Ikkinchi yo‘nalish — bu, yangi turdagi boshqaruv xizmatchisini, ya’ni yangi turdagi iqtisodiy jihatdan asosiy fikr yurituvchilarni tayyorlash, demakdir Gap shundaki, bozor iqtisodi yangi turdagi munosabatni, ya’ni erkin tadbirkorlik munosabatini ko‘zda tutadi. Ushbu munosabatlarda rahbarlik idoralari (davlat idoralari) aralashuvi avvalgiga qaraganda ancha kam bo‘ladi. Bozor munosabatlari shakllanishida ishbilarmon odamlarning (rahbarlarning, tashkilotchilarning, mutaxassislarning) quyidagi sifatlari: jumladan, tadbirkorlik, marketing, bank menejmenti, kichik biznesni boshqarish va hokazolar birinchi darajali rol o‘ynaydi.
Bizda turli xildagi mulkni: jamoa, shirkat, pudratchi, aksiyadorlik, shaxsiy va boshqalarni bunyod etish biz nomini
tilga olgan belgilarga ega bo‘lgan odamlar faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |