Ichki ish tartibi qoidalari yo’riqnoma tusidagi hujjat bo’lib, undan mehnat intizomini mustahkamlash, mehnat faoliyatini takomillashtirish, ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadi ko’zlanadi. Mazkur hujjat odatda quyidagi moddalardan iborat bo’ladi: - Umumiy qoidalar.
- Xodimni ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish tartibi.
- Xodim huquqlari.
- Xodim majburiyatlari.
- Ma’muriyaatning asosiy huquq va majburiyatlari.
- Ish vaqti.
- Xodimlarni rag’batlantirish tartibi.
- Xodimlar mas’uliyatlari.
Personalni boshqarish xizmatining farmoyish hujjatlari buyruq, farmoyish, qaror shaklida rasmiylashtiriladi. Buyruq- korxona yoki tashkilot faoliyati eng muhim tezkor masalalarini hal etish maqsadida rahbar yoki uning vazifasini bajaruvchi tomonidan yakka tartibda chiqaradigan me’yoriy hujjat hisoblanadi. Personalni boshqarish xizmati farmoyish hujjati hisoblangan quyidagi buyruqlar chiqarishi mumkin - Shtatlar jadvaliga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida;
- Rahbar o’rinbosari o’rtasida vazifalarni taqsimlash to’g’risida;
- Xodimlarga har yillik haq to’lanadigan ta’tillar berish tartibi va muddatlari to’g’risida;
- Ishga qabul qilish , yangi lavozimga tayinlash, boshqa ishga o’tkazish, ishdan bo’shatish to’g’risida;
- Qo’shimcha ( o’quv) ta’tili, navbatdagi ta’tildan chiqarib olish to’g’risida;
- To’liqsiz ish haftasi, to’liqsiz ish kuni o’rnatish to’g’risida;
- Jazolash to’g’risida;
- Malaka razryadi berish to’g’risida;
- Xizmat safariga yuborish to’g’risida va hokazolar .
Buyruq korxona yoki tashkilot rasmiy blankasida chiqariladiva unda quyidagi rekvizitlar bo’lishi talab etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |