqidagi miflar. Koinot jismlari o'rtasidagi nisbatni o ‘zining insoniy 
turmush doirasiga kiritib izohlash kosmogonik asotirlarga xos yetakchi 
xususiyat hisoblanadi. Uzoq ajdodlarimiz koinot sirlarini tushunma- 
ganlar, shu bois Oy va Quyoshni ota-ona, yulduzlami esa ularning 
bolalari sifatida izohlaganlar. Ularning kun va tunda doim o ‘rin
39


almashib turishini esa er-xotinning nizolashib qolganliklari tarzida 
tushuntirganlar.
Quyidagi asotirda esa Oy va Yulduzning muhabbati talqin qilinishi 
orqali «Yulduzning uchishi» izohlanadi: Osmonda turib olam-jahonni 
yorituvchi Oy tun malikasi Yulduzni sevib qolibdi. Yulduzning ishqi 
ham Oyga tushibdi. Ikkalovi bir yostiqqa bosh qo‘yib, birga yashaymiz 
deb ahdu paymon qilishibdi. Buni Quyosh bilib qolibdi. Oy bilan 
Yulduzning bir-birini sevib, ahil oila qurishiga qarshi chiqibdi. Oyga: 
«Bu yo ‘lingdan qayt», - debdi. Oy: «Yo‘q, qaytmayman. Ahdim ahd, 
Yulduzga uylanaman», - debdi. Quyosh Yulduzga: «Bu niyatingdan 
qayt», - debdi. Yulduz: «Yo‘q, bu yo'ldan qaytmayman. V a’dam va’da»,
- debdi. Quyosh: «Hali shunaqami, mana boMmasa», - deb Oy bilan 
Yulduzga tashlanibdi. Yulduz qochib qolibdi. Oy qocholmabdi. Quyosh 
uning yuzini timdalab olibdi. Yulduzning uchishi shundan emish. 
Oyning yuzida dog‘ bo‘lishi shundan em ish...

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling