Perfect university
Download 125.18 Kb. Pdf ko'rish
|
shartnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- BEHZOD MAMADALIYEV BAXTIYOR OGLI
- 60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Talim shakli: : Sirtqi Oqish muddati: 5 YIL Oquv kursi: 2 kurs
- II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
60310100 | T-10052-Sonli bakalavriat bo‘yicha kadr tayyorlash uchun ikki tomonlama shartnoma Toshkent sh. 2023-07-16 16:49:42 “PERFECT UNIVERSITY” oliy ta’lim tashkiloti, keyingi o‘rinlarda “Universitet” deb ataluvchi nomidan buyruq asosida ish yurituvchi Universitetning rektori TURG'UNOV DONIYOR MANNAPJANOVICH bir tomondan, BEHZOD MAMADALIYEV BAXTIYOR O'G'LI keyingi o‘rinlarda “Talaba” deb ataluvchi ikkinchi tomondan, keyingi o‘rinlarda birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar o‘rtasida mazkur shartnoma quyidagilar haqida tuzildi: I. Shartnoma predmeti 1.1. Mazkur shartnomaga muvofiq Universitet Talabani quyida ko'rsatilgan ta’lim yo‘nalishi va ta'lim shakli bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida tasdiqlangan o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida o‘qitish majburiyatini oladi. Ta'lim yo'nalishi: 60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Ta'lim shakli: : Sirtqi O'qish muddati: 5 YIL O'quv kursi: 2 kurs Talaba esa Universitet tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda ta’lim olish va ta’lim olganlik uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. 1.2. Universitetda shartnoma asosida o‘qitishning to‘lovi (keyingi o‘rinlarda – shartnoma to‘lovi) miqdori ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli kunduzgi, kechki va sirtqi, o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq fanlarning farqini o‘qitish hamda to‘plagan ballidan kelib chiqib, har bir o‘quv yili uchun alohida belgilanadi. II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari 2.1. Universitetning huquqlari: Talabadan shartnoma majburiyatlari bajarilishini, shu jumladan Universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishni, dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashishni, shartnoma to‘lovini o‘z vaqtida to‘lashni talab qilish, Talaba shartnoma to‘lovini amalga oshirganidan so‘ng o‘qishga qabul qilish; Universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmagan yoki shartnoma to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirmagan Talabani ogohlantirmasdan talabalar safidan chiqarish yoki tegishli kursda qoldirish; Talaba Universitetning ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, xususan huquqbuzarlik sodir etgan hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qilish; Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarganda, shartnoma to‘lovi miqdorini o‘zgartirish; Shartnoma to‘lovi muddatlarini uzaytirish. 2.2. Universitetning majburiyatlari: Talabani o‘qitish uchun texnika va yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq zarur shart-sharoitlarni yaratib berish; Talabaning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquq va manfaatlarini himoya qilish; Talabaga oliy ta’limning davlat ta’lim standarti asosida yuqori darajada ta’lim berish; bakalavriat uchun mo‘ljallangan o‘quv reja va dasturlarda belgilangan fanlarni o‘zlashtirgan, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, Universitetni tamomlagan Talabaga oliy ma’lumot to‘g‘risida hujjat (diplom) berish. 2.3. Talabaning huquqlari: Universitetdan shartnoma majburiyatlari bajarilishini talab qilish; oliy ta’limning davlat ta’lim standarti asosida tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq ta’lim olish; Universitetning moddiy-texnik bazasidan, jumladan, laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalar, axborotresurs markazi va Wi-Fi hududidan bepul foydalanish; Universitetning ta’lim jarayonlarini yaxshilashga doir takliflar berish. 2.4. Talabaning majburiyatlari: Shartnoma to‘lovini mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lash; Universitet ustavi va ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish; Dars mashg‘ulotlariga uzrli sabablarsiz muntazam qatnashish; Ta’lim olish jarayonida o‘z bilim darajasini muntazam oshirib borish; O‘zining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan Universitetning ishchanlik obro‘si va manfaatlariga putur yetkazishdan tiyilish Download 125.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling