Personalni rag’batlantirish Reja
Download 122.81 Kb.
|
Personalni-rag’batlantirish - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatga haq to’lashni tashkil etish
- Mehnatga haq to’lashni tashkil etish tamoyillari
- Mehnatga haq to’lashga talablar
An'anaviy ish haqi mikdrrining uzgarishi (ortishi) uch holatda: xodim karerasi (lavozimda o’sishi va pasayishi), korxonada ish
haqi umumiy miqdorining o’zgarishi hamda vaqt-vaqti bilan har bir xodimni ragbatlantirish miqdorini qayta ko’rib chiqilishi natijasida ro’y beradi. Hozirgi sharoitlarda ish haqi umumiy darajasining o’zgarishi amalda o’rtacha ish haqi miqdorini muttasil oshirib borish jarayonidir. Narx-navoning o’sishi (pulning qadrsizlanishi) va mehnat unumdorligining ortishi bugungi iqtisodiyotda barqaror omilga aylanib, o’rtacha ish haqini oshirishga sabab bo’lyapti. Kompaniya yoki firma o’zi uchun zarur yuqori malakali xodimlarni ishga jalb etish, mavjud personalni saqlab turish uchun iste'mol bozorida narx-navoning oshishi bilan bog’liq xodimlar xarajatlarini muayyan darajada qoplash hamda mehnat unumdorligi ortishi bo’yicha yutuqlarni jamoa bilan baham ko’rish maqsadida ish haqi mikdorini o’zgartirib borishlari kerak. Ammo bu, aytaylik, yillik pulning qadrsizlanish darajasi 10 foizni tashkil etsa, o’rtacha ish haqini albatta 10 foizga, korxonada mehnat unumdorligi 5 foizga ortsa, o’rtacha ish haqi ham 5 foizga oshishini anglatmaydi. Ish haqi miqdorining ko’payishi pulning qadrsizlanish darajasidan yuqori yoki past bo’lishi mumkin. Biroq korxona mehnat bozorida raqobatbardosh bo’lishi uchun narx-navo o’sishi va ish haqi miqdori ko’payishi o’rtasida muvozanatni saklashi, ya'ni hyech bo’lmaganda ish haqining xarid xususiyatini ushlab turishiga harakat qilishi kerak. Ish haqini amalda oshirish miqdori qonunchilikdagi o’zgarishlar, mehnat bozoridagi talab va taklif, iqtisodiyotning ahvolidan kelib chiqadi. Mehnatga haq to’lashni tashkil etish tushunchasi ish haqi tarkibi, mehnat miqdori va sifatining unga to’lanadigan haqqa mosligi, shuningdek mehnatga haq to’lashning tarkibiy qismlari (me'yorlash, tariftizimi, mukofotlar, ustamalar, qo’shimcha to’lovlar va hokazolar) hisobga olinishi kerak. Mehnatga haq to’lashni tashkil etish tamoyillari iqtisodiy qonunlar amal qilishni aks ettiruvchi ob'ektiv, ilmiy asoslangan qoidalar bo’lib, ular ish haqi funksiyalarini to’liqroq namoyon etishga yo’naltirilgandir. Mehnatga haq to’lash negizida ijtimoiy ishlab chiqarishda mulkchilik shakllari, davlatning eng kam ish haqini belgilash sohasidagi siyosati, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish darajasi, mamlakat milliy boyligiga bog’liq bo’lgan ko’pgina tamoyillar yotadi. Alohida bir korxona uchun mehnatga haq to’lashning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - davlat tomonidan belgilangan ish haqi eng kam mikdorini hisobga olish; mehnatni tashkil etish masalalarida korxonaning mutlaq mustaqilligi; mehnat unumdorligi o’sishi sur'atlarining ish haqi o’sishi sur'atlaridan yuqori bo’lishi; ishlab chiqarishning pirovard natijalari va sarf etilgan mehnat miqdoriga muvofiq ish haqi to’lash; yuksak sifatli mahsulot, mehnat, ish va xizmatlarni rag’batlantirish; xodimlarning mehnatunumdorligini o’stirishdan manfaatdorligi, murakkab va oddiy, akdiy va jismoniy mehnatga haqto’lashda oqilona nisbatni ta'minlash; alohida kasblar, toifalar, guruxlar mehnatiga haq to’lash nisbatini ta'minlash; pul qadrsizlanishini hisobga olgan holda ish haqi miqdorini indeksatsiya qilish; mahsulot tannarxida ish haqining eng maqbul ulushini ta'minlash; tarmoqdagi turdosh korxonalarda o’rtacha ish haqi miqdorini hamda mintaqa (viloyatda) o’rtacha ish haqi miqdorini tahlil etish va korxonada bu o’rtacha ish haqlaridan yuqori bo’lgan ish haqi miqdorini ta'minlashni rejalashtirish; xodimlarning alohida toifalari uchun mehnatga haq to’lashning eng maqbul (ishbay, vaqtbay) turini tanlash; davlat hamda kompaniyaning o’zidagi mehnat kafolatlari yordamida xodimlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishni ta'minlash; mehnatga haq to’lash va uning tarkibiy qismlari (maoshlar, tarif stavkalari, mukofotlar va hokazolar) ning dinamikasini tahlil qilish. Bozor iqtisodiyoti mehnatga haq to’lashga juda qat'iy talablar qo’yadi. Bir tomondan, korxonalar mehnatini tashkil etish va unga haqto’lash, ish haqi fondi miqdorini belgilash, xodimlarga tarif stavkalari va maosh belgilash, xodimlarni ish sifati va miqdori uchun mukofotlashda to’la mustaqildirlar. Ikkinchi tomondan esa, kompaniya va firmalar o’z mahsulotlari bozorda raqobatbardosh bo’lishi uchun mehnatga haq to’lash bo’yicha xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini yaxshilash imkoniyatlarini muttasil izlashlari kerak. Ba'zi korxonalar bu muammoni oddiygina - ish haqi miqdorini hamda mahsulot narxini oshirish hisobiga hal qilmoqchi bo’ldilar. Oqibatda ular bozor iqtisodiyotining shafqatsiz qoidalariga amal qilishiga o’zlari guvoh bo’ldilar. Yuqoridagidek, o’ylamasdan ish tutish tayyor mahsulotlarning omborda taxlanib ketishi, aylanma mablag’lar tugashi, ish haqi to’lay olmaslik, oqibat natijada malakali ishchiva xizmatchilarni ishdan bo’shatib, sinishga (bankrotlikka) duchor bo’lishga olib keldi. Shunday ekan bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq to’lash tamoyillariga qat'iy amal qilish korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosiy omillaridan biridir. Bu tamoyillarning asosiylari quyidagilardan iboratdir: 1.Ish haqi mikdorini muttasil oshirib borishi. Mehnat me'yorlarining mehnatga haq to’lash me'yorlariga muvofiqligi. Mehnatkashlarning mehnatda yuksak pirovard natijalarga erishishdan manfaatdorliklari. Mehnat unumdorligi sur'atlari o’sishining mehnatga haq to’lash sur'atlari o’sishidan yuqori bo’lishi. Yuqorida keltirilgan har bir tamoyil bir necha iqtisodiy qonunlar amal qilishi bilan bog’liq. Masalan, mehnat me'yorlarining mehnatga haq to’lash me'yorlariga muvofiq bo’lishida mehnat va qiymat bo’yicha taqsimlash qonunlari bir yo’la amal qiladi. Mehnatga haqto’lash tamoyillari bazisli va asosan barqarordir. Mehnatga haq to’lashga talablar esa dinamik va o’zgaruvchan tusga egadir. Mehnatga haq to’lash talablari mehnatga haq to’lashni tashkil etish tamoyillarini hayotga to’laroq tadbiq etishga ko’maklashadi hamda iqtisodiyotning ahvoli, uning vazifalariga bog’liq ravishda bu tamoyillarga aniqlik kiritish, qayta ko’rib chiqish va o’zgartirish maqsadlariga xizmat qiladi. Mehnatga haq to’lashga talablar odatda me'yoriy hujjatlarda aniq ko’rsatmalar, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng ko’p va eng kam chegaralarning o’rtacha ko’rsatkichlari sifatida aks ettiriladi. Mehnatga haqto’lashni tashkil etishda ularga rioya etish zarur. Download 122.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling