Analiz va sintez metodlari.
Analiz — bir butunni qismlarga, bo‘laklarga, tomonlarga, elementlarga ajratib, ularning har biri nima, qanday vazifani bajarishini bilishdir. Analiz usuli natijasida butunni tashkil etgan qismlar, tomonlar, bo‘laklar, elementlar, ularning butun tarkibidagi o‘rni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning strukturasi, tuzilishi bilinadi.
Sintez — analiz tufayli ajratilgan bo‘laklar, tomonlar, qismlar, elementlarni o‘zaro biriktirib, ularni bir butun holiga keltirishdir. Sintez orqali tadqiqotchi butunning bo‘laklari, qismlari, tomonlari, elementlari o‘rtasidagi va ularning butun bilan bo‘lgan aloqa va bog‘lanishlarini bilib oladi.
Analiz bilan sintez bilish jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir, ularni bir-biridan ajratib qo‘llab bo‘lmaydi, chunki tabiatda va jamiyatda hamma jarayonlar ko‘p tomonlamadir.
Tadqiqotchi o‘rganayotgan predmet yoki hodisalar ustida olib borgan kuzatish va eksperimentlar, analiz va sintezlar asosida hosil bo‘lgan empirik faktlar va ma’lumotlami o‘z tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi. Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi.
Induktiv va deduktiv metodlar.
Induktiv metod yoki induksiya — bilishning shunday usuliki, bunda tadqiqotchi o‘z tafakkurida tekshirayotgan predmet yoki hodisalar to‘g‘risidagi bir qancha juz’iy faktlardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umuiniyroq bilimlarni hosil qiladi.
Ilmiy bilishda induktiv usul bilan hosil qilingan bilimlar doimo deduktiv usul yordamida tekshiriladi.
Deduktiv metod yoki deduksiya, — bu bilish jarayonida fikrda umumiy bilimlardan juz’iy, qisman bilimlarga kelishdiir. Deduktiv usul vositasida tadqiqotchi bir sinf, bir jins, bir guruh predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi umumiy bilimlardan, ularning har biri haqida alohida bilimlarni hosil qiladi. Insonning bilish tajribasidan shu narsa ma’lumki, agar biron xususiyat bir sinf yoki bir jinsdagi hamma predmet yoki hodisalarga xos bo‘lsa, bu xususiyat shu sinf yoki jinsga oid har bir predmet yoki hodisaga ham xos bo‘ladi.
Ilmiy bilishning bu usullari o‘z navbatida, tarixiylik va matttiqiylik metodlari bilan chambafchas bog‘liqdir.
Analogiya (moslik, o‘xshashlik) — o‘xshash bo‘lmagan obyektlarning ayrim jihatlari, xossalari va munosabatlaridagi o‘xshashliklarni aniqlash. Aniqlangan o‘xshashlik asosida tegishli analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi. Uning umumiy sxemasi: B obyekt a, b, c, d belgilarga ega; C obyekt b, c, d belgilarga ega; binobarin, C obyekt a belgiga ega bo‘lishi mumkin. Analogiya haqiqiy emas, balki ehtimoliy bilim beradi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishda muayyan obyekt (“model”)ni ko‘rib chiqish natijasida olingan bilim boshqa nisbatan kam o‘rganilgan obyektga ko‘chiriladi.
Umumilmiy yondashuvlarning muhim roli shundan iboratki, o‘zining “oraliq xususiyati”ga ko‘ra, ular falsafiy va alohida ilmiy bilim (shuningdek tegishli metod)larning o‘zaro o‘tishida vositachilik qiladi. Mazkur metodlar barcha fanlarda qo‘llanilganligi uchun ham ular umumilmiy metodlar deb ataladi. Ammo ularni fanlarda qo‘llashda har bir fan yoki fan sohasining xususiyatlari, tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy hodisalarni bilish xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |