Pedagogikasi


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/79
Sana03.09.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1672307
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

«Ahdning tug‘ilishi» 
rivoyatida aynan shunday 
erka-tantiq farzand haqida s o 'z yuritiladi:
«B ir kishining yakka-yu y o lg ‘iz farzandi bo ‘Iar ekan. Arzanda 
boMgani uchunm i, u erka-tantiq boMib o ‘sibdi. Kap-katta boMsa ham bir 
ishning boshini ushlay dem abdi, ota-onasining yelkasida o g ‘ir yuk 
b o ‘lib yuraveribdi.
O ta o ‘g ‘lini ju d a k o ‘p hunar egalariga shogirdlikka beribdi, lekin 
arzanda biror kasbni egallash uchun hech yerda q o ‘nim bilmabdi, ishga 
b o ‘yin yor berm ay juftakni rostlab qolar, jonining huzurini k o ‘zlar ekan.
Shunday b o ‘lavergach, ota bolasini endi hunarli emas, savodxon 
m ullo b o ‘lsin deb, katta bir dom laga o ‘qishga beribdi. Ilm ning nozik va 
zahm atli talablariga arzanda o ‘g ‘ilning sabr va irodasi dosh berolmabdi. 
«D om lanikidan ham qochib uyga borsam, otam baribir meni qayergadir 
eltib beradi», - deb o ‘ylabdi va shahardan olisdagi hilvatroq yerlarga 
ketib qolibdi.
70


Y o ‘l yuribdi, m o‘l yuribdi. Bir o ‘rm on chetiga yetib kelib, daraxt 
ostiga yonboshlabdi va atrofni diqqat bilan kuzata boshlabdi. Shu payt 
shundoqqina oyoqlari orasidagi chuqurcha ichiga tushib qolgan donni 
bir chumoli urinib tepaga qarab chiqarayotganini k o 'rib qolibdi. Q izig'i 
shunda ediki, chumoli jo n iv o r donni m ing m ashaqqat bilan tepaga 
sudrar, don endi chuqur og ‘ziga kelganda quyiga dum alab ketar, 
chumoli yana uni tishlab olib yuqoriga tortar, don esa yana pastga 
dum alar edi. Bolaning butun fikri-zikri ana shu chum olida b o ‘lib 
qolibdi. «Qani, oxiri nim a bo ‘larkin» degan fikr uni shu yerga m ixlab 
qo ‘ydi. Kun tushdan o ‘tibdi, chum oli ham on donni tortib chuqur o g 'zig a 
olib chiqaverar, bir bahya qolganda esa don yana sirpanib chuqurcha 
tubiga tushib ketaverarmish.
Kun bota boshlabdi. Biroq chum olining don uchun kurashi hanuz 
davom etaveribdi. Bola ham bu savdo bir yoqlik b o ‘lm aguncha shu 
yerdan jilm aslikka qaror qilibdi.
Kun botay deganda, qarangki, m ehnatkash, tirishqoq chumoli axiri 
donni chuqurcha ichidan tortib olib chiqishga muvaffaq b o ‘libdi. Bola 
ham o ‘zicha zahm atkash chum olini g ‘alaba bilan tabriklagan b o iib d i. 
Juda katta mehnati evaziga q o ig a kiritgan nasibasini sudrab ketayotgan 
chum oliga havas bilan tikilib turgan arzandaga bu hodisa, negadir, qattiq 
ta ’sir etibdi. «Oddiy chumoliki, bir dona yem ish uchun kun bo‘yi tirishib 
m ehnat qildi. Qanchalar qiyin boMmasin, maqsadi yoMidagi ahdidan aslo 
qaytm adi. Shu chumoli oldida men kim degan odam bo ‘ldim, axir!» - 
degan ajib bir o ‘y uning qalbini kem irib o ‘tibdi. Chum olining harakatini 
ko‘rib, ham m a muammo harakat bilan, g 'a y rat bilan hal etilishini bola 
qalban his etibdi. Arzanda ortiga qaytib, o ‘z dom lasi huzuriga kirib 
boribdi. S o ‘roqsiz ketib qolgani uchun ustozidan sidqidildan uzr 
so ‘rabdi. Bola arzandalikning zararli xulq-atvorlarini o 'zid an soqit qilib, 
ilm chashm asiga sh o‘n g ‘ibdi.»
Oila, oilada farzandning o ‘rni haqida ham qator xalq maqollarini 
aytib o ‘tishim iz mumkin: «O ila tinch - yurt tinch», «Oila q o ‘sh ustunli 
ayvon», «Bol - shirin, boldan bola shirin», «B ola k o ‘ngli - podsho», 
«Bola o ‘nga kirsa, otasi songa kirar», «D avlatning boshi - farzand», 
«B ola xondan ulug‘», «Farzand baxti - ona taxti», «Farzand - belning 
quvvati», «Farzand kamoli - ota jam oli», «Farzand boqqan ota, jonni 
qoqqan ona», «Farzand - dilband, farzand - qanot», «Farzanding - 
davlating, fazilati - ziynating» va h.
Shuningdek, oilada ota va onaning o ‘m i haqida ham qator m aqollar 
mavjud: «Ota - aql, ona - idrok», «O ta - bilak, ona - yurak», «Ona -
71


daraxt, bola - meva», «Onangni quyosh bilsang. otangni oy bil», «Ota 
bola uchun taxt yasar, baxt yasay olm as», «Otangga qiiganingni 
bolangdan k o ‘rarsan», « 0 ‘g ‘il-qiz yaxshi b o ‘lsa, ota-ona xursand. 
0 ‘g ‘il-qiz dono bo ‘lsa. elu yurt xursand».
Har bir o ‘zbek oilasida qarindosh-urug‘chilik m unosabatlariga katta 
e ’tibor qaratiladi, yoshlarga qarindoshlar bilan quvonchli kunlarni 
baham k o ‘rish, qayg'uli kunlarda hamdard bo ‘lish kabi m unosabatlar 
bolaligidanoq singdiriladi. Buni quyidagi xalq m aqollarida k o ‘rishim iz 
m um kin: «B orsang - qarindosh, borm asang - begona», «D o ‘st safarda 
bilinar, o g ‘a-ini - kulfatda», «Oziqli ot horim as, qarindoshli qarim as», 
«Y eb-ichganda yot yaxshi, qay g ‘u kunda - qarindosh». «Inisi borning 
irisi bor», «Onangni kaftingda tutsang, singlingni boshingda tut», «Ota -
xazina, aka-uka — tayanch» va h. Ertaklarda ham ushbu m asala keng 
yoritiladi. M asalan, 

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling