Perfect university
III. To‘lov miqdorlari va muddatlari
Download 125.18 Kb. Pdf ko'rish
|
shartnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22 500 000 (yigirma-ikki million, besh yuz ming)
- 20 250 000 somni tashkil etadi
III. To‘lov miqdorlari va muddatlari
3.1 2023/2024 - o‘quv yili uchun Universitet bakalavriat bosqichining II - KURS shartnomaning 1.1-bandida ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli uchun Talaba tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan shartnoma to‘lovi miqdori: 22 500 000 (yigirma-ikki million, besh yuz ming) 3.2. Talaba tomonidan mazkur shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan shartnoma to‘lovining kamida 50 foizi 2023-yil 15-sentabrga qadar to‘lanishi shart. Talaba 2023/2024- o‘quv yili uchun belgilangan shartnoma to‘lovining 100 foizini 2024-yil 1-aprelga qadar to‘lashi shart. Talaba tomonidan shartnoma to‘lovining 100 foizi shartnoma olingan muddatdan boshlab 2023-yil 31-avgustga qadar to‘langan taqdirda, jami shartnoma to‘lovining 10 % 2 250 000 so'm miqdorida chegirma taqdim etiladi va chegirma hisobga olingan holda shartnoma to‘lovi miqdori: 20 250 000 so'mni tashkil etadi 3.3. Talaba tomonidan shartnoma to‘lovini to‘lashda shartnomaning tartib raqami va sanasi, familiyasi, ismi va sharifi hamda o‘quv kursi to‘lov topshiriqnomasida to‘liq ko‘rsatiladi. . 3.4. Talaba tegishli fanlar bo‘yicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga o‘tkazilgan taqdirda, keyingi semestr uchun shartnoma to‘lovi Talaba tomonidan akademik qarzdorlik topshirilgunga qadar amalga oshiriladi. 3.5. Universitet ichki-tartib qoidalariga rioya qilmaganligi (bir semestr davomida 36 akademik soat dars qoldirganligi yoki ma’lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasini Universitetga o‘z vaqtida taqdim etmaganligi) sababli talabalar safidan chiqarilgan Talaba tomonidan to‘langan shartnoma to‘lovi qaytarib berilmaydi. Boshqa oliy ta’lim tashkilotidan, jumladan xorijiy oliy ta’lim tashkilotidan o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilgan hamda Universitetga o‘qishga qabul qilingan Talabaning soxta hujjatlardan foydalanganligi yoki o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq hujjatlarida yolg‘on va haqqoniy bo‘lmagan ma’lumotlar mavjudligi aniqlansa, Talaba Universitet talabalari safidan chiqariladi, bunda Talaba tomonidan amalga oshirilgan shartnoma to‘lovi qaytarib berilmaydi. Download 125.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling