Pedagogning kommunnkativ ko‘nikmalarini rivojlantirish reja: Kommunikativ ko‘nikma-muloqot haqida tushuncha


Salomlashish, qo‘l harakatlari va ularning muloqot jarayonidagi ahamiyati


Download 0.94 Mb.
bet9/14
Sana29.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1732866
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
PYeEfKok1BXVx1mzQNwjvrZn6fA9kAcHV5strFmS

Salomlashish, qo‘l harakatlari va ularning muloqot jarayonidagi ahamiyati


Muomala jarayonida o‘zaro salomlashish muloqotning eng muhim komponentlaridan biridir. Qo‘l berib so‘rashish avvalda dushmanlik istagining yo‘qligini namoyish etishni bildirgan bo‘lsa, keyinchalik kishilik jamiyati uchun etiketga aylandi. Suhbatdoshning qo‘l berib salomlashish uslubi uning xarakteri va emotsional holati haqida axborot beradi. Bundan tashqari, noverbal xatti-harakatlar milliy va madaniy asosga ega. Har bir millat, mamlakat kishilari o‘z madaniy, milliy xususiyatlariga mos ravishda yurish-turish, turli imo - ishoralar, tana harakatlari mimikalaridan iborat bo‘lgan noverbal xatti- harakatlar tizimiga egadir. Bojxonachi ko‘pincha mamlakatning birinchi rasmiy vakili sifatida turli mamlakat fuqarolari bilan muloqotga kirishadi. Ular bilan muomala jarayonida har bir millatga mos keladigan aloqa usullarini tanlash g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Birgina keng tarqalgan qo‘l berib so‘rashish jestini har xil millat vakillari turli xilda qabul qilishadi. Masalan, Rossiyada guruhdagi bitta odam bilan alohida qo‘l berib so‘rashish mumkin bo‘lsa, Bolgariyada butun guruh bilan so‘rashib chiqishga to‘g‘ri keladi. Fransiya va Italiyada uzatilgan qo‘lingizni albatta siqishadi, Angliyada esa cho‘zilgan qo‘lingiz havoda muallaq qolib ketishi mumkin. Afrika va Yaqin Sharq xalqlarida suhbatdoshga tegib gaplashish muloqotning zarur sharti bo‘lib hisoblansa, yapon madaniyati muomalada bevosita yaqin aloqa (kontakt) ni maqbul ko‘rmaydi. Shuni e’tiborga olish lozimki, har qanday mamlakatda shoshqaloqlik bilan qo‘l uzatish ma’qullanmaydi.

Notiqlik san’ati.
Notiqlik lug‘atda nutq so‘zlamoq, xutba o‘qimoq, notiq bo‘lmoq ma’nolarini anglatadi. Notiqlik qadim davrlardan beri alohida mahorat, san’at sifatida, insondagi maxsus noyob qobiliyat tarzida talqin etib kelinadi. Shu tufayli notiqlikni nutq madaniyatidan farqlash lozim. Har qanday og‘zaki nutq shakli nutqiy mahorat ma’nosidagi notiqlik bo‘lavermaydi. So‘zlash madaniyati haqida gap yurituvchi va hatto notiqlar, targ‘ibotchilarga mo‘ljallangan asarlar ham, bizningcha “Notiqlik san’ati” nomi bilan atalavermasligi kerak.
Notiqlik san’atida tinglovchilarni, ommani o‘ziga tortishga intilish maqsadi birinchi o‘rinda turadi. Notiqning nutqi chiroyli, jozibali bo‘lishi shart. Chiroylilikka erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy kuchiga, jumlalar jimjimadorligiga katta e’tibor beriladi. G.O. Vinokur o‘zining (“Til madaniyati”) asarida nutq madaniyatining notiqlik bilan bog‘liq tomonlariga alohida to‘xtaladi. ““Notiqlik nutqi” deganda men har qanday monologik og‘zaki nutqni emas, balki tinglovchilarni ma’lum harakatga chorlovchi yoki ularga qandaydir g‘oyalar, tasavvurlar tizimini uyg‘otishga qaratilgan maxsus vazifa bajaruvchi nutqni tushunaman”.
Nutq madaniyati va notiqlik san’ati umumiy, o‘xshash tomonlarga ega. Har ikkala soha til va nutq, inson nutqi bilan aloqadadir. Har ikkalasi kishilar nutqiy faoliyatining foydali, ta’sirchan, o‘tkir bo‘lishi uchun kurashadi, insonning nutqiy madaniyatini, uning nutqiy hayotini, o‘stirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik ham nutqiy odob, nutqiy go‘zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan oziqlangan holda ish ko‘radi. Shunga qaramasdan bizning nazarimizda nutqiy san’at ma’nosidagi notiqlikni, ya’ni favqulodda nutqiy mahorat va qobiliyat bo‘lgan notiqlikni ommaviy nutq (notiqlik)dan farqlash lozim. Ba’zi notiqlarda uchraydigan notiqlik san’ati og‘zaki nutq sohasida shaxsiy qobiliyat va faoliyati tufayli erishiluvchi alohida san’atdir.
Kaykovusning XI asr Sharq pedagogikasi tarixida g]oyat qimmatli asarlar qatorida turuvchi “Qobusnoma”sida ham notiqlik sharhlari uchun alohida bob ajratilganligi bu san’atga bo‘lgan, uning san’atkoriga bo‘lgan qiziqishning orta borganligini ko‘rsatadi. “Qobusnoma”ning “Suxandonlik bilan baland martabaga ega bo‘lish haqida” deb nomlangan yettinchi bobida va hunarni egallashga bag‘ishlangan oltinchi bobida notiqlik sirlariga doir bildirilgan mulohazalar nafaqat o‘sha davrda, balki hozirda ham katta ahamiyatga ega.
Kaykovus hamma hunarlar ichida so‘z hunari-notiqlikni a’lo deb biladi. U notiqlikni egallashning yo‘li, birinchidan, “tinimsiz mehnat, o‘rganishdir”, deydi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling