Perfect university
IV. Shartnomani bekor qilish
Download 125.18 Kb. Pdf ko'rish
|
shartnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Fors-major holatlari
IV. Shartnomani bekor qilish
4.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi: Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan; Universitetning tashabbusiga ko‘ra Talaba talabalar safidan chiqarilganda; Talaba tomonidan shartnoma to‘lovi mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda va miqdorlarda amalga oshirilmasa; Talabaning tashabbusiga ko‘ra Talaba yozma murojaat qilganda; Qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda; 4.2. Talaba tomonidan shartnoma to‘lovi mazkur shartnomaning 3.2-bandi birinchi xatboshida belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, Universitet Talabani ogohlantirmasdan talabalar safidan chiqarishga yoki kursdan- kursga qoldirishga haqli. Boshqa hollarda Tomonlardan biri shartnoma shartlariga amal qilmaganda, ikkinchi Tomon shartnomani bekor qilish haqida kamida 5 kun oldin ogohlantirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin V. Fors-major holatlari 5.1. Ushbu shartnomaga asosan majburiyatlarning bajarilmasligi holatlari yengib bo‘lmas kuchlar natijasida vujudga kelganda fors-major holatlari deb hisoblanadi, bunda Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishdan qisman yoki to‘liq ozod bo‘ladilar. 5.2. Fors-major holatlariga Tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (pandemiya, zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va hokazo) sababli yuzaga keladigan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi. 5.3. Tomonlardan qaysi biriga majburiyatlarni fors-major holatlari sababli bajarmaslik ma’lum bo‘lsa, darhol ikkinchi Tomonga 10 kun ichida majburiyatni bajarmaslik sabablari haqida dalillar bilan xabar berishi lozim. 5.4. Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro etish muddati fors-major holatlari davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar fors-major ta’siri 30 kundan ortiq vaqt davom etsa, Tomonlar o‘zaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qilishlari mumkin. Download 125.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling