Pedestrian Crossing Radar Management System
Dasturlash tillari rivolanishining birinchi qadamlari
Download 3.29 Mb.
|
Pedestrian Crossing Radar Management System full - для слияния
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi yuqori darajali dasturlash tillari: COBOL va FORTRAN.
Dasturlash tillari rivolanishining birinchi qadamlari.
Dasturlash tillari tarixidan. Dasturlash tillari, asosan, ikkinchi jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo uning boshlanish tarixi ancha olis yillarga borib taqaladi. Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan avvalgi 1800 yillar) Bobilda foiz bilan bog`liq murakkab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo`lib, agar bug`doy hosili 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o`sishi uchun necha yil va oy kerak bo`lish algoritmi tuzilgan. Birinchi EHM lar uchun dasturlarni dasturchilar mashina kodi tilida yozganlar. Bu juda qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon edi. Dastur tuzishni boshlash va ishlatib ko'rish orasida ancha vaqt o'tar edi. Bunday muammolarni yechish faqatgina dasturlash jarayonini rivojlantirish, optimizasiya qilish orqaligina bajarilishi mumkin edi. Dasturchilar mehnatini iqtisod qiluvchi bunday “jihoz” o'rnini qism dasturlari egalladi. 1944 yil avgustida releli “Mark-I” mashinasi uchun Greys Hopper (dasturchi ayol, AQSH ning dengiz ofiseri) boshchiligida sin x ni hisoblovchi qism dasturi yozildi. Greys Hopperdan boshqalar ham bu ishda ortta qolmadilar. 1949 yilda Jon Mouchli (ENIAK EHM si ixtirochilaridan biri) yuqori darajali dasturlash tillarining dastlabkilariga asos bo'lgan Short Code sistemasini ishlab chiqdi. 1951 yilda Greys Hopper birinchi bo'lib A-O kompilyatorini yaratdi. Birinchi yuqori darajali dasturlash tillari: COBOL va FORTRAN. O'tgan asrning 50-yillarida Greys Hopper boshchiligida yangi dasturlash tili va kompilyatori V-O ni ishlab chiqishga kirishildi. Yangi til dasturlashni ingliz tiliga yaqin tilda bajarish imkonini berdi. 30 ga yaqin inglizcha so'zlar tanlandi. 1958 yilda V-O sistemasi Flow-Matic nomini va tijoriy ma'lumotlarni qayta ishlashga yo'naltirildi. 1959 yilda COBOL (Common Business Oriented Language - umumiy tijoratga yo'naltirilgan til ) tili o'ylab chiqildi. Bu til mashinadan mustaqillikka ega bo'lgan yuqori darajali biznesga yo'naltirilgan dasturlash tilidir. Mashinadan mustaqillikka ega bo'lgan dasturlash tillarida yozilgan dasturlar istalgan turdagi EHM da mahsus kompilyatorlar vositasida bajarilaveradi. COBOL tilini yaratishda ham Greys Hopper maslahatchi bo'lgan. 1954 yilda FORTRAN (FORmula TRANslation) tili yaratilayotgani haqidagi xabar chop etildi. Bu dastur IBM kompaniyasining Nyu Yorkdagi shtab kvartirasida yaratildi. Uni a tuzuvchilardan biri Jon Bekus bo'ldi. U BNF(NFB - normalnaya forma Bekusa - Bekusning normal formasi ) muallifi bo'lib, bu forma ko'plab dasturlash tillarining sintaksisini izohlashda qo'llaniladi. Bu vaqtda Yevropa davlatlarida mashhur til ALGOL edi. Huddi Fortran kabi u ham matematik topshiriqlarga yo'naltirilgan edi. Unda o'sha davrning ilg`or tehnologiyasi - tarkibli dasturlash amalda qo'llangan. Ko'plab dasturlash tillari o'tgan asrning 60-70-yillarida paydo bo'ldi. Uzoq vaqt yashagan tillar sirasiga BASIC tilini kiritish mumkin. Bu dasturlash tili 1964 yilda Jon Kemeni va Tomas Kurc boshchiligida Dartmut universitetida ishlab chiqildi. Mualliflarining fikriga ko'ra bu til sodda, o'rganishga oson va murakkab bo'lmagan hisoblashlarni bajarishga mo'ljallangan. BASIC ko'proq mikro EHM va shahsiy kompyuterlarda keng tarqaldi. Dastlab bu til tarkib(struktura)li bo'lgani uchun sifatli dasturlashni o'rganishga qiyin bo'ldi. 1985 yilda uning yangi versiyasi True BASIC ishlab chiqildi. Bu dasturni tuzganlarni fikriga ko'ra bu til PASCAL nisbatan mukammalroqdir. 1991 yilda Visual BASIC ning birinchi versiyasi paydo bo'ldi. Download 3.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling