Pedagogikasi


«Hunarsiz  kishi o‘limga yaqin»


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/79
Sana03.09.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1672307
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

«Hunarsiz 
kishi o‘limga yaqin» 
ertagida bir m am lakatning podshohi kam bag‘al 
o ‘tinchining qizini so ‘ratib sovchi yuboradi. Shunda qiz: «Podshoning 
nim a hunari bor? M en hunarli kishiga tegam an», - debdi. Sovchilar: 
«D unyoda podshohlikdan ham katta hunar boMadimi? Podsho barcha 
hunarli fuqarolam ing otasi bo ‘ladi», - debdilar. Q iz b o is a : «M enga 
hunarlilam ing otasi kerak emas, hunarlikning o ‘zi kerak. Zam on 
o'zgarishi bilan bugun podsho bo'Igan kishi, ertaga taxtdan surilib, 
tilanchi b o ‘lib qolishi mumkin. Podshohingizga borib ayting, m enga
99


hunarini k o ‘rsatsin, undan so 'n g tegam an»,- debdi. Sovchilar qaytib 
kelib, b o ig a n gapni podshohga so ‘zlabdilar. A w a lig a shohning 
achchig‘i kelibdi va qizni o ‘limga buyurm oqchi boMibdi. S o‘ng o ‘ziga 
kelib, gilam to ‘qishni o ‘rganibdi. Hatto m am lakat podshohlari ham 
hunam i qadrlaganlari va o'zig a m unosib kishilarni hunarm andlar 
orasidan qidirganlarini ushbu ertak m azm unidan bilib oldik.
K o‘rib turganingizdek, o ‘zbek xalq o g'zaki ijodida hunar yuksak 
baholanadi, bolaligidanoq hunarga m ehr qo'y ib , hunarm and b o ‘lib 
yetishgan asar qahram onlari faqat m a’lum bir kasb egasi b o 'lib qolm ay, 
balki aqliy, jism oniy va m a’naviy yetuk, barkam ol shaxs sifatida 
tasvirlanadi.
0 ‘zbek xalq pedagogikasida xalq amaliy san ’ati ustalarining kasb- 
hunarlari yuqori baholanib, yoshlam i hunar o'rganishga, turli kasb- 
hunar sohalariga qiziqtirishga g ‘am xo‘rlik va boshchilik qilishlari kerak- 
ligi uqtiriladi. Shuningdek, zam onam izning barkam ol yoshlari ilmli, 
hunarli b o ‘lishlari bilan birga aql-idrokli, fahm -farosatli, m ohir hunar­
mand va ibratli odob-axloq egasi boMishi zarurligi q a t’iy ta ’kidlanadi.
X alqim iz hunar egalarini 
qanchalik 
ardoqlagan va yuksak 
baholagan b o ‘lsa, axloqiy yetuklik, kasbga hurm atni ham shunchalik 
yuqori o ‘ringa q o ‘ygan. Xalq amaliy san ’atiga, shu orqali hunar 
egallashga qiziqishni u y g ‘otish axloqiy tarbiya bilan u y g ‘unlikda olib 
borilganligi tufayli diyorim izda o ‘zbek m adaniyatiga ulkan hissa 
q o ‘shgan qanchadan-qancha yirik m utafakkirlar, olim lar, ilmu fan, 
san’at va adabiyot nam oyondalari yetishib chiqqan.
Xalq pedagogikasi m anbalarida berilishicha, yoshlam i hunarm and 
bo‘lishga odatlantirish, qiziqtirish, yo'llash va undash eng avvalo 
oiladan boshlanadi. H unar o ‘rgatish orqali axloqiy tarbiyalash ham 
a w a lo oilada keyinchalik ta ’lim m uassasalarida davom etadi. Oiladagi 
kattalar yoshlam i hunar o ‘rganishga y o ‘naltirish, ulam ing hunam i 
egallayotganlarini sinchiklab kuzatib borishi va m anzur b o ‘lgan ishlari 
uchun rag ‘batlantirib, maqtab, m ukofatlab turishlari haqida xalq pedago- 
gikasidan ju d a k o ‘p m a’lum otlam i olish mumkin. Zero, xalq o 'tm ish ida 
aytilgan axloq-odob, hunar haqidagi fikrlam i davr elagidan saralab 
o ‘tkazadi, durdonalarini ardoqlab, kelajak avlodga uzatadi. Demak, xalq 
am aliy sa n ’ati nam unalari yoshlarda kasb-hunarga m ehr u y g ‘otish 
ham da m ehnatsevarlik hissini singdirish vositasi b o ‘lib qolaveradi.
0 ‘zbek xalqining teatr va m usiqa san’ati m a’naviy m adaniyatda 
m uhim o ‘rinni egallaydi. Turli xalq bayram lari va sayillarida, to ‘y va 
ziyofatlarda doim o om m aviy xalq o ‘yinlari sahnalashtirilgan, askiyaboz-
100


lik, qo ‘g ‘irchoq teatri, darboz, sozanda-go‘yanda va m asxarabozlik 
san’ati nam oyish qilingan. 0 ‘zbek xalq teatri m asxaraboz-qiziqchilar va 
qo‘g ‘irchoq teatrlariga b o ‘lingan bo‘lib, ularda askiyaboz, m uallaqchi, 
darboz, nayrangboz (fokuschi), yog‘ochoyoq, m asxaraboz, qiziqchi, 
q o ‘g ‘irchoq o ‘ynatuvchilar, sozandalar ishtirok etishgan.
U lar 
boy 
zodagonlarning 
xasisligi, 
nopokligi, 
ta ’magirligi, 
m unofiqligini ayovsiz fosh qilganlar.
M illiy teatr taraqqiyot bosqichini o ‘rganar ekanmiz, xalqim iz 
k o ‘ngli zavq-shavqqa to ‘lgan, san’atni qadrlaydigan, yuksak didli 
ekanligiga yana bir bor amin boMamiz. Zero, «yuksak badiiyat va 
haqqoniylik, ezgu m aqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan sug'orilgan 
asarlar yaratish - barcha san ’at turlari kabi bu soha uchun ham asosiy 
m ezon bo‘lishi tabiiydir».42
M usiqa m adaniyatida xalq ashulalari, xalq kuylari, sozandachilik 
san’ati rivojlangan. Ilk to ‘la maqom XVI asrga oid Buxoro «Shoshma- 
qomi»dir. M aqom larning asosiy mazmuni lirik sevgi va didaktik 
she’rlardan tashkil topgan. Hozirgacha eng sevimli m aqom lar Umar 
Hayyom, Jom iy, Rumiy, Navoiy, Bedil, Ogahiy kabi klassik shoirlar- 
ning asarlari asosida bastalangan.
M usiqa haqida Aflotun: «M usiqa insonlarni tarbiyalashda har 
qanday o ‘zga vositalardan afzaldir. Chunki ohang va u yg ‘unlik inson 
ruhi va ruhiyati tom on y o ‘l topadi», - degan b o ‘lsa, buyuk boboka- 
lonimiz A lisher Navoiy:
«K.o‘ngil xush ohangdan quvvat, ruh esa xush ovozdan oziq oladi»,
- deydi.
Q u r’oni Karimdagi suralar ohangdor ovoz bilan, qiroat ila o ‘qi!ishi 
ham yuqoridagi fikrlar tasdig‘idir.
Bir tabiatshunos olim um rining oxirida o ‘zining she’riyatga, 
m usiqaga ishtiyoqi kam aygani xususida kuyinib, agar umrimni qaytadan 
boshlash nasib qilganda, har haftada laoqal bir marta biroz she’r o ‘qish, 
andak m usiqa tinglashni qoida qilib, shu y o ‘l bilan m iyam ning tegishli 
qism larini faol holatda saqlab qolgan bo‘lardim, deb yozgandi.
S a’diy Sheroziy kuy va q o ‘shiqni «Ruh ozuqasi» deb bejiz ayt- 
m agan. Kishi yaxshi kuyni tinglaganda, jaholatdan yiroqlashadi, 
m uhabbat, sadoqat, g o ‘zallik kabi yuksak insoniy his-tuyg‘ulami qalban 
his etadi, natijada did va nafosat tuyg‘usi shakllanadi.
Shuningdek, m usiqaning inson kayfiyati va sog‘ligiga ta’siri 
beqiyosligi bois uning tibbiyotda qo ‘llanilishi ko‘hna tarixim izdan

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling